Sirdaryoda Hindiston tajribasi asosida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish hamda kichik biznesni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi «Biznes akselerator» tashkil etiladi.
«Mediorad plus Kft» kompaniyasi Andijonda kardiojarrohlik va saraton kasalliklariga ixtisoslashgan klinika barpo etadi.
Misrning farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «PHARCO Corporation» kompaniyasi Kosonsoydagi qo‘shma korxonaga investitsiya kiritadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazidan 11 ming nafardan ortiq davlat soliq xizmati organlari xodimlari foydalanadi.
Toshkent hokimiyati davlat ko‘chmas mulklari ijarasi narxlarining 70 foizga qimmatlashganini bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tilayotgani bilan izohladi.
Butun dunyoda naqd puldan voz kechilmoqda, O‘zbekistonda esa naqd pul fetishizmi bor, deb hisoblaydi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov.
Fitch agentligi O‘zbekiston chiqarishni mo‘ljallayotgan obligatsiyalarga BB-(EXP) reytingini berdi.
Ozarbayjonning «Matanat A» kompaniyasi Qamashi tumanida zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavod quradi.
Hukumat qarori bilan milliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi belgilandi.
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash tarafdori, dedi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev.
Samarqand viloyatida umumiy qiymati 18,7 trilion so‘m bo‘lgan 968 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
Erkin iqtisodiy va kichik sanoat rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Markaziy bank avtokredit ajratuvchi banklar soni qisqartirilganini ularning ustav kapitaliga qo‘shimcha talablar joriy etilgani bilan izohladi. Sabab — avtokreditlash riskining yuqoriligi.
Toshkentda Visa va Mastercard kartalarini qabul qiluvchi 1000 dan ortiq bankomat va 100 mingdan ziyod to‘lov terminallari o‘rnatiladi. Aloqasiz to‘lovni joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi prezident farmoniga o‘zgartirish kiritildi.
1-martdan O‘zbekistonda biznes yuritishdagi bir qator jarayonlar soddalashtiriladi. 2022-yilgacha Jahon bankining Doing Business reytingida 20-o‘ringa chiqish maqsadi qo‘yildi.
Peugeot Citroёn Automotive avtomobil zavodi deyarli tayyor, texnologik jihatdan esa — yo‘q, deya ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov.
«Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonda yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish rejasi bekor qilindi. Captiva o‘rniga ikkita yangi model ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» rahbari bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting