Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lari daromad solig‘idan ozod qilinmaydi.
O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan taqdirda, ularga 3000 dollar tovon puli to‘lab beriladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari etib turkiyalik mutaxassis Orxan Sivrikaya tayinlandi. 2017 yildan beri u aviakompaniyaning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi edi.
Prezident qarori bilan Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berildi.
Markaziy bank O‘zbekistondagi faoliyat yuritayotgan to‘lov tizimlari haqidagi tahliliy ma’lumot taqdim etdi. Unga ko‘ra, may oyida UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari orqali 10 trln so‘mdan ortiq to‘lovlar amalga oshirilgan. Shuningdek, mamlakatda naqd pulsiz tranzaksiyalarning hajmi 22,6 foizga ortdi.
O‘zbekistondagi 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foizi) ehtiyojmand hisoblanadi. Ularni kambag‘alikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.
Davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga xalqaro standartlarga bo‘yicha moliyaviy ma’lumotlarni e’lon qilish talabi qo‘yiladi. Jumladan, daromad va xarajatlar, qarzdorlik, kreditlar bo‘yicha majburiyatlar va boshqa statistik ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladi.
Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin bir kecha-kunduzda 181 mingta reys amalga oshirgan aviakompaniyalar hozirda kuniga 118 mingta reysni amalga oshirishmoqda.
May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 1,1 barobarga pasaydi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu mablag‘lar Toshkent hokimligi byudjetini qo‘llab-quvvatlash, Prezident maktablarini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Surxondaryoda kasalxonalar hamda karantin markazlari qurish va boshqa maqsadlarda sarflandi.
«O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.
Markaziy bank 1 iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi.
Davlat ulushi bor korxonalarni sotishdan oldin bozorga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi UzAssets investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi. Kompaniya, shuningdek, korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence), «benchmarking» usulida taqqoslash orqali rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash bilan ham shug‘ullanadi.
AQSH hukumati O‘zbekiston moliyaviy shaffofligini ta’minlashda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilganiga qaramay, haligacha bu soha minimal talablarga javob bermaydi deya baholadi.
1 avgustdan ikki yil muddatga uni uzaytirish imkoniyati bilan O‘zbekistonning barcha hududiy aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
Victory Investing kompaniyasining vakillari «UZINVEST.UZ» investitsion maydoni va sarmoya kiritishda uning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.
Xizmat ko‘rsatish sohasiga 1 trillion so‘m yoki 100 million dollar ekvivalentida kredit resurslari ajratiladi. Maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganchga va Nukusga aviaqatnovlar sonini ko‘paytirib, poytaxtdan Buxoroga reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarni karantinda saqlash harajatlarini tadbirkorlarga yuklash qarori «ma’suliyat hissini» uyg‘otish uchun qabul qilingani, shuningdek, tadbirkor COVID-19 uning hududida yuqtirilmaganligini qanday qilib isbotlashi tushuntirildi.
Moliya vazirligi 2020 yilning I choragi bo‘yicha O‘zbekistonning davlat qarzi $18,2 mlrd (YAIMga nisbatan 31,3 foiz) tashkil etganini ma’lum qildi. Bunda, mazkur qarzning asosiy qismi energetika, transport infratuzilmalari va suv ta’minoti bo‘yicha loyihalarga yo‘naltirilgan. Davlat qarzining makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajasi YAIMga nisbatan 50 foizni tashkil etishi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting