Germaniya kansleri Angela Merkel karantin choralari qisman olib tashlanishini ma’lum qildi. Hozircha do‘konlar va maktablar ochiladi.
Dunyoda aniqlangan koronavirus holatlari soni 2 milliondan oshdi. COVID-19 holatlarining aksariyati AQSH, Ispaniya va Italiyada qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida byudjet xarajatlarini optimallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Dolzarb bo‘lmagan loyihalar va xarajatlar kechiktiriladi.
O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 47 taga oshib, jami 1349 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 27 taga oshib, jami 1302 taga yetdi.
Koronavirus yuqtirishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhlarga bozorlarda va savdo do‘konlarida savdo qilayotgan sotuvchilar, karantindagi fuqarolar va xizmat zaruriyati tufayli ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘layotgan shaxslar kiradi — Bosh prokuratura.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan ayol shifoxonaga besh marotaba murojaat qilgan. Shifokorlar har safar unga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat berishgan, faqatgina ahvoli og‘irlashgandan keyin virusga tekshirishgan. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan xamshira va boshqalarda ham koronavirus aniqlangan.
Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 64 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Qoidabuzarlarning 59 ming nafari erkaklar, 5 ming nafarga yaqini ayollardir.
Koronavirus bo‘yicha surishtiruv ishlariga 318 nafar malakali tergovchi va mingdan ortiq tezkor qidiruv xodimlari jalb qilindi. Tezkor-tergov va tahliliy guruhlar tomonidan shu kunga qadar qadar bemorlar muloqotda bo‘lgan 9538 nafar shaxs haqida ma’lumotlar to‘plandi.
AQSHda koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan ayol o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi kuni uning harorati bir oz ko‘tarilgan, keyinroq qo‘li og‘rigan, biroq so‘ngra ahvoli yaxshilangan.
8 nafar koronavirus bemori tuzalib, ular reabilitatsiyaga jo‘natildi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi.
Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar berilishi rejalashtirilmoqda. Respublika maxsus komissiyasining qarori 1−2 kun ichida chiqadi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasining 67 nafar tibbiyot xodimi reabilitatsiyaga kuzatildi. Ularning o‘rnini navbatdagi xodimlar egallashdi.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 61 kishiga ko‘payib, 1275 kishiga yetdi.
Koronavirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan kishini haqorat qilgan shaxsga 9 mln so‘mgacha ma’muriy jarima belgilangan.
Andijon viloyatida 74 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 1,596 trln so‘m (157,7 mln dollar) kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari 756 mlrd so‘mga (74,7 mln dollar) teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi shifoxona va karantin uchun maxsus muassasalarni qurishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Vengriyaga koronavirus bilan kurashish uchun 500 mingta tibbiy niqob jo‘natdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov karantin choralarining may oyida ham davom etish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YAIMi birinchi chorakda 4,1−4,4 foiz atrofida o‘sgan, eksport 11 foizga, import esa 10 foizga qisqargan.
AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtadi. Tramp bu qarorni tashkilot o‘zining asosiy vazifasini bajara olmagani bilan asosladi. O‘z navbatida, BMT bosh kotibi hozir JSST uchun resurslarni kamaytirish vaqti emasligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting