Yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Xitoyga 132,8 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazib berdi. Natijada mamlakat Xitoyning gaz importyorlari orasida kuchli beshlikka kirdi. Avvalroq, rasmiylar yoqilg‘i eksportin ichki bozor va qayta ishlash foydasiga qisqartirilishi haqida ma’lum qilgan edi.
28 may kuni Oliy Majlisi Senatining 26-yalpi majlisi yuqori palataning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritiladi. Avvalroq Senatning 25-yalpi majlisi boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o‘tib, hech qanday sabablarsiz Uzreport TV telekanalida ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to‘xtatilgan edi.
Yevropa va Amerikaning bir qator mamlakatlarida maymun chechagi kasalligi bilan zararlanish holatlari kuzatilmoqda. Bu qanday kasallik, u xavflimi? Uning qanday alomatlari bor? Maymun chechagi qanday paydo bo‘ldi?
Jahon banki guruhi 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi. U uchta strategik maqsadga qaratilgan — xususiy sektorda inklyuziv bandlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va «yashil» iqtisodiy o‘sish hisobiga farovonlikni oshirish va barqaror rivojlanish.
Davlat filarmoniyasi direktori o‘rinbosari Davron Sheraliyev «O‘zbekkonsert» direktori etib tayinlandi.
25 may kuni Qo‘qon shahrida Yandex Go taksi xizmati ishga tushdi. Endilikda ushbu xizmat Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarini qamrab oladi.
O‘zbekistonda iste’molchilar uchun «aqlli» gaz hisoblagichlarini o‘rnatish sentabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Dastlab buni 2021 yil 1 avgustgacha bajarish rejalashtirilgan edi, muddatlar bir necha bor ortga surildi. Xususiy uylarning 97,7 foizida hisoblagichlar o‘rnatilgan, kvartiralarning atigi 53 foizga qamrab olingan.
Jizzax viloyatining Forish tumanida seldan talofat ko‘rgan oilalar uchun yangi uy-joylar qurish ishlari boshlandi. Oilalar uchun yer maydonlari ajratilib, 20 ta zamonaviy uy-joylar bunyod etiladi. 100 ga yaqin uy-joylarda rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
O‘zbekistonning gullar poytaxti sifatida tanilgan Namanganda 5 iyunga qadar xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. 61 yillik bayram munosabati bilan Bobur nomidagi istirohat bog‘iga 2 mln tup gul ekiladi. Bu yil yomg‘irlar bilan o‘tgan festivalning ochilishida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam ham ishtirok etdi.
O‘zbekistonda 15−25 iyul kunlari og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston nomidan 40 nafardan ziyod atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Turnir logotipi tasdiqlandi.
Uzbekistan Airports Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi «Fast Track» xizmati ishga tushirilganini ma’lum qildi. 170 ming so‘m evaziga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish mumkin.
Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida Darya Reznichenko uzunlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi sement saqlash omborxonasida 2000 tup marixuana o‘stirganlikda gumon qilingan 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular qo‘lga tushmaslik uchun omborxonaga o‘t qo‘yib yuborishgan.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hokimlarning bir vaqtning o‘zida ham ijro hokimiyati, ham vakillik hokimiyati rahbari bo‘lishi noto‘g‘riligini ta’kidladi. «Bu masalani Konstitutsiya bilan yechib qo‘yish kerak», dedi u. Uning ta’kidlashicha, amaldagi Konstitutsiya bilan barcha kutilgan o‘zgarishlarni amalga oshirishning imkoni yo‘q.
O‘zbekiston Xitoydan mamlakatda qo‘shma ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar beg‘araz moliyaviy yordam oladi.
Samarqandda Afrosiyob arxeologik obyekti yaqinida obodonlashtirish inshooti qurish uchun yer kavlangani aniqlandi. Kavlangan chuqurdan o‘rta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, g‘isht va qabriston qoldiqlari topilgan.
Rossiya Mehnat vazirligi xorijliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida O‘zbekistondan Rossiyaga kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga cheklovni olib tashlashni taklif qilmoqda. Hozirda ushbu cheklovga ko‘ra, pilot loyiha doirasida 10 ming nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun bora oladi.
«Investorlar jangi 2.0» tanlovida investitsion portfeli eng katta o‘sishni ko‘rsatganlar g‘olib bo‘lishadi. Arizalar 6 iyun kunigacha qabul qilinadi yakunlanadi.
25 may kuni O‘zbekiston maktablarida 390 ming nafar 11-sinfni bitirgan o‘quvchilar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. «Gazeta.uz» poytaxt maktablaridagi tadbirlardan fotoreportaj tayyorladi.
Mart oyida Toshkentga ko‘chib kelgan rossiyalik yigit nega O‘zbekistonga ko‘chib kelgani va bu yerda qanday afzalliklar hamda kamchiliklar borligi haqida, shuningdek, Toshkentda yashash davomidagi kuzatuvlari to‘g‘risida hikoya qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting