«LG Internatioanal» Co.Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti bilan Jizzax viloyati hokimligida 40,0 million AQSH dollarlik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokara o‘tkazildi.
O‘zbekistonda shakarqamish yoki qandlavlagidan olinadigan shakardan 150 barobar shirinroq shakar chiqadigan steviya o‘simligi yetishtirilyapti.
Elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar ma’lum muddatga qadar bojxona to‘lovlaridan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
Markaziy bank narxlar darajasiga nomonetar omillar, jumladan tartibga solinadigan narxlar liberalizatsiyasi va soliq islohotlari ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston ilk bor sotuvga qo‘ygan umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik 5 va 10 yillik yevrobondlarning katta qismini buyuk britaniyalik sarmoyadorlar sotib oldi.
O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yilda so‘m kursini qo‘llab-quvvatlashga 3,8 mlrd dollar yo‘naltirdi.
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Bloomberg`ga bergan intervyusida O‘zbekiston yevrobondlari chiqarilishining ahamiyati haqida so‘zladi.
Xitoylik investorlarning O‘zbekiston iqtisodiga kiritadigan 5 milliard dollar mablag‘ning 350 millioni Bulung‘urdagi 15 ta loyihani amalga oshirish uchun sarflanadi.
Yevrobondlarning joylashtirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotini izolyatsiyadan olib chiqadi, deb hisoblaydi Bloomberg. Ayni vaqtda ekspertlar shaffoflik va ingliz tilidagi ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidlamoqda.
O‘zbekiston 1 mlrd dollarlik yevroobligatsiyalarni chiqarishga tayyorlanmoqda. Dastlabki savdolar vaqtida talab yuqori bo‘lgani sababli yevrobondlar daromadliligi pasaytirildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» 1 martdan mahalliy yo‘nalishlarda poyezd chiptalari narxi oshirilishini ma’lum qildi.
Shahar va qishloq telefon tarmog‘i abonentlari asosiy telefon apparatidan foydalanganligi uchun abonent to‘lovi miqdori oshirildi.
«Blockfusion» kompaniyasining rahbarlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda yuqori texnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Bank kassasiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan naqd pul mablag‘larini bevosita qabul qilganlik uchun bankka jarimalar qo‘llanilishi bekor qilindi.
Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘ladi.
Prezident qarori bilan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar chuqurlashtiriladi.
2019−2020 yillar yakuniga qadar Farg‘onada 27 ta mehmonxonada 1218 nomer va 2714 ta o‘rin yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Uzbekistan Airways va Boeing «Drimlaynerlar» uchun shassilarni tezda almashtirish dasturi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
«O‘zbekiston» mehmonxonasi kompleksini sotish bo‘yicha ochiq tanlov savdolari o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyatida o‘tkazilgan uch kunlik xronometraj tadbirlarida 8 ta tadbirkorlik sub’ektining savdo tushumi 122,9 foizga oshib, 119,868 mln so‘mni tashkil etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting