Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan 4,5 magnitudali zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilganini ma’lum qildi. Mamlakat sharqida zilzila kuchi 2−3 ballni tashkil etgan.
Rothschild & Cie kompaniyasi maslahatchilari kapital bozorlarining yuqori o‘zgaruvchanligi sababli «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga IPO`ni chiqarish muddatini keyinroqqa qoldirishni tavsiya qildi.
Fuqarolarning xususiy bog‘cha va maktablarga to‘laydigan 3 mln so‘mgacha mablag‘lari soliqdan ozod etiladi, mobil aloqa xizmatlari uchun soliq stavkalari 15 foizdan 10 foizga tushiriladi, tadbirkorlar va baliq yetishtiruvchilarga soliq imtiyozlari beriladi — Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov yangi o‘quv yilidan boshlab maktab formasi majburiy bo‘lmasligini ma’lum qildi. Mazkur tartib 2025 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Shuningdek, o‘quvchi-qizlar maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘rab kelishlari man etilmagani ta’kidlandi.
«Tolibon»ga Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni boshlash uchun hali ham kech emas, dedi Yevroittifoq maxsus vakili Tomas Niklasson. U aksariyat afg‘onlar qarorlar qabul qilish jarayonidan chetda qolganini ta’kidlab, inson huquqlarining poymol etilishi va qo‘rquvga asoslangan jamiyat qurish xavfi haqida gapirdi.
2022 yil birinchi yarmida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida 72,7 mingta qonun buzilish holati aniqlandi. Bunda ayrim davlat idoralari davlat xizmatlarini vaqtida ko‘rsatmay, fuqarolarni sarson qilgan, ularning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirgan. 720 nafar davlat xizmatchisi jarimaga tortildi.
Soliq qo‘mitasi iyun oyi uchun iste’molchilarga 61,9 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Shunday qilib, 2022 yilning olti oyi davomida fuqarolarga qaytarilgan summa 248,6 mlrd so‘mga yetdi.
Zamonaviy televideniye dunyo yuzini ko‘rgan kunda «Gazeta.uz» mamlakatning ilk «O‘zbekiston» telekanali xodimlari xotiralarini chop etmoqda. Ular ustozlari, sevimli dasturlari va O‘zMTRK tashkil etilgan yillarda u yerda hukm surgan muhit haqida hikoya qiladilar.
DXX Farg‘onada ikkita holatda qariyb 300 ming dollarni Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining yangi o‘rinbosari Komil Allamjonov Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini tark etishi hamda barcha bizneslarini boshqa egalariga topshirishini ma’lum qildi. “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”, — dedi u.
Afg‘on hukumatini terror tashkilotlardan aloqalarini uzishga chaqirgan Shavkat Mirziyoyev, inklyuziv hukumatni afg‘on xalqi uchun tinch kelajak ekanini aytgan Vladimir Norov, 4 nafar yaqinini pichoqlagan erkak, o‘z joniga qasd qilgan Rash Milk asoschisi Rahmiddin Mirzayev va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mushfiq Kozimiyning «Qo‘rqinchli Tehron» asari nafs, ilmsizlik, o‘z haq-huquqini bilmaslik, fikrsizlik ortidan tanazzulga yuz tutgan jamiyat tarixi va taqdiridan so‘zlaydi. Asar, ayniqsa, jamiyatda ayollarga nisbatan munosabat masalalari qalamga olinganligi nuqtai nazaridan qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Amanbay Orinbayev lavozimidan ozod qilindi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Afg‘onistonda «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘i qurilishini boshlash muddatini 31 avgustga qadar uzaytirishga kelishib olindi. Hozirda O‘zbekiston hududida tarmoqning faqat bir qismi qurilgan, loyiha 2021 yil iyulidan to‘xtatilgan.
Sirdaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan sport anjomlari 1,2 mlrd so‘mdan ziyod qimmat narxga sotib olingani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini majburiy fanlar va bakalavriat yo‘nalishlari fanlari bo‘yicha yagona test o‘tkazish orqali birlashtirish taklif etilmoqda.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker-2 uchun shartnoma tuzishni avgustdan, Onix uchun esa oktabrdan boshlashni rejalashtirmoqda.
Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda Rossiya maxsus vakili muvaqqat hukumatning xorijda muzlatilgan 7 mlrd dollarni qaytarish bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. «Fuqarosi kuniga 1 dollardan kam daromad oladigan davlatning 7 mlrd dollarini o‘g‘irlash jinoyat hisoblanadi», — dedi u.
O‘zbekistonning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston hukumatini yaqin kelajakda tan olish masalasi hozir kun tartibida yo‘qligini ta’kidladi. Biroq u «Tolibon» harakati va jahon hamjamiyatining umumiy til topishga harakat qilayotgani ijobiy tendensiya ekanligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting