O‘zbekistonda 132 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlarning 255 nafari og‘ir ahvolda, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda kun davomida 581 ta koronavirus holati aniqlanib umumiy ko‘rsatkich qariyb 37,7 mingtaga yetdi. Hozirda davolanayotgan 3997 bemordan 255 nafari og‘ir, 66 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida Mustaqillik bayramini nishonlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, davlat rahbari aholi karantin qoidalariga amal qilmasa, karantin cheklovlari qaytadan tatbiq etilishini ta’kidladi.
O‘zbekistonda kun davomida 594 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 37,1 mingdan oshdi.
Dunyoda ro‘yxatga olingan koronavirus holatlari soni 22 mln dan oshdi, 780 mingdan ortiq odam vafot etdi. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQSH, Braziliya va Hindistonda kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda 242 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Yangi holatlar Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida aniqlangan. Toshkent shahrida 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlarning 411 nafari og‘ir ahvolda, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Kun davomida 591 ta koronavirus holati aniqlandi va umumiy ko‘rsatkich 36,5 mingdan oshdi. Sog‘ayganlar soni esa 32,2 mingtani tashkil etmoqda
Namangan viloyati Uychi tumani hokimining o‘rinbosari Muxtorjon Bobojonovga karantin paytida bayramda ishtirok etganligi uchun hayfsan berildi va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan rasmiy tekshiruv boshlandi.
O‘zbekistonda 173 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Toshkent shahrida 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlarning 593 nafari og‘ir ahvolda, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonda kun davomida 598 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 36 mingtaga yaqinlashdi. Kasalxonalarda 4,1 ming bemor qoldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Buxoro viloyati hokimiyati hudud rahbari Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi. Hokim poytaxtdagi Akfa Medline klinikasida davolanmoqda.
«Temir daftarga» kiritilgan aholining muhtoj guruhlari davlat tomonidan mahallalar orqali moddiy yordam olishmoqda. Sub’ektiv yondashuv va korrupsiogen (korrupsiyani keltirib chiqaruvchi) omillarning oldini olgan holda ijtimoiy yordam sifatini qanday yaxshilash mumkin — Dilmurod Yusupov maqolasida.
Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov koronavirusdan to‘liq sog‘aydi, hamda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun poytaxtdan Navoiyga qaytib keldi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan to‘liq sog‘ayib, vohaga qaytdi.
O‘zbekistonda 184 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori esa vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotgan 813 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 234 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
«Koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etsa, hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi». Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan koronavirus bemorlarini dafn etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Kun davomida 628 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 35,3 mingtadan oshdi. Sog‘ayganlar soni 31 ming nafarga yaqinlashdi.
15 avgust kuni O‘zbekistonda 684 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy rasmiy ko‘rsatkich 34,7 mingtaga yetdi. Sog‘ayganlar soni esa 30 mingdan (+1382) oshdi.
COVID-19 bemorlarini davolash bo‘yicha tajribaga ega 40 nafar rossiyalik shifokor yakshanba kuni O‘zbekistonga keladi. Ular orasida anesteziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt-shifokorlar bor.
O‘zbekistonda kun davomida 694 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy soni 34 mingtadan oshdi. Davolanish ko‘rsatkichi esa 84 foizga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting