O‘zbekistonda IT va fintex kompaniyalarga tadqiqot va rivojlanish markazlari (R&D) uchun laboratoriya jihozlarini, texnologik uskunalarni bojsiz olib kirishga ruxsat beriladi, dedi prezident. Shuningdek, u Bojxona kodeksini yangilashga ko‘rsatma berdi.
“Hududgazta’minot” AJ ishlamay qolayotgan elektron gaz hisoblash uskunalaridagi muammolar bartaraf etilayotganini ma’lum qildi. Buning uchun respublika bo‘ylab 2 mingga yaqin mutaxassis ishlamoqda.
Prezident O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha “yakuniy bosqich”ga o‘tayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JST qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotganiga qaramay, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va adolatli raqobat muhitida ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratadi.
O‘zbekiston Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida 10 mlrd dollarga Sea Breeze Uzbekistan turizm markazini qurishga rozi bo‘ldi. Avvalroq ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov ushbu loyihani davlat rahbariga taqdim etgandi. Loyiha xorijiy investorlar tomonidan moliyalashtiriladi.
2025-yilda O‘zbekiston banklari tadbirkorlar ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Davlat rahbari kichik biznes uchun kreditlar ulushi 28 foizdan 40 foizga oshishini ta’kidladi.
2025-yilda O‘zbekiston 43 mlrd dollarlik investitsiya o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar vaziri asosiy e’tibor importni qisqartirish va mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilishini ta’kidladi.
O‘zbekistondagi eng yirik gaz qazib oluvchi “O‘zbekneftgaz” 2025-yilda qazib olish hajmi 26,5 mlrd kub metrgacha qisqarib borishini prognoz qilmoqda. Bu 2024-yil uchun prognozdan 2,8 mlrd, 2022-yilgi qazib olingandan 5,7 mlrd kub metrga kam. Avvalgi prognozlardan esa 7,6 mlrd kub metrga kamroq.
O‘zbekistonda “juda kam” kengashlar ayrim soliqlar bo‘yicha oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash vakolatlaridan amalda foydalanmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. U kengashlarni Toshkentdan ko‘rsatma kutmasdan, faol bo‘lishga chaqirdi.
Prezident yig‘ilishida gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash va seysmik qidiruv maydonini kengaytirish reja qilingani aytildi. “O‘zbekneftgaz” loyihalari uchun 2 mlrd dollar xorijiy kredit jalb qilmoqchi. Korxonaga tannarxni 8 foizga kamaytirish topshirildi.
O‘zbekiston prezidenti farmatsevtika korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda bojxona imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytirilishi, 100 mln dollarlik kapitalga ega Ilg‘or loyihalar investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishini ma’lum qildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Temiryo‘lkargo” kompaniyasi Xitoyda ilk vakolatxonasini ochdi. U multimodal transportni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.
BMTTD 2023-yili Sirdaryodagi qishloq maktabida ko‘mirga muqobil isitish tizimini ishga tushirdi. Iqtisodchilar isitish mavsumi yakunlariga tayanib, yangi “yashil” texnologiya qanchalik foydali ekani va uning uchun qanday sharoitlar yaratilishi kerakligini o‘rgandi. Loyiha natijalari “Gazeta.uz” materialida.
OTB O‘zbekistonning beshta hududida 500 ta bog‘chani rivojlantirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda maslahat yordamini ko‘rsatadi. Xususan, bank Samarqand viloyatida 100 ta bolalar bog‘chasini rivojlantirish bo‘yicha shunday xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.
Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi auksionda 2 kompaniya ishtirok etdi va narxni 120 mlrd so‘mgacha ko‘tardi. Biroq ular shartnoma imzolamagani uchun g‘oliblik bekor qilindi. Yangi auksionda 3 ishtirokchi qatnashdi, lekin g‘olib ikki taklifdan so‘ng aniqlandi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston kompaniyalari 2025-yilda Afg‘oniston bozoriga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirdi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonda “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini ham muhokama qildi.
Prezidentning farmatsevtika korxonalari bilan muloqotida sohada 1 mlrd dollarlik loyihalar shakllantirib, talab yuqori dorilarni chet elnikidek sifatda ishlab chiqarish, bozorda raqobat muhitini yaratish belgilandi. Mahalliy korxonalarga bojxona imtiyozlari yana 3 yil, 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistonda mayning-pul, kriptodo‘kon, kriptodepozitariy va kriptobirjalar faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun bojlar miqdorini belgiladi.
Toshkent shahrida pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqini beruvchi takroriy auksion o‘tkazildi. 120 mlrd so‘m taklif qilgan avvalgi g‘olib Balcomuz kompaniyasi bilan shartnoma tuzilmagan. Yangi g‘olib Streetpark Systems bo‘ldi, u ikkita taklifdan so‘ng 62,9 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi.
Hukumat tariflar bu yil oshirilgani va yana oshirilishi kutilayotganiga qaramay, 2025−2027-yillarda gaz va elektr energiyasini subsidiyalashda davom etadi. Bu 2028-yilga boribgina to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari energoislohot nima bilan yakunlanishi kerakligini tushuntirdi.
O‘zbekiston uy-joy qurilishida eskrou hisobi tizimini joriy etishda Rossiya tajribasini o‘rgandi, dedi qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov. “Odamlar pulni o‘zlari bilmaydigan quruvchiga emas, balki bankka olib boradi. Bank bu pulni ishonchli developerga jo‘natadi”, — deb tushuntirdi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting