Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari dekabr oyida ham kamaydi
8 yanvar 2025, 12:14

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari dekabr oyida ham kamaydi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 290 mln dollarga kamayib, 2024-yil yakuniga ko‘ra 41 mlrd 181,6 mln dollarni tashkil etdi. Yil davomida oltin narxining ko‘tarilishi fonida rezervlar qiymati 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi.

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar
8 yanvar 2025, 11:22

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi.

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan bank kartalari sonini 20 tagacha chekladi
7 yanvar 2025, 17:48

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan bank kartalari sonini 20 tagacha chekladi

Markaziy bank bir mijozga beriladigan bank kartalari sonini vaqtincha chekladi. Endi bir bankda 5 tagacha, jami esa 20 tagacha, shu jumladan, virtual va kobeydjing kartalarini (valyuta kartalaridan tashqari) olish mumkin. Agar bir yil davomida kartadan foydalanilmasa, banklar ularni bloklaydi.

Islom taraqqiyot banki guruhi O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratadi
7 yanvar 2025, 15:59

Islom taraqqiyot banki guruhi O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 40 mln dollar ajratadi

O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasi amalga oshiriladi. Buning uchun bank va Islom birdamligi taraqqiyot jamg‘armasi 40 mln dollar ajratadi.

O‘zbekiston noyabr oyida oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi
7 yanvar 2025, 15:53

O‘zbekiston noyabr oyida oltinning dunyodagi ikkinchi yirik xaridoriga aylandi

O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida 9 tonna oltin sotib oldi va ushbu qimmatbaho metallni eng ko‘p xarid qilgan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi
7 yanvar 2025, 14:47

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

Davlat qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Hukumat qaroriga ko‘ra, “yashil” iste’mol kreditlari ajratiladigan xizmatlar turi ko‘paytirilmoqda.

Qanot Sharq aviakompaniyasi 20 dan ortiq reysini bekor qildi
7 yanvar 2025, 14:31

Qanot Sharq aviakompaniyasi 20 dan ortiq reysini bekor qildi

Qanot Sharq aviakompaniyasi A320 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish tufayli yanvar-mart oylariga mo‘ljallangan 20 dan ortiq reysini to‘xtatadi. Ularning aksariyati O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburgga borib qaytish reyslaridir.

O‘zbekistondagi vazirlik va hokimliklarga mebel va ofis jihozlari xarajatlarini qisqartirish topshirildi
7 yanvar 2025, 13:12

O‘zbekistondagi vazirlik va hokimliklarga mebel va ofis jihozlari xarajatlarini qisqartirish topshirildi

O‘zbekiston prezidenti vazirlik, idora va hokimliklarga 2025-yilda budjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi. Davlat organlariga ish haqini oshirish, xizmat avtomobillari, qimmatbaho mebel va ofis jihozlarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish taqiqlanadi.

O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi
6 yanvar 2025, 15:18

O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi

O‘zbekistonda “Asakabank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Aloqabank”ni xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi. Mamlakatning bu yirik davlat banklari aksiyalari 2025-yilda sotilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonning ayrim tijorat banklarida dollar 13 000 so‘mdan sotilmoqda
6 yanvar 2025, 11:27

O‘zbekistonning ayrim tijorat banklarida dollar 13 000 so‘mdan sotilmoqda

O‘zbekistonning ayrim banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 13 000 va undan yuqori etib belgilandi. Sotib olish kursi esa 12 940 so‘mgacha ko‘tarildi.

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi
6 yanvar 2025, 08:54

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi.

Qozog‘iston O‘zbekiston tomon yangi temiryo‘l qurmoqda
5 yanvar 2025, 13:42

Qozog‘iston O‘zbekiston tomon yangi temiryo‘l qurmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2027-yilda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi temiryo‘l quriladi. Liniyaning qurilishi mavjud Sariag‘ash — Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish va O‘zbekistonga eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi, deya ta’kidladi QTY.

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasidagi 25,5 ga yer 522,7 mlrd so‘mga sotildi
4 yanvar 2025, 20:01

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasidagi 25,5 ga yer 522,7 mlrd so‘mga sotildi

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida qurilayotgan 25,5 gektar yer uchastkasi 522,7 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda bitta taklifdan so‘ng Valid Trading g‘olib bo‘ldi.

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan elektron savdo platformalari faoliyati taqiqlanadi
4 yanvar 2025, 16:20

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan elektron savdo platformalari faoliyati taqiqlanadi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-iyuldan boshlab elektron tijorat operatorlari sifatida faqat O‘zbekiston rezidentlari — davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslar faoliyat yuritishi mumkin.

2025-yilda jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining yangi minimal stavkalari belgilandi
4 yanvar 2025, 12:06

2025-yilda jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining yangi minimal stavkalari belgilandi

2025-yil 1-yanvardan boshlab bino yoki avtomobilni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari kengashlari ijara stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.

“Afrosiyob” poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi
3 yanvar 2025, 21:33

“Afrosiyob” poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi

2025-yilda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Samarqand hokimligi prezident qaroriga (jamoatchilik uchun ochiq emas) tayanib ma’lum qildi.

Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident
3 yanvar 2025, 19:15

Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi — prezident

Prezident 2025-yil uchun davlat budjeti ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy budjetlar daromadini va mustaqilligini oshirish, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti bu yil ham aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi, dedi Mirziyoyev.

O‘zbekistondagi tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etiladi
3 yanvar 2025, 15:00

O‘zbekistondagi tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etiladi

1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.

Limitdan o‘tgan tadbirkorlarga elektr va gaz uchun oshirilgan tariflar miqdori o‘zgardi
3 yanvar 2025, 14:39

Limitdan o‘tgan tadbirkorlarga elektr va gaz uchun oshirilgan tariflar miqdori o‘zgardi

O‘zbekiston hukumati kechikib bo‘lsa-da, belgilangan limitdan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini pasaytirdi. Limitning o‘zi esa oshirildi.

O‘zbekistonda palov 2024-yilda 15,6 foizga qimmatladi
3 yanvar 2025, 14:38

O‘zbekistonda palov 2024-yilda 15,6 foizga qimmatladi

2024-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda palovning o‘rtacha narxi 15,6 foizga oshdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi. Oshning eng yuqori narxi Toshkentda, eng pasti esa Namanganda qayd etildi. Palov indeksi mamlakatda xarid qobiliyati paritetini aniqlashning norasmiy usuli hisoblanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting