Koronavirus

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi
8 iyun 2020, 17:11

Barcha tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.

Koronavirus holatlari 4404 taga yetdi (+52)
8 iyun 2020, 17:07

Koronavirus holatlari 4404 taga yetdi (+52)

O‘zbekistonda yana 52 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4404 taga yetdi. Jumladan, “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshlari va qo‘shnilari, “Ravnaq bank"ning Shayxontoxur filiali xodimida infeksiya tasdiqlandi.

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida ishsizlar soni qariyb 2 mln kishiga yaqinlashdi
8 iyun 2020, 16:34

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida ishsizlar soni qariyb 2 mln kishiga yaqinlashdi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov koronavirus pandemiyasi paytida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi qariyb 2 million kishiga yetganini ma’lum qildi. Chegaralar yopilgani tufayli 550 mingga yaqin mehnat muhojirlari boshqa davlatlarga ishlash uchun keta olishmagan.

Maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlagan hamshirada koronavirus aniqlandi
8 iyun 2020, 16:27

Maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlagan hamshirada koronavirus aniqlandi

O‘rta Chirchiq tumani maxsus karantin zonasida ko‘ngilli sifatida ishlab kelgan, tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruq bo‘limi hamshirasida koronavirus aniqlandi. Tug‘ruq uyi karantinga yopildi.

Kunlik rekord ko‘rsatkich — 217 ta COVID-19 holati aholi orasidan aniqlangani ma’lum qilindi
8 iyun 2020, 16:11

Kunlik rekord ko‘rsatkich — 217 ta COVID-19 holati aholi orasidan aniqlangani ma’lum qilindi

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashganini ma’lum qilib, kun davomida aholi orasida 217 ta yangi COVID-19 holati aniqlanganiga munosabat bildirdi.

AQSH O‘zbekistonga 15 mingta COVID-19 testi reagentini yordam sifatida taqdim etdi
8 iyun 2020, 15:18

AQSH O‘zbekistonga 15 mingta COVID-19 testi reagentini yordam sifatida taqdim etdi

AQSH hukumati O‘zbekistonga 15 mingta koronavirus testini o‘tkazishga mo‘ljallangan reagentlaridan iborat yordamning birinchi qismini yetkazib berdi. Yana 10 mingta test reagentlari bir necha hafta ichida O‘zbekistonga olib kelinadi.

Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi
8 iyun 2020, 13:49

Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan barcha bemorlar sog‘aydi

Yangi Zelandiyada koronavirusga chalingan oxirgi bemor ham tuzalgani va so‘nggi 17 kun ichida infeksiya bilan bog‘liq holat kuzatilmagani e’lon qilindi. Mamlakatda chegara nazoratidan tashqari barcha karantin cheklovlari olib tashlandi.

Dunyo bo‘ylab COVID-19 holatlari 7 mln kishidan oshdi
8 iyun 2020, 11:57

Dunyo bo‘ylab COVID-19 holatlari 7 mln kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 7 milliondan oshdi. Bunda, 3,1 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 402 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.

Koronavirus bemorlari soni 4352 nafarga yetdi
8 iyun 2020, 10:12

Koronavirus bemorlari soni 4352 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 21 nafarga ortib, jami 4352 kishini tashkil etmoqda. Yangi aniqlangan holatlardan 8 nafari aholi orasida qayd etildi (Toshkent viloyatida — 3, Navoiy viloyatida — 5). Respublika bo‘ylab COVID-19 dan davolanayotganlarning 6 kishining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

Kun davomida rekord darajada (237 ta) koronavirus holati aniqlandi
7 iyun 2020, 23:52

Kun davomida rekord darajada (237 ta) koronavirus holati aniqlandi

Koronavirus holatlari kun davomida rekord darajada — 237 taga o‘sib, 4331 taga yetdi. Karantin markazida — 20, Toshkent shahrida — 195, Toshkent viloyatida — 10, Xorazm viloyatida — 8, Sirdaryo viloyatida — 4 ta kasallik aniqlandi.

208 kishida koronavirus aniqlandi
7 iyun 2020, 19:11

208 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 208 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4302 taga yetdi.

Kun davomida 87 kishida koronavirus aniqlandi
7 iyun 2020, 00:24

Kun davomida 87 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 87 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 4094 taga yetdi. 3 nafar bemorning aholi o‘ta og‘ir.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor vafot etdi
6 iyun 2020, 19:20

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor vafot etdi

Toshkentda sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan 70 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirusdan olamdan o‘tganlar soni 17 nafarga yetdi.

COVID-19: Infeksiya yuqtirganlar soni 4000 nafardan oshdi
6 iyun 2020, 02:17

COVID-19: Infeksiya yuqtirganlar soni 4000 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4000 nafardan oshdi. “Yashil” hudud hisoblangan Qashqadaryoda yangi kasallanish holati qayd etildi. Shuningdek, 160 kishi sog‘aydi, 13 bemorning ahvoli og‘ir.

Yana 22 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 3987)
5 iyun 2020, 17:28

Yana 22 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 3987)

Koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 3987 taga yetdi. Yangi aniqlangan holatlardan 9 nafari aholi orasida qayd etildi (Toshkent shahrida — 8, Namangan viloyatida — 1). Hozirgacha kun davomida 48 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Bolalar bog‘chalarining xavfsiz faoliyati uchun talablar ishlab chiqilmoqda
5 iyun 2020, 14:52

Bolalar bog‘chalarining xavfsiz faoliyati uchun talablar ishlab chiqilmoqda

Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va xalqaro tashkilotlar ko‘magida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibini ishlab chiqilmoqda.

So‘nggi 14 kun davomida aholi orasidan 412 ta COVID-19 holati aniqlangan
5 iyun 2020, 14:19

So‘nggi 14 kun davomida aholi orasidan 412 ta COVID-19 holati aniqlangan

So‘nggi ikki hafta davomida tasdiqlangan 937 ta koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatidan 412 nafari — aholi orasidan, 525 nafari — xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlanganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, respublika laboratoriyalarida jami 750 mingtaga yaqin test sinovlari o‘tkazilgan.

Koronavirus bemorlari soni 3965 nafarga yetdi
5 iyun 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 3965 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 26 nafarga ortib, jami 3965 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanganlarning 12 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolganlari Samarqand, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, 1 nafardan bemor Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Koronavirus bemorlari soni 3900 nafardan oshdi
4 iyun 2020, 17:15

Koronavirus bemorlari soni 3900 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 35 nafarga ortib, jami 3909 kishiga yetdi. Yangi holatlarning barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Bunda, 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar va 8 nafari esa aholi orasida qayd etilgan.

Shvetsiya bosh epidemiologi qat’iy karantin kiritilmaganidan afsusda
4 iyun 2020, 15:54

Shvetsiya bosh epidemiologi qat’iy karantin kiritilmaganidan afsusda

Shvetsiya bosh epidemiologi mamlakatda koronavirus epidemiyasining boshidanoq qat’iy karantin cheklovlarini o‘rnatilmaganidan afsuslanishini aytdi. Hozirda, mamlakatda koronavirusdan o‘lim darajasi dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan bo‘lib qolmoqda, kasallanganlarning 11,6 foizi vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting