Jahongir Ortiqxo‘jayev ijara beruvchilardan ijara pulini vaqtincha talab qilmay turishlarini so‘radi. Hokim vaqtinchalik to‘lanmagan ijara haqqi keyinchalik to‘lab berish sharti bilan ijarada turuvchi fuqarolarga taqdim etilishi adolatli bo‘lishini aytdi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish doirasida Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparati xarid qilingan. Xitoydan kasallikni aniqlovchi 200 ming dona va Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda
Adliya vazirligi nima uchun hozirgacha O‘zbekistonda favqulodda holat joriy qilinmaganiga izoh berdi.
Karantin vaqtida uyda qolib, onlayn xizmatlardan foydalanish uchun Uydaqoling.uz portali ishga tushirildi. Portalda ovqatlarga buyurtma berish, onlayn ish topish, mahsulotlar xarid qilish, tibbiy maslahatlar olish bo‘yicha internet-xizmatlari haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘ilgan.
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.
O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlarni davolashda sog‘aygan bemorlar qon plazmasidan foydalanish bo‘yicha yangi usulning amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus chet eldan kelgan 94 nafar fuqaroda aniqlangan bo‘lib, ulardan 440 kishiga infeksiya yuqqan. Ushbu kasallikning epidemiologik surishtiruv ishlari bo‘yicha elektron tizim yaratilib, bemorlarning epidemiologik marshruti aniqlanmoqda.
Namangan viloyatida to‘rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Jami tuzalganlar soni 42 nafarga yetdi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limini tark etdi. U o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Endi Jonson kasalxonada shifokorlar kuzatuvida qoladi.
Xususiy orolda o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC-249 musobaqasi vaqtincha qoldirildi. Buni Disney va ESPN kompaniyalari talab qilishgan. Janglarning qachon bo‘lib o‘tishi noma’lum.
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan yangi klinikalar uchun tibbiy jihozlar sotib olishga 17 mln dollar yo‘naltirdi. Sog‘liqni saqlash va biznesni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shimcha 140 mln dollar ajratish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Yana 42 kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 624 taga yetdi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. «Gazeta.uz» bir qator rivojlangan va qo‘shni mamlakatlarning koronavirus pandemiyasiga qarshi qabul qilgan iqtisodiy rag‘batlantirish dasturlarining qisqa tahlilini taqdim etadi.
Markaziy bankka ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun banklar orqali 30 trillion so‘m aylanma mablag‘lar ajratilishini ta’minlash topshirildi. Banklarga mablag‘larni yangi ish o‘rinlari yaratish uchun yo‘naltirish tavsiya etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 8 nafar koronavirus bemorining to‘liq sog‘ayganini xabar qildi. Shunday qilib, tuzalganlar soni 38 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 582 taga yetdi. Yana 27 kishida infeksiya aniqlandi.
Tibbiyot xodimlarining koronavirus yuqtirib olishi O‘zbekistonda infeksiya tarqalgan ilk vaqtlarda qayd etildi. Chunki xodimlar hali infeksiya bilan yaxshi tanish emas edi. Hozirda bunday holatlar yo‘q, virus kontagiozligi yaxshi o‘rganildi.
O‘zbekistonda 8 aprelga qadar avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun 194 mingdan ziyod ariza topshirildi. Jami 33 mingta transport vositasiga stiker berildi.
Toshkentdagi 6-tug‘ruqxona karantinga yopildi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxsda COVID-19 aniqlandi.
Respublika maxsus komissiyasi Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini yangiladi. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ruxsatnomalar berilishi to‘xtatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting