Arxiv

Grigoriy Lepsning Qirg‘izistondagi konserti jamoatchilik noroziligi tufayli bekor qilindi
6 iyul 2023, 21:33

Grigoriy Lepsning Qirg‘izistondagi konserti jamoatchilik noroziligi tufayli bekor qilindi

Qirg‘izistonda jamoatchilik noroziligidan so‘ng urilgan ukrain tanklari uchun pul va’da qilgan rossiyalik qo‘shiqchi Grigoriy Lepsning konserti bekor qilindi. Leps oktabr oyida O‘zbekistonda konsert berishni rejalashtirgan.

Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan tovon puli miqdori 55 foizga oshirildi
6 iyul 2023, 21:19

Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan tovon puli miqdori 55 foizga oshirildi

O‘zbekiston hukumati benzin uchun tovon puli miqdorini 55 foizga oshirdi. Har oylik to‘lovlar ayrim toifadagi shaxslarga beriladi.

Video: Toshkentdagi Shimoliy vokzaloldi maydoni rekonstruksiya qilindi
6 iyul 2023, 19:32

Video: Toshkentdagi Shimoliy vokzaloldi maydoni rekonstruksiya qilindi

Poytaxtdagi Shimoliy vokzaloldi maydon ta’mirlanib, avtoturargoh kengaytirildi, piyodalar yo‘lakchalari va yo‘llar asfalt qilindi. Yon-atrofdagi yashil hududlar obodonlashtirildi. “Gazeta.uz” videoreportaji.

Germaniyada yetti nafar markaziy osiyolik terrorizmda gumonlanib hibsga olindi
6 iyul 2023, 19:07

Germaniyada yetti nafar markaziy osiyolik terrorizmda gumonlanib hibsga olindi

Germaniyada Markaziy Osiyo davlatlarining yetti nafar fuqarosi terrorchilik guruhi tuzishda gumonlanib qo‘lga olindi. Niderlandiyada ham teraktlar tayyorlashda gumon qilinayotgan Tojikiston va Qirg‘izistonning yana ikki fuqarosi ushlangan.

O‘zbekiston energetika tizimidagi GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etildi
6 iyul 2023, 19:00

O‘zbekiston energetika tizimidagi GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari joriy etildi

“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida bo‘lgan GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari tizimi tashkil qilinib, ular endi birja savdosi orqali sotuvga qo‘yiladi.

5 yilda yaroqsiz holga kelib qolgan 600 ming gektardan ziyod yerlar foydalanishga qaytarildi
6 iyul 2023, 18:52

5 yilda yaroqsiz holga kelib qolgan 600 ming gektardan ziyod yerlar foydalanishga qaytarildi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda 1,1 mln gektar irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgani, so‘nggi 5 yil ichida ularning 600 ming gektari foydalanishga qaytarilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1, dunyoda 13-o‘rinda — suv xo‘jaligi vaziri
6 iyul 2023, 18:23

O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1, dunyoda 13-o‘rinda — suv xo‘jaligi vaziri

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, Osiyoda to‘rtinchi va dunyoda 13-o‘rinda turganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda mamlakatdagi sug‘oriladigan maydonlarning 28 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilib bo‘lingan.

O‘zbekiston san’at muzeyi ta’mir ishlari sababli yopildi
6 iyul 2023, 18:11

O‘zbekiston san’at muzeyi ta’mir ishlari sababli yopildi

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi ta’mirlash ishlari uchun yopildi. Ishlar bir necha oy davom etadi.

“Mamlakatingiz kartoshka urug‘ini import qilishdan to‘xtashi kerak” — Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori
6 iyul 2023, 18:04

“Mamlakatingiz kartoshka urug‘ini import qilishdan to‘xtashi kerak” — Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori

Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Polgar Szolt O‘zbekiston kartoshka urug‘ini import qilishni to‘xtatishi kerakligi, Vengriya va O‘zbekiston mutaxassislari import o‘rnini bosish maqsadida mahalliy kartoshka urug‘chiligini yo‘lga qo‘ymoqchiligini ma’lum qildi.

Meta Twitter`ga raqobatchi — Threads ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi
6 iyul 2023, 17:45

Meta Twitter`ga raqobatchi — Threads ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

Facebook va Instagram`ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Twitter bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashishi kutilayotgan Threads platformasini ishga tushirdi.

“O‘zmilliybank” va Standard Chartered banki o‘rtasida shartnoma imzolandi
6 iyul 2023, 17:00

“O‘zmilliybank” va Standard Chartered banki o‘rtasida shartnoma imzolandi

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “O‘zmilliybank” Buyuk Britaniyaning Standard Chartered banki bilan 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi.

Toshkent shahri bojxona boshqarmasi yonida yo‘l o‘tkazgich quriladi
6 iyul 2023, 16:27

Toshkent shahri bojxona boshqarmasi yonida yo‘l o‘tkazgich quriladi

O‘zbekiston prezidenti “muntazam ravishda yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish uchun” Bunyodkor shoh ko‘chasi va 2-Qatartol ko‘chasi chorrahasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishini tasdiqladi.

Tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt” butunlay olib tashlanadimi? SSV rahbari javobi
6 iyul 2023, 16:07

Tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt” butunlay olib tashlanadimi? SSV rahbari javobi

Tibbiyot yo‘nalishidagi “superkontrakt” masalasida fikrim ijobiy emas, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot sohasiga kirishda “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish bo‘yicha hukumatga taklif kiritilgan. Qolaversa, sirtqi ta’limni ochish ham rejalashtirilmayapti.

“Yashil makon” doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi
6 iyul 2023, 16:07

“Yashil makon” doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi

Aziz Abduhakimov “Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgani, sug‘orish tizimlari bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgani kabi kamchiliklar haqida ma’lum qilgandi. Shu bo‘yicha prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi.

Antikorrupsiya agentligi rahbari unga 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qilingani haqidagi xabarni rad etdi
6 iyul 2023, 15:54

Antikorrupsiya agentligi rahbari unga 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qilingani haqidagi xabarni rad etdi

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov qaynotasi unga 1,5 mln dollarga uy olib bergani haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi. “[Bu haqdagi xabarni] qaynotamga yuborib qo‘ydim”, — deya hazil qildi u Twitter`da.

Milliy gvardiya qoshida qo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etish taklif etilmoqda
6 iyul 2023, 14:49

Milliy gvardiya qoshida qo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etish taklif etilmoqda

Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi huzurida qo‘riqlash va patrul xizmati tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. U qo‘riqlash xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobidan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida ishlaydi.

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda
6 iyul 2023, 12:26

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Sukut saqlama (Nemolchi.uz) loyihasiga may oyida qo‘shnisining tanishi tomonidan zo‘rlangan 13 yoshli qizchaning onasi murojaat qildi. Bu ishni Toshkent shahri Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektori qilgani aytilmoqda.

Toshkent havosidan nafas olsa bo‘ladimi?
6 iyul 2023, 12:03

Toshkent havosidan nafas olsa bo‘ladimi?

3-iyul kuni erta tongda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent yana dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. 6-iyulga o‘tar kechasi esa shaharni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi, havo sifati yana “zararli” darajaga chiqdi. Toshkent hokimligi va O‘zbekiston hukumati namoyishkorona sukut saqlamoqda.

Toshkentdan Xivaga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
6 iyul 2023, 10:50

Toshkentdan Xivaga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Toshkent−Xiva−Toshkent yo‘nalishida 7−10-iyul kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.

Banklar dollarning sotuv kursini 11 560−11 600 so‘m etib belgiladi
6 iyul 2023, 10:08

Banklar dollarning sotuv kursini 11 560−11 600 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 6-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 475−11 530 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 560−11 600 so‘m.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting