Arxiv

25 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 iyul 2022, 22:00

25 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

sentabrda ochiladigan G‘afur G‘ulom bog‘i, Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuniga 2 ta ot sovg‘a qilgan Checheniston prezidenti, arzon mobil internetli O‘zbekiston, 100 dan ortiq hayvonlarning jasadini ko‘mib yuborgan nukuslik obodonlashtirish xodimlari, kelajak kasblari va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Ukrainadagi urush sababli Markaziy Osiyoda tadbirkorlar muammolarga duch kelmoqda — Jahon banki
25 iyul 2022, 21:10

Ukrainadagi urush sababli Markaziy Osiyoda tadbirkorlar muammolarga duch kelmoqda — Jahon banki

Ukrainadagi urush oqibatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda korxonalar xarajatlarning oshishi va kreditlash imkoniyatlarining qisqarishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Jahon bankiga ko‘ra, bu biznesning yopilishi, ish joylarining yo‘qotilishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.

Toshkentda Food Fest gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi
25 iyul 2022, 19:00

Toshkentda Food Fest gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi

10 kun davomida gastronomik festival mehmonlarini mazali taomlar, mashhur yulduzlar chiqishi va ko‘ngilochar shou-dastur kutmoqda.

Nukusda 100 dan ortiq it va mushuklarning jasadini obodonlashtirish xodimlari ko‘mib tashlagani ma’lum bo‘ldi
25 iyul 2022, 17:30

Nukusda 100 dan ortiq it va mushuklarning jasadini obodonlashtirish xodimlari ko‘mib tashlagani ma’lum bo‘ldi

Nukus yaqinida 100 dan ortiq it va mushuklar jasadini shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari noqonuniy ravishda ko‘mib ketgani aniqlandi. Mansabdorlardan tushuntirish xatlari olinib, hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga yuborildi.

Respublika tez tibbiy yordam markaziga direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi
25 iyul 2022, 17:07

Respublika tez tibbiy yordam markaziga direktor vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda
25 iyul 2022, 16:29

MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda

Jahondagi iqtisodiy va geosiyosiy vaziyat oqibatida qashshoqlik darajasi o‘sib borayotgani uchun imtiyozli kreditlarni bekor qilishni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi, dedi MB raisi Mamarizo Nurmuratov. Shunga qaramasdan regulyator hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
25 iyul 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 47,08 so‘mga qimmatlab, 10 967,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.

Diplomatiya universiteti «Smart universitet» tizimiga o‘tadi
25 iyul 2022, 16:01

Diplomatiya universiteti «Smart universitet» tizimiga o‘tadi

Prezident qarori bilan, JIDU «Smart universitet»ga aylantiriladi. Oliygoh 2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekistonning to‘rtta universiteti bilan talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Qolaversa, universitetning iqtidorli talabalariga xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyati beriladi.

«Humo va Uzcard integratsiyasi ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti» — MB rahbari
25 iyul 2022, 15:57

«Humo va Uzcard integratsiyasi ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti» — MB rahbari

Humo va Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiya asosida ishlamoqda, biroq jarayon ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti, deya ta’kidladi MB rahbari Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim Uzcard shartlari Humo`ga tushmaydi.

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi
25 iyul 2022, 15:22

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi

Suzish federatsiyasi mansabdorlari terma jamoa tarkibida bo‘lmagan fuqaroni xalqaro yig‘inga yuborib, 71 mln so‘mni asossiz ishlatgani, 287 nafar sportchi mehmonxona xizmatidan foydalangani haqida soxta hujjat tayyorlab, 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirga qadar O‘zbekistonda vaboga chalingan bemor aniqlanmagan — SES
25 iyul 2022, 14:00

Hozirga qadar O‘zbekistonda vaboga chalingan bemor aniqlanmagan — SES

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda vabo kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov buni rad etib, hozirgacha mamlakatda umuman vabo aniqlanmaganini ma’lum qildi. SES ochiq suv hafzalari va ichimlik suvini vaboga qarshi muntazam tekshirib turgani qo‘shimcha qilindi.

«Tartibga soluvchi gilotina» usuli orqali hukumatning 422 ta qarori bekor qilindi
25 iyul 2022, 13:44

«Tartibga soluvchi gilotina» usuli orqali hukumatning 422 ta qarori bekor qilindi

Vazirlar Mahkamasi bitta qarori bilan o‘zining 422 ta qarorini bekor qildi. Bunda «tartibga soluvchi gilotina» usulidan foydalanildi.

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita ot sovg‘a qildi
25 iyul 2022, 12:51

Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita ot sovg‘a qildi

24 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan qo‘shni davlatlar rahbarlari, shuningdek, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya va Turkiya rahbarlari tabrikladi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga ikkita ot sovg‘a qildi.

Energetika vazirligi: cheklovlar keng ko‘lamli muammolarning oldini oladi
25 iyul 2022, 12:17

Energetika vazirligi: cheklovlar keng ko‘lamli muammolarning oldini oladi

Energetika vazirligining xabar berishicha, yuqori harorat va elektr uzatish liniyalarining haddan tashqari qizib ketishi sharoitida dispetcherlar ayrim hududlar va sanoat obyektlarini elektr ta’minotidan vaqtincha uzishga majbur bo‘lmoqda. Agar shunday qilinmasa, katta hajmda baxtsiz hodisalar yuz berishi mumkin.

O‘zbekiston mobil internet narxi arzon bo‘lgan 20 ta davlat qatoriga kirdi
25 iyul 2022, 12:13

O‘zbekiston mobil internet narxi arzon bo‘lgan 20 ta davlat qatoriga kirdi

O‘zbekiston mobil internet narxining arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi yil davomida deyarli 40 foizga, uch yil ichida esa qariyb 9 martaga arzonlashgan.

Nigora Suvonova — og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni
25 iyul 2022, 12:06

Nigora Suvonova — og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Nigora Suvonova (-81 kg) Osiyo chempionatining barcha turdagi dasturlari bo‘yicha 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobiga yana 19 ta medalni Madina Fayzullayeva, Sharofiddin Amriddinov, Qudratbek Salimjonov, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqovalar olib kelishdi.

Haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet
25 iyul 2022, 11:26

Haftaning ikkinchi yarmida harorat pasayishi kutilmoqda — O‘zgidromet

Hafta boshida O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlarida jazirama pasaya boshlaydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 25−26 iyul kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo butun mamlakatga tarqaladi, havo harorati +33…+36 darajagacha tushadi.

Prezident 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqot qiladi
25 iyul 2022, 11:03

Prezident 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqot qiladi

20-avgust — Tadbirkorlar kunida prezident ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazadi. Taklif va savollar iyul oxiriga qadar qabul qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta SHHTga a’zo davlatlar TIV rahbarlarini qabul qiladi — Sherzod Asadov
25 iyul 2022, 10:44

Shavkat Mirziyoyev shu hafta SHHTga a’zo davlatlar TIV rahbarlarini qabul qiladi — Sherzod Asadov

Shu hafta Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar TIV rahbarlarini qabul qiladi, Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga esa murojaat yo‘llaydi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi. Sherzod Asadov shuningdek, davlat rahbarining tug‘ilgan kuni qanday o‘tgani haqida ham ma’lumot berdi.

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi
25 iyul 2022, 10:03

Samarqanddan Toshkentga 703,9 mln so‘mlik 10 dona oltin qotishmasini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatidagi «Yuqori nuqta» YPX maskanida Hyundai Elantra haydovchisi yonida umumiy og‘irligi 1,1 kg bo‘lgan 10 dona oltin qotishmasi borligi aniqlandi. Bahosi 703,9 mln so‘mlik oltin Toshkentga olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting