Aniqlangan koronavirus holatlari sonining keskin ortishi testlashtirishning kengaytirilgani bilan bog‘liq, deya izoh berdi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. 5 aprelning o‘zida 4700 dan ortiq test o‘tkazilib, 76 ta holat aniqlandi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantin vaqtida shifoxonalarda, karantin zonalarida va uyda bo‘lish qoidalari bo‘yicha tavsiyalarni ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, koronavirus bemorlari shifoxonaga kelgandan keyin shifokorlarning tavsiyalariga kirmagan holatlar ham uchragan. Uyda va karantin zonalarida ko‘rishish va quchoqlashishni to‘xtatish kerakligi maslahat berildi.
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ko‘plab ayollar koronavirus epidemiyasi tufayli uyda zo‘ravonlikka duch kelayotganini ma’lum qildi. Ba’zi davlatlarda zo‘ravonlikka qarshi yordam xizmatiga murojaat qilgan ayollar soni ikki baravar ko‘paygan.
Bosh prokuratura fuqarolarga 6 apreldan boshlab kundalik yuritishlarini so‘rab murojaat qildi. Karantin davrida har bir fuqaroga qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borish tavsiya etilgan.
Xitoyda karantin tugaganidan keyin ajrashish bo‘yicha murojaatlar soni keskin oshgan. Ba’zi provinsiyalarda uydagi zo‘ravonlik holatlarining ko‘paygani aytilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan shaxslar yana kimlarga kasallik yuqtirganini ma’lum qildi. Jumladan, bir bemor avval ota-onasiga, otasi esa 36 hamkasbiga koronavirus yuqtirgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 5 aprel kuni koronavirus infeksiyasining alomatlari yo‘qolmaganligi uchun kasalxonaga yotqizildi. Uning shifokori bu holatni «ehtiyot chorasi» deb atamoqda.
Nukus shahrida yashayotgan bir erkak kishi va uning onasida «COVID-19» infeksiyasi aniqlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha erkak kishi ish yuzasidan 14 mart kuni Toshkent shahrida bo‘lgan.
O‘zbekistonda bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar 29 953 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Ulardan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 390 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 342 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 310 taga yetdi.
O‘zbekistonda yana 5 nafar bemor tuzalib, koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 30 nafarga yetdi.
Slovakiyaning Chirana kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Sentyabrga qadar Bektemir tumanida zavod ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 9 mln AQSH dollariga teng bo‘lib, 100 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
AQSHning Nyu-York shahrida istiqomat qiluvchi ikki o‘zbekistonlik — bir ayol va bir erkak COVID-19 koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Nyu-Yorkda koronavirus bilan zararlangan o‘zbekistonliklar soni 10 kishidan oshganligi aytilmoqda.
O‘zbekistonda 298 ta koronavirus holati aniqlandi. Barcha yangi holatlar statsionar karantinda bo‘lganlar orasida aniqlandi.
6 apreldan Nukus, Toshkent va viloyatlar markazlarida «o‘zini yakkalash» hayot tarzi majburiy ravishda joriy etiladi. Mototransport va velosipedda harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Yirik savdo majmualariga tashrif buyurayotgan fuqarolarning tana harorati o‘lchanadi.
Yana 3 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, jami holatlar 266 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari xotin-qizlar va shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir. 102 nafar bemor chet eldan qaytgan, 161 nafari esa ular bilan muloqotda bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting