Arxiv

Hafta boshida havo iliq bo‘ladi, payshanbadan salqinlashadi
5 sentabr 2022, 11:48

Hafta boshida havo iliq bo‘ladi, payshanbadan salqinlashadi

Haftaning birinchi yarmida biroz issiq ob-havo saqlanib qoladi, harorat +34…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Payshanba kunidan esa havo salqinlasha boshlaydi, harorat +30…+35 darajagacha pasayadi. Hafta davomida faqat Qoraqalpog‘istonda qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda.

Prezidentning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi
5 sentabr 2022, 11:08

Prezidentning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyev bu hafta Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qiladi. Qolaversa, sentabr o‘rtasida Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan terrorchilik harakatini qat’iy qoraladi
5 sentabr 2022, 10:41

O‘zbekiston Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan terrorchilik harakatini qat’iy qoraladi

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonning Hirot shahridagi masjidda sodir bo‘lgan terrorchilik harakatini qat’iy qoraladi. «Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi», — deyiladi bayonotda.

O‘zbekistonda 5 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda
5 sentabr 2022, 09:52

O‘zbekistonda 5 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dushanbadan 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatiladi, seshanba kuniga kelib bo‘ron ta’siri kamaya boshlaydi. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

«Turistlar oldida sharmanda bo‘lamiz». Toshkentdagi mehmonxonalarda tong sahardan hujjatlar tekshirildi
4 sentabr 2022, 21:07

«Turistlar oldida sharmanda bo‘lamiz». Toshkentdagi mehmonxonalarda tong sahardan hujjatlar tekshirildi

Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtdagi mehmonxonalarda tongi soat 5:00 dan boshlab dam olayotganlarni uyg‘otib, hujjatlarini tekshirmoqda. IIV bu holatni «dunyoda odatiy va to‘g‘ri qabul qilinadi», deya izohladi. Turizm vazirligi esa IIVdan tekshiruv nega o‘tkazilganini tushuntirishni so‘rab, xat kiritdi.

«Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov Konstitutsiyaga zid» — deputat
4 sentabr 2022, 16:11

«Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov Konstitutsiyaga zid» — deputat

Deputat Rasul Kusherbayev davlat umumiy o‘rta ta’lim davlat tomonidan kafolatlangani uchun maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovning mavjudligini Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaydi. Parlament a’zosi tushuntirish berishi uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

SHHT sammiti sababli Samarqandga kirish taqiqlanadi, 16 ta ko‘chada transport harakati cheklanadi (xarita)
4 sentabr 2022, 15:30

SHHT sammiti sababli Samarqandga kirish taqiqlanadi, 16 ta ko‘chada transport harakati cheklanadi (xarita)

14−17-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti munosabati bilan Samarqandning 16 ta ko‘chasi, shu jumladan, jamoat transporti harakati uchun yopiladi. Bu kunlarda shaharga kirish ham yopiladi, tranzitchilar uchun aylanma yo‘llar tashkil etiladi (xarita).

O‘zbekiston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilmoqchi — AQSh elchisi
4 sentabr 2022, 15:09

O‘zbekiston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilmoqchi — AQSh elchisi

O‘zbekiston rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish istagi borligini va ularni chetlab o‘tuvchi davlatga aylanish niyatida emasligini tasdiqladi, dedi AQShning Toshkentdagi elchisi Deniyel Rozenblyum. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati AQSh bilan sanksiyalar rejimi bo‘yicha maslahatlashgan.

USM Alisher Usmonov nomidan foydalanilgan soxta reklamalardan ogohlantirdi
3 sentabr 2022, 14:55

USM Alisher Usmonov nomidan foydalanilgan soxta reklamalardan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston aholisini USM xoldingiga aloqadorligi aytilayotgan loyihalarga sarmoya kiritishga, shuningdek, sherik bo‘lishga yoki Alisher Usmonovdan yordam olishga chaqiruvchi reklamalar tarqalmoqda. Kompaniya buni foydalanuvchilarni aldash uchun yaratilgan firibgarlik loyihalari deb atadi.

XTV maktab darsliklari ijarasi narxlari oshganiga izoh berdi
3 sentabr 2022, 13:53

XTV maktab darsliklari ijarasi narxlari oshganiga izoh berdi

Joriy o‘quv yilida maktablarda o‘quv darsliklarining o‘rtacha ijara narxi ikki baravarga oshdi. XTV buni qog‘oz narxlari va transport xarajatlari oshgani bilan izohladi.

Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bo‘ldi
3 sentabr 2022, 11:08

Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bo‘ldi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

O‘zbekiston Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro oladi
2 sentabr 2022, 21:49

O‘zbekiston Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro oladi

YeTTB O‘zbekistonga Yangiobod va Chorkesardagi uran maydonlarini rekultivatsiya qilish uchun 7 mln yevro grant ajratadi. 2023 yilda boshlanishi rejalashtirilgan ishlar eski uran konlarini yopish, ifloslangan sanoat inshootlarini demontaj qilish, drenaj kanallarini rekonstruksiya qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

«Bu shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?» Senator — Shavkat Mirziyoyev nutqiga Rossiya OAVlari va deputat munosabati haqida
2 sentabr 2022, 20:14

«Bu shov-shuvli siyosiylashtirish va populistik vahima uchun sababmi?» Senator — Shavkat Mirziyoyev nutqiga Rossiya OAVlari va deputat munosabati haqida

Prezident Qatag‘on qurbonlarini xotirlash kunida mamlakatni ozod qilishga uringani uchun totalitar tuzum repressiyasiga uchragan o‘zbeklarni tilga oldi. Uning so‘zlarini Rossiya OAVlari «SSSRni o‘zbek millatining gultojlarini yo‘q qilishda ayblash» deb talqin qildi, Duma deputati esa buni spekulyatsiya deb atadi.

OTMlarda «superkontrakt» miqdorlari 10 foizga kamaytirildi
2 sentabr 2022, 17:38

OTMlarda «superkontrakt» miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

2022/2023 o‘quv yili uchun faqat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt summasi 10 foizga kamaytirildi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
2 sentabr 2022, 14:20

Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shavkat Mirziyoyev bundan 6 yil avval vafot etgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. «Birinchi prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

«Kuniga 200−300 nafar ziyoratchi keladi». Islom Karimov tug‘ilgan uy va u o‘qigan maktabdan fotoreportaj
2 sentabr 2022, 13:00

«Kuniga 200−300 nafar ziyoratchi keladi». Islom Karimov tug‘ilgan uy va u o‘qigan maktabdan fotoreportaj

2016 yilning 2 sentabr sanasi. Aynan shu kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti 78 yoshida vafot etdi. «Gazeta.uz» Islom Karimov ulg‘aygan xonadon va tahsil olgan maktabdan fotoreportaj tayyorladi.

Oddiy fuqaro qanday qilib ildizlari shikastlangan daraxtlarni qutqarib qolishi mumkin?
2 sentabr 2022, 11:22

Oddiy fuqaro qanday qilib ildizlari shikastlangan daraxtlarni qutqarib qolishi mumkin?

O‘zbekistonda obodonlashtirish ishlari ko‘pincha daraxtlar shikastlanishi va nobud bo‘lishiga olib keladi. Chilonzor ko‘chasini ta’mirlashda zarar yetgan emanlarni davolashni tavsiya qilgan dendrolog Atirgul Xolmurzayeva oddiy fuqarolar qanday qilib ildizi shikastlangan daraxtlarni qutqarishi mumkinligini so‘zlab berdi.

O‘zbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
2 sentabr 2022, 09:56

O‘zbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Aholisi kuchli suv toshqinlaridan aziyat chekkan Pokistonga O‘zbekistondan insonparvarlik yordami jo‘natildi. Og‘irligi salkam 40 tonna bo‘lgan yuk tarkibida o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari va boshqalar bor.

Qasim-Jomart Toqayev muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
1 sentabr 2022, 18:32

Qasim-Jomart Toqayev muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkaziladi, yanvar oyidagi namoyishlar ishtirokchilarining bir qismi amnistiya qilinadi, deya ma’lum qildi prezident Qasim-Jomart Toqayev. U prezidentlik vakolatini qayta saylanish huquqisiz 7 yillik muddat bilan cheklashni taklif qildi.

1-sentabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi
1 sentabr 2022, 17:15

1-sentabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi

Mustaqillik bayrami sharafiga payshanba kuni soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mushakbozlik bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting