Koronavirus

Koronavirus holatlari 44,5 mingdan oshdi
9 sentabr 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 44,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 139 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 94 foizni va davolanayotganlar soni 2297 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 443 ta koronavirus holati aniqlandi (bir kun avval — 312 ta edi)
8 sentabr 2020, 23:52

Kun davomida 443 ta koronavirus holati aniqlandi (bir kun avval — 312 ta edi)

8 sentyabr kuni O‘zbekistonda 443 ta koronavirus holati aniqlandi. Bir kun avval ushbu ko‘rsatkich 312 tani tashkil etgan edi.

«O‘zmetkombinat» boshqaruvi raisi 42 yoshida koronavirusdan vafot etdi
8 sentabr 2020, 23:42

«O‘zmetkombinat» boshqaruvi raisi 42 yoshida koronavirusdan vafot etdi

«O‘zmetkombinat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sergey Vyunenko 42 yoshida vafot etdi. Uning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.

Rossiya koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini fuqarolar muomalasiga chiqardi
8 sentabr 2020, 19:29

Rossiya koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini fuqarolar muomalasiga chiqardi

Rossiyaning «Sputnik V» koronavirusga qarshi vaksinasining birinchi partiyasi fuqarolar muomalasiga chiqardi. Xabar berilishicha, yaqin orada aholini emlash tadbirlari boshlanadi. Bundan oldin, ko‘plab farmkompaniyalar Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshmaslikka chaqirayotgan edi.

Tez yordam xizmatiga murojaatlar soni oshib boryapti
7 sentabr 2020, 18:40

Tez yordam xizmatiga murojaatlar soni oshib boryapti

26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan 34,2 minggacha oshgan. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.

O‘zbekistonda kuniga 30−40 mingta koronavirusga test o‘tkazilyapti
7 sentabr 2020, 18:07

O‘zbekistonda kuniga 30−40 mingta koronavirusga test o‘tkazilyapti

O‘zbekistonda kuniga 30 mingdan 40 mingtaga koronavirusga test tahlili o‘tkazilayotgani va shundan 200−300 tagacha holatda musbat natija aniqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

XTV ota-onalarga tavsiyalar bilan murojaat qildi
7 sentabr 2020, 17:52

XTV ota-onalarga tavsiyalar bilan murojaat qildi

Xalq ta’limi vazirligi birinchi o‘qish haftasini tashkil etishda ota-onalardan o‘z farzandlarini o‘qish va dam olish vaqtini taqsimlashga yordam berishga, erta yotishlarini nazorat qilishga va televizor oldida va kompyuterda o‘tkazadigan vaqtini cheklashga tavsiya berdi.

«Dezinfeksion tunnellardan foydalanishda davom etishimiz kerak» — epidemiolog
7 sentabr 2020, 17:43

«Dezinfeksion tunnellardan foydalanishda davom etishimiz kerak» — epidemiolog

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov dezinfeksion tunnellardan foydalanishda davom etish kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, hozirga qadar dezinfeksion tunnellarni samarasiz degan ilmiy maqolalar yoki nufuzli idoralarning ko‘rsatmalari berilmagan. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarshi kurashda eng foydasiz vosita ekanligi haqida bayonot bergan edi.

Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklash imkoniyati to‘g‘risida — Bahodir Yusupaliyev
7 sentabr 2020, 13:26

Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklash imkoniyati to‘g‘risida — Bahodir Yusupaliyev

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbsoari Bahodir Yusupaliyevning aytishicha, agar kasallanish holatlari kamayib borsa, Rossiya bilan aviaqatnovlar tiklanishi mumkin. 5 sentyabrdan keyin karantin choralarining yumshatilishidan so‘ng mamlakatdagi epidemiologik holatni baholash uchun vaqt talab etiladi.

Qarshi maxsus prokurori vafot etdi
7 sentabr 2020, 12:57

Qarshi maxsus prokurori vafot etdi

Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etishi ustidan nazorat bo‘yicha Qarshi prokurori Dehqonboy Abdullayev 46 yoshida ikkitomonlama pnevmoniyadan vafot etdi.

«Pulga bo‘sh koyka topishning o‘zi qiyin» — «Navbahor» murabbiyi Andrey Kanchelskis
7 sentabr 2020, 11:41

«Pulga bo‘sh koyka topishning o‘zi qiyin» — «Navbahor» murabbiyi Andrey Kanchelskis

«Navbahor» futbol klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusga chalinganligi va shifoxonalar bandligi sababli darhol shifoxonaga yota olmaganligi haqida ma’lum qildi. Kanchelskis bir necha kunni mehmonxonada o‘tkazib, keyin xususiy klinikaga statsionar sharoitda davolanish uchun yotqizilgan. Uning koronavirus bilan kasallanganligi 28 avgust kuni aniqlangan.

O‘zbekiston Rossiya vaksinalarni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
7 sentabr 2020, 10:55

O‘zbekiston Rossiya vaksinalarni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalarni sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev. Bundan tashqari, Xitoy hamda boshqa davlatlarda ishlab chiqarilayotgan vaksinalar klinik sinovining uchinchi bosqichida ishtirok etish masalalari hukumat va mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda.

«Dezinfeksiya tunnellari — koronavirusga qarshi eng foydasiz chora» — SSV
7 sentabr 2020, 10:22

«Dezinfeksiya tunnellari — koronavirusga qarshi eng foydasiz chora» — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarshi kurashda foydasiz chora ekanligini tan oldi. Vazirlik ushbu profilaktik chora inson organizmiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ham ta’kidladi.

COVID-19: 7 ta hududda 293 ta yangi holat qayd etildi
7 sentabr 2020, 01:31

COVID-19: 7 ta hududda 293 ta yangi holat qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 293 ta koronavirus holati aniqlanganini xabar qildi. Yangi holatlar 7 ta hududda qayd etildi.

Kun davomida 295 ta koronavirus holati aniqlandi
6 sentabr 2020, 01:02

Kun davomida 295 ta koronavirus holati aniqlandi

5 sentyabr kuni O‘zbekistonda 295 ta koronavirus holati aniqlandi.

Kun davomida 278 kishida koronavirus aniqlandi (hududlardagi holat)
5 sentabr 2020, 01:42

Kun davomida 278 kishida koronavirus aniqlandi (hududlardagi holat)

O‘zbekistonda rasman tasdig‘ini topgan koronavirus holatlari soni 43 mingdan oshdi. Kun davomida 278 kishida infeksiya aniqlandi.

Koronavirus holatlari 42,9 mingdan oshdi
4 sentabr 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 42,9 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 106 ta yangi koronavirus holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Davolanayotgan bemorlarning 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Kun davomida 257 ta koronavirus holati aniqlandi
3 sentabr 2020, 23:50

Kun davomida 257 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda qariyb ikki oydan buyon eng kam — 257 ta koronavirus holati aniqlandi.

2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati aniqlandi
3 sentabr 2020, 00:16

2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati ro‘yxatga olinganini xabar qildi. Jami holatlar soni 42,5 mingtadan oshdi.

Rossiyada COVID-19 ga chalinganlar soni 1 mln dan oshdi
2 sentabr 2020, 13:25

Rossiyada COVID-19 ga chalinganlar soni 1 mln dan oshdi

Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri 1 mln dan ortiq COVID-19 holatlari ro‘yxatga olingan. Dunyo bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 25,7 mln dan oshgan. Rossiya ro‘yxatga olingan holatlar bo‘yicha AQSH, Braziliya va Hindiston mamlakatlaridan keyin to‘rtinchi o‘rinda turibdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting