Arxiv

Ichki ishlar vazirligi har payshanba kuni OAV bilan muloqot qiladi
28 noyabr 2022, 10:44

Ichki ishlar vazirligi har payshanba kuni OAV bilan muloqot qiladi

IIV matbuot kotibi har payshanba kuni AOKAda ochiq muloqotni ta’minlash uchun matbuot anjumani o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan bir hafta oldin publitsist va bloger Shokir Sharipov tizimda davom etayotgan muammolar tufayli IIV rahbari iste’fosini talab qilib, piket uyushtirgandi.

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
28 noyabr 2022, 10:30

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston TIV Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «So‘nggi yillarda u ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi», — deyiladi xabarda. Vladimir Makey 27 noyabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etgandi.

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi
28 noyabr 2022, 10:17

Xorazmda IIB xodimi o‘zini otib o‘ldirdi

Yangiariqda IIB xodimi xizmat quroli bilan o‘zini otib o‘ldirdi. Bunga turmush o‘rtog‘ining farzandlarini olib, otasining uyiga ketgani oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan ekspertiza ishlari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi
28 noyabr 2022, 10:06

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).

Foto: Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud boshlanish arafasida
28 noyabr 2022, 09:43

Foto: Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishiga nisbatan sud boshlanish arafasida

Yaqin fursatlarda Buxoro viloyati sudida Nukus voqealari bo‘yicha 22 kishi nisbatan sud muhokamalari boshlanadi. Tomonlar birin-ketin sud zaliga kirib kelmoqda, OAV vakillari uchun esa maxsus matbuot markazi tashkil etilgan. Hozircha ayblanuvchilarning advokatlari va prokuratura xodimlari yetib kelishdi.

Banklar dollarni 11 300 so‘mdan sotishni boshladi
28 noyabr 2022, 09:43

Banklar dollarni 11 300 so‘mdan sotishni boshladi

28 noyabr kuni tijorat banklari 1 AQSh dollarini 11 300 so‘mdan sotishni boshladi. Sotib olish esa 11 210 — 11 280 so‘m oralig‘ida.

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi
28 noyabr 2022, 09:22

Farg‘onada ayol kishi 3 nafar qizni pichoqladi

Farg‘onada ayol kishi o‘ziga tanish bo‘lgan 3 nafar qizni janjal oqibatida pichoqladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

JCH-2022: Xorvatiya Kanadani pley-offdan mahrum qildi, Ispaniya va Germaniya durangga imzo chekdi
28 noyabr 2022, 08:00

JCH-2022: Xorvatiya Kanadani pley-offdan mahrum qildi, Ispaniya va Germaniya durangga imzo chekdi

F guruhidan joy olgan Xorvatiya — Kanada bahsida xorvatlar o‘z raqiblariga xalqaro musobaqalarda tajribaning qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi. E guruhidagi Ispaniya — Germaniya qarama-qarshiligida esa tomonlar bittadan gol urishdi durang qayd etishdi.

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi
28 noyabr 2022, 07:42

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi

Xitoyda sodir bo‘lgan 5,2 ballik zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi. Farg‘ona vodiysida uning kuchi 3 balni tashkil etdi.

JCH-2022`da sensatsiyalar kuni: Kosta-Rika Yaponiyani, Marokash esa Belgiyani mag‘lub etdi
27 noyabr 2022, 20:47

JCH-2022`da sensatsiyalar kuni: Kosta-Rika Yaponiyani, Marokash esa Belgiyani mag‘lub etdi

E va F guruhidan joy olgan Yaponiya — Kosta-Rika, Belgiya — Marokash bahslarida kutilmagan natijalar qayd etildi. O‘tgan turda Germaniyani mag‘lub etgan Yaponiya, Ispaniyadan katta hisobda mag‘lubiyatga uchragan Kosta-Rikaga yengildi. Shuningdek, Marokash ham Belgiya terma jamosini dog‘da qoldirdi.

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 22 kishi ayblanmoqda
27 noyabr 2022, 17:26

Nukus voqealari ishi bo‘yicha 22 kishi ayblanmoqda

1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan ochiq sud dushanba kuni Buxoroda boshlanadi. 22 kishi, shu jumladan, D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanovlar ayblanuvchi hisoblanadi. Ayblov 11 ta modda — bezorilikdan tortib, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish doirasida e’lon qilindi.

“Asosiysi, yurak O‘zbekistonda bo‘lsin”. YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari Kamola Mahmudova bilan suhbat
27 noyabr 2022, 15:00

“Asosiysi, yurak O‘zbekistonda bo‘lsin”. YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari Kamola Mahmudova bilan suhbat

Toshkentlik vatandoshimiz Kamola Mahmudova 25 yildirki O‘zbekistonda yashamaydi, ammo bu uning saratonga chalingan bolalarga yordam berishi va Buxoroda daraxt ekishiga to‘sqinlik qilmaydi. U “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida ona yurtiga bo‘lgan muhabbati haqida so‘zlab berdi.

Hududlarda prezident Administratsiyasi rahbari yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
27 noyabr 2022, 14:47

Hududlarda prezident Administratsiyasi rahbari yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda prezident Administratsiyasi rahbarining hududlarda faoliyat yurituvchi va xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yordamchilari lavozimi joriy etiladi. Prezidentning ikki maslahatchisi lavozimlari birlashtirildi. Xalq qabulxonalari xodimlari ma’muriy bayonnomalar tuzishlari mumkin bo‘ladi.

JCH-2022: Favorit jamoalardan g‘alaba. Argentina o‘ziga kelayaptimi?
27 noyabr 2022, 14:19

JCH-2022: Favorit jamoalardan g‘alaba. Argentina o‘ziga kelayaptimi?

C va D guruhidan joy olgan Tunis — Astraliya, Polsha — Saudiya Arabistoni, Fransiya — Daniya, Argentina — Meksika qarama-qarshiliklari «syurpriz»larsiz o‘tdi. Levandovski o‘zining Jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi. Messi o‘yinning eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi. Mbappe esa dubl qayd etdi.

Sudyalar assotsiatsiyasi raisi qayta saylandi
27 noyabr 2022, 13:05

Sudyalar assotsiatsiyasi raisi qayta saylandi

O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining raisi etib Ubaydulla Mingboyev qayta saylandi.

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi
27 noyabr 2022, 12:33

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun yangi turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi

Qoraqalpog‘istonda bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha 2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi
27 noyabr 2022, 12:08

Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Tarmoqlarda Farg‘onada ayol kishi IIB binosi oldida o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqaldi. Viloyat IIB ayolning qizi 4 nafar shaxsga jinsiy aloqa qilishga sharoit yaratib bergani va 2 nafar voyaga yetmagan qizni tutqunlikda saqlab, fohishalikka majburlab kelgani uchun ushlanganini ma’lum qildi.

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
27 noyabr 2022, 11:39

Andijonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda 3 kishining o‘limi, 38 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan yirik to‘qnashuvga yo‘l ta’mirlash korxonasining o‘zboshimchaligi sabab bo‘lgani aniqlandi. Korxona YHXX organlari bilan kelishmagan holda yo‘lning bir tomonida qarama-qarshi harakatni tashkil etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon IMEI-kodlarni qalbakilashtirishga qarshi birgalikda kurashadi
27 noyabr 2022, 09:57

O‘zbekiston va Ozarbayjon IMEI-kodlarni qalbakilashtirishga qarshi birgalikda kurashadi

O‘zbekiston va Ozarbayjon mobil telefonlarni ro‘yxatga olish sohasidagi hamkorlik doirasida yo‘qolgan va o‘g‘rilangan IMEI-kodlarning yagona «qora ro‘yxati»ni yaratishga kelishib oldi.

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayonlari boshlanmoqda
26 noyabr 2022, 19:32

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sud jarayonlari boshlanmoqda

Joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting