Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda ishsizlik ko‘rsatkichi 15 foizgacha o‘sdi. Bunga karantin cheklovlari sabab bo‘ldi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ayrim korxonalardan, shu qatorda «O‘zmetkombinat» va «O‘zavtorsvetmet"lardan eksklyuziv huquqlari va preferensiyalaridan mahrum qilishni taklif etdi.
Yilning ikkinchi choragida ish vaqti hajmi 14 foizga kamaydi, bu — 400 mln ish joyining yo‘qolishiga tengdir. XMT ekspertlari ish o‘rinlari yana 11,9 foizga, ya’ni 340 million ish joyiga qisqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Prezident qaroriga binoan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ faoliyati tugatiladi. Aksiadorlik jamiyatning tugatish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ikki hafta muddatda tasdiqlanadi va bajarilishi ta’minlanadi. Xoldingga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qolinadi.
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihasiga 1 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtda 656 km piyodalar va velosiped yo‘llarini qurish, Ishbilarmonlik markazlari va biznes-inkubatorlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Jahon bankining katta iqtisodchisi Uilyam Zeyts O‘zbekiston iqtisodiyotidagi holat va uning istiqbollarini tahlil qildi. Ekspertning fikriga ko‘ra, hozir mamlakatga tezkor “yutug‘i kafolatlangan” investitsiyalar, moliyaviy ahvoli tang fuqarolarga ijtimoiy yordam dasturlarini kengaytirish va koronavirusning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Markaziy bank 2020 yilning birinchi yarim yilligida «Agrobank» va Xalq banki faoliyatida bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilish holatlarini aniqladi. Shu sababli ushbu banklarga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Dollarning rasmiy kursi deyarli 1 so‘mga qimmatlab, jami 10 173 so‘m etib belgilandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sijjak” dam olish oromgohini ommaviy savdolar orqali, shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yilishini bildirib o‘tdi. Ushbu oromgoh O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanish uchun berilishi rejalashtirilayotgandi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Yagona umum respublika protsessing markazi” (Uzcard) MCHJga nisbatan olib borilayotgan o‘rganishlarda tegishli ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmagani sababli o‘rganish muddati cho‘zilayotganini ma’lum qildi.
UzAuto Trailer kompaniyasi 1 avgustga qadar davom etadigan «3 tasi 1 da» aksiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya «KAMAZ» rusumli barcha texnikalarini foydali shartlarda va katta chegirmalar bilan sotib olishni taklif etmoqda.
2020−2021 yillarda O‘zbekistonga Volkswagen va Škoda avtomobillarini tayyor holatda olib kirish, 2022 yildan to‘liq ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Volkswagen Caddy savdosi iyuldan boshlanadi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasi va global inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
«Tashqi qarzlardan voz kechish kerak emas, ammo ularni milliy valyutada va iloji boricha xo‘jalik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish ma’qul» — Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov monetar siyosatda miqdoriy yumshatish instrumentini qo‘llash ma’qul ekanini bildirdi.
Qonunchilik palatasi deputatlari “xufiyona iqtisodiyot"ni legallashtrish uchun kapital amnistiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishni taklif etishdi. Shuningdek, parlament a’zolari mamlakatda fuqarolar daromadlarini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatladilar.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) “Ipoteka-banki” ning xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish uchun 35 mln dollar ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqdim etadi.
1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari orqali AOKAga xabarnoma yuborishi kifoya bo‘ladi.
Coca-Sola Uzbekistan kompaniyasi ommaviy savdo asosida xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Hozirda kompaniyaning 57,1 foiz ulushi davlatga tegishli.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 20,86 so‘mga qimmatladi va 10172 so‘m etib belgilandi.
Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting