Koronavirus

Mahalliy xususiy investorlar preferensiyalarga ega bo‘ladi
27 may 2020, 13:28

Mahalliy xususiy investorlar preferensiyalarga ega bo‘ladi

Faqatgina xorijlik investorlarga berilayotgan preferensiyalar endilikda mahalliy xususiy sarmoyadorlarga ham taqdim etiladi. Ular o‘z hisoblaridan 25 mln dollarlik loyihani boshlasalar, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari byudjet hisobidan qilib beriladi.

Moliyaviy nazorat departamenti shifokorlar rag‘bat puli kechikkanini aniqladi
27 may 2020, 12:56

Moliyaviy nazorat departamenti shifokorlar rag‘bat puli kechikkanini aniqladi

May oyi o‘rtalarida Davlat moliyaviy nazorat departamenti koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan yoki karantindagi shaxslarni kuzatayotgan tibbiyot xodimlariga 19,6 mlrd so‘mlik rag‘batlantirish pullarini to‘lash kechikkanini aniqladi. Bundan tashqari, ushbu ishda qatnashmayotgan xodimlarga ham pul to‘langani ma’lum bo‘ldi.

Koronavirus bemorlari soni 3300 nafardan oshdi
27 may 2020, 10:06

Koronavirus bemorlari soni 3300 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 43 nafarga ortib, jami 3333 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Navoiyda (35), Toshkent (6) va Namangan (2) viloyatlarida va Toshkent shahrida (4) qayd etildi.

Koronavirus holatlari soni 3300 taga yaqinlashdi
26 may 2020, 23:47

Koronavirus holatlari soni 3300 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni kun davomida 75 taga o‘sib, 3290 taga yetdi. To‘qqizta yangi COVID-19 holati karantinga olinganlar orasida aniqlandi.

Samarqandda koronavirus bemori vafot etdi
26 may 2020, 23:25

Samarqandda koronavirus bemori vafot etdi

Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan 63 yoshli erkak o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 natijasida vafot etganlar soni 14 nafarga yetdi.

So‘nggi ikki haftada 734 kishida COVID-19 aniqlandi
26 may 2020, 21:24

So‘nggi ikki haftada 734 kishida COVID-19 aniqlandi

Oxirgi 14 kun ichida 49 mingdan ziyod kishi karantinga olinib, 734 kishida koronavirus aniqlangan.

Andijon viloyatida piyodalar marafoni o‘tkazildi. Bu — karantin qoidalariga zid
26 may 2020, 20:02

Andijon viloyatida piyodalar marafoni o‘tkazildi. Bu — karantin qoidalariga zid

Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” piyoda marafonlari o‘tkazilmoqda. Xabar qilinishicha, aksiya prezident topshirig‘i ijrosi yuzasidan o‘tkazilmoqda. Biroq bu — karantin talablariga zid. Viloyatning Izboskan tumanida esa Rossiyadan kelgan erkakda koronavirus aniqlangan.

Epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarda karantin choralari kuchaytirilishi kutilmoqda
26 may 2020, 19:37

Epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarda karantin choralari kuchaytirilishi kutilmoqda

Keyingi 10 kunda ayniqsa Toshkent shahri, Navoiy, Samarqand va poytaxt viloyatlarida aholi orasida koronavirus yuqtirish holatlarining o‘sishi qayd etilmoqda. Prezident Respublika komissiyasi va viloyatlar hokimlariga epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko‘rib chiqish hamda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.

AQSH Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari himoyasi uchun 2 mln dollar ajratadi
26 may 2020, 17:50

AQSH Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari himoyasi uchun 2 mln dollar ajratadi

AQSH hukumati COVID-19 pandemiyasi vaqtida Markaziy Osiyoda mehnat muhojirlarini himoya qilishga 2 mln dollar ajratadi. Loyiha doirasida ularga yuridik yordam ko‘rsatilib, muqobil turmush tarzi qo‘llab-quvvatlanadi.

Koronavirus holatlari 20 taga ko‘paydi
26 may 2020, 17:19

Koronavirus holatlari 20 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari 20 taga ko‘payib, jami 3281 taga yetdi. Yangi holatlarning 15 tasi karantinga olinganlar orasidan aniqlandi. Kun davomida 66 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Andijonda aholi orasida koronavirus aniqlandi
26 may 2020, 14:31

Andijonda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan 51 kishi karantinga olindi.

Rossiyadagi 786 nafar o‘zbekistonlikka 4,9 mln rubl ajratildi
26 may 2020, 11:33

Rossiyadagi 786 nafar o‘zbekistonlikka 4,9 mln rubl ajratildi

Rossiyada karantin cheklovlari sababli og‘ir vaziyatga tushgan 786 nafar O‘zbekiston fuqarosiga “Mehr” loyihasi doirasida qariyb 4,9 mln rubl ($70 ming) miqdorida bir martalik moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Koronavirus bemorlari soni 3261 nafarga yetdi
26 may 2020, 10:21

Koronavirus bemorlari soni 3261 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 46 nafarga ortib, jami 3261 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning barchasi Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) kirib kelganlarda qayd etilgan.

Koronavirus holatlari soni 3215 taga yetdi
25 may 2020, 23:07

Koronavirus holatlari soni 3215 taga yetdi

O‘zbekistonda yana 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar soni 3215 taga yetdi.

Koronavirus holatlari 9 taga ko‘paydi
25 may 2020, 17:07

Koronavirus holatlari 9 taga ko‘paydi

Koronavirus bemorlari soni yana 9 nafarga ortib, jami 3189 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 25 taga yetdi.

“Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi
25 may 2020, 13:58

“Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi

Toshkentdagi respublika “Ipoteka bank” xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari 14 kunlik karantin nazoratiga, qolgan hamkasblari esa o‘z uylarida tibbiy nazoratga olingan.

DSQning boshqa xodimlarida koronavirus aniqlanmadi
25 may 2020, 12:51

DSQning boshqa xodimlarida koronavirus aniqlanmadi

Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati barcha xodimlaridan olingan COVID-19 test tahlillari natijalari manfiy bo‘lib chiqdi. DSQ Markaziy apparati karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda avvalgi rejimda ishlashni davom ettiradi.

Janubiy Koreyadan yana bir insonparvarlik yordami yetib keldi
25 may 2020, 11:52

Janubiy Koreyadan yana bir insonparvarlik yordami yetib keldi

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga tibbiy karavotlar partiyasi yetkazib berildi. Umumiy qiymati 135 ming dollardan ziyodroq bo‘lgan yana bir qism insonparvarlik yuklarining kelishi kutilmoqda.

Koronavirus bemorlari soni 3180 nafarga yetdi
25 may 2020, 10:15

Koronavirus bemorlari soni 3180 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 3180 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar karantindagilar (6), Qoraqalpog‘istondа (4), Samarqandda (5) va Toshkent viloyatlarida (1) qayd etildi. Respublikada infeksiyadan 602 kishi davolanmoqda, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

DSQ huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi
23 may 2020, 23:07

DSQ huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlandi. Hozirda butun Markaziy apparat xodimlari COVID19 ga test topshirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting