Arxiv

Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan YeIga kirish muzokaralarini boshlashni tavsiya qildi
8 noyabr 2023, 17:08

Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan YeIga kirish muzokaralarini boshlashni tavsiya qildi

Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashiga Gruziyaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berishni, shuningdek, Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi.

Chery yangi Arrizo 6 Pro bilan intellektual sayohat tajribasini taklif qilmoqda
8 noyabr 2023, 17:00

Chery yangi Arrizo 6 Pro bilan intellektual sayohat tajribasini taklif qilmoqda

Yangi Chery Arrizo 6 Pro ilg‘or texnologiyalar va noyob dizaynni o‘zida birlashtirib, avtomobil komplektatsiyasiga yoritiladigan eshik tokchalari hamda musiqa ritmida xarakat qiladigan rangli yoritgichlar kiradi.

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
8 noyabr 2023, 16:59

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning oliy ordeni bilan mukofotlandi
8 noyabr 2023, 15:29

Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning oliy ordeni bilan mukofotlandi

Prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Kamilov do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotlandi. Ordenga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ham loyiq ko‘rildi.

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi
8 noyabr 2023, 15:00

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi

Mirabad Avenue turar joy majmuasidagi Fashion-xiyobonda 4-noyabr kuni Brioni butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni, shuningdek, Bespoke xizmatini taklif etmoqda.

Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi
8 noyabr 2023, 14:43

Toshkent−Xo‘jakent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi

8-noyabrdan boshlab Toshkent−Xo‘jakent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

2023-yilning oktabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
8 noyabr 2023, 14:31

2023-yilning oktabri kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘tgan oktabr oyi rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi. Olimlarning ta’kidlashicha, 2023-yil ham tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekiston davlat qarzi 31,5 mlrd AQSh dollarga yetdi
8 noyabr 2023, 12:57

O‘zbekiston davlat qarzi 31,5 mlrd AQSh dollarga yetdi

O‘zbekiston davlat qarzi 1-iyul holatiga ko‘ra 31,5 mlrd AQSh dollarni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning davlat qarzini “mo‘’tadil” deya baholagan.

SSVga 108 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomobili topshirildi
8 noyabr 2023, 12:37

SSVga 108 ta Volkswagen Caddy tez yordam avtomobili topshirildi

Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez yordam avtomobillarininng navbatdagi partiyasini — 108 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda, deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.

Agrar OTMlar qoshidagi litsey bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin
8 noyabr 2023, 12:21

Agrar OTMlar qoshidagi litsey bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin

Agrar OTMlar tasarrufidagi akademik litseyni tamomlaganlarni 2024/2025 o‘quv yilidan kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish taklif etilmoqda. Bunda talabgorning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda
8 noyabr 2023, 11:28

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda

Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (dendropark)da noqonuniy qurilgan binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi. Avvalroq hududda daraxtlar nobud qilingani, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

O‘zbekistondagi qonunosti hujjatlarni yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish uchun Adliya vazirligiga taklif kiritiladi
8 noyabr 2023, 11:03

O‘zbekistondagi qonunosti hujjatlarni yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish uchun Adliya vazirligiga taklif kiritiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi bo‘ldi
8 noyabr 2023, 10:22

Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi bo‘ldi

Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar Istanbuldagi bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.

Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi
8 noyabr 2023, 10:13

Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi

Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.

Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi
8 noyabr 2023, 09:58

Buxoro aeroportida 96 dona qadimiy tanga olib chiqilishining oldi olindi

Buxoro aeroportida fuqaro 96 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib chiqib ketishining oldi olindi. Holat yuzasidan badiiy ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

UzAuto Motors avtomobil sotib olish bilan bog‘liq firibgarliklar haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi
7 noyabr 2023, 23:43

UzAuto Motors avtomobil sotib olish bilan bog‘liq firibgarliklar haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

UzAuto Motors bir xaridorga 10 talab shartnoma berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, shartnoma tuzish bilan bog‘liq boshqa “tasdiqlanmagan va provokatsion” xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning fikricha, bu gap-so‘zlar mijozlar orasida shov-shuv ko‘tarish maqsadida tarqatilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Qatarning sobiq bosh vazirini qabul qildi
7 noyabr 2023, 23:01

O‘zbekiston prezidenti Qatarning sobiq bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniy Buxoro va Toshkentda qator investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida madaniy qimmatliklar to‘g‘risidagi bitim imzolandi
7 noyabr 2023, 20:03

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida madaniy qimmatliklar to‘g‘risidagi bitim imzolandi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib AQSh bilan madaniy qimmatliklar bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu o‘g‘irlangan artefaktlarning AQShga olib kirilishini cheklaydi va ularni o‘z mamlakatiga qaytarish jarayonini osonlashtiradi.

Test: Toshkent metro bekatlarining eski nomlarini bilasizmi?
7 noyabr 2023, 19:55

Test: Toshkent metro bekatlarining eski nomlarini bilasizmi?

Bundan 46 yil avval Toshkent metrosi 9 ta bekat bilan ishga tushgan edi. Hozir stansiyalar soni 48 ta. Ulardan 13 tasining nomi 1991−2018-yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Ba’zi bekatlar bu jarayonni hatto bir necha bor boshdan o‘tkazgan. “Gazeta.uz” shu mavzuda test tayyorladi.

O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olishda nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda
7 noyabr 2023, 19:36

O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olishda nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda

O‘Zbekiston Markaziy banki yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olish shartlarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Valyuta sotib olishda zarur bo‘ladigan hujjatlar soni ortishi, norezidentlardan milliy valyutadagi mablag‘larning kelib chiqishi qonuniyligini ta’minlash va boshqalar talab qilinishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting