Koronavirus bemorlari soni 31 nafarga ortib, jami 3874 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 8 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.
15 iyundan “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bunda, avtobus yakuniy bekatda dezinfeksiya qilinishi, salonga faqat niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish va haydovchilarni ham himoya vositalari bilan ta’minlash talab etiladi.
15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va buyum bozorlari faoliyatiga muayyan shartlar asosida ruxsat berilmoqda. Bunda belgilangan shartlarga rioya qilish kerak bo‘ladi.
5 iyundan boshlab “sariq” hududlarda mehmonxonalar hamda ochiq havodagi restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘shimcha ravishda, “yashil hududlarda” trenajer zallari, ta’lim markazlari, diniy tashkilotlar va madaniyat obyektlari faoliyatiga ma’lum shartlar asosida ruxsat beriladi. Jumladan, masjidlarda namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash kerak bo‘ladi.
72 yoshli koronavirus bemori o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi. Vafot etgan koronavirus bemorlari soni 16 kishiga yetdi.
Koronavirus holatlari 46 taga ko‘payib, jami 3815 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlarning 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va qolgan 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 54 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni jami 3014 nafar kishiga yetdi. Tuzalganlarning 43 nafari Toshkentdagi uchta tibbiyot maskanlaridan, 42 nafari Navoiy viloyatidan va 10 nafari esa Samarqanddan. Kun davomida tuzalganlarning soni 95 kishiga yetdi.
Jahon banki qishloq xo‘jaligi COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotini barqarorlashtirishga qodir deb hisoblaydi. Pandemiya sababli oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qanday muammolar yuzaga kelishi va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida JBning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya xulosalari.
Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 3769 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 7 nafari Toshkent viloyatida va 2 nafari Sirdaryo viloyatida aniqlangan.
O‘zbekistonda kun davomida 58 kishida koronavirus infeksiyasi tasdig‘ini topdi va jami holatlar 3760 taga yetdi. Aholi orasidagi holatlar Toshkent shahri va Buxoro viloyatida aniqlandi. 2 bemorning ahvoli o‘ta og‘ir.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 32 taga ko‘payib, jami 3750 taga yetdi. Kun davomida 48 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
2 iyundan Buxoro viloyatidagi Shofirkon hamda G‘ijduvon tumanlarida shaxsiy avtotransport vositalari maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi to‘xtatildi. Buxoro shahri hududiga boshqa shahar va tumanlardan stikersiz faqatgina kunning muayyan vaqtida kirib-chiqishga ruxsat berildi. Viloyatda yo‘nalishsiz taksi faoliyatida yo‘lovchi tashish uchun ruxsat beriladi.
Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 3718 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 12 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida va 2 nafari yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahri aholisi orasida 2 ta holat qayd etilgan.
Yaponiya hukumati O‘zbekistonga koronavirusga qarshi tezkor javob choralarini ko‘rishi uchun 1,9 mln dollar ajratmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida safarga chiqadiganlar nimalarga e’tibor berishi lozim? «Gazeta.uz» samolyot va poyezd yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha ehtiyot choralarini tavsiya etadi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 11 taga ko‘payib, jami 3673 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlar aholi orasida 5 nafar, karantin markazidagilar 4 nafar va qolgan 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchilar orasida aniqlandi. Hozirgacha kun davomida 50 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanda va uning oila a’zolarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ta’kidlanishicha, u muzokaralar davomida xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantdan COVID-19 bilan zararlangan. Davolanish paytida bosh vazir o‘z uyidan turib ishlashni davom ettirishini ma’lum qilgan.
Koronavirus bemorlari soni 39 nafarga ortib, jami 3662 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, infeksiyaga chalinganlar Toshkent shahrida (10), Sirdaryo viloyatida (2), Toshkent viloyatida (2) va Namangan viloyatida (1) qayd etilgan.
1 iyundan boshlab Samarqand viloyatidagi “qizil” hududlarda, shu jumladan Samarqand shahrida ham avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat berildi. Bunda, avtotransport vositalari faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00 dan — 10:00 gacha, 17:00 dan — 20:00 gacha) harakatlanishi ko‘zda tutilgan.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘pka — yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting