18−20 oktyabr kunlari Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi va Moskva kunlari bo‘lib o‘tadi.
Atom elektr stansiyasi qurilishi uchun Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasidagi To‘dako‘l ko‘li yaqinidagi hudud tanlandi.
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi uchinchi chorakda byudjet tashkilotlarida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar mavjudligini aniqladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan Bojxona kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zbekiston — Fransiya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Milliy banki Fransiyaning «Crédit Agricole» banki bilan 300 million yevrolik shartnoma imzoladi.
O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan ixtisosli bo‘lmagan 156 ob’ektlar «O‘zbekneftgaz» tomonidan ochiq savdolarda xususiy mulkka sotiladigan bo‘ldi.
Tashqi savdo vazirligida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui vaoziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga egabo‘ldi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga muvofiq, banklar endilikda mikroqarz berish bank operatsiyasini amalga oshiradigan bo‘ldi.
Buyuk Britaniya Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinayotgan daromadlarni O‘zbekistonga qaytarish maqsadida ekanini ma’lum qildi.
Qabul qilingan farmon bilan faqat ko‘mir bo‘yicha imtiyoz 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari 1 mlrd dollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Davlat soliq qo‘mitasida shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon banki ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
GM Uzbekistan faoliyatidagi tizimli xato va kamchiliklar sababli Xorazm viloyatidagi filialining qator xodimlarini ishdan bo‘shatdi.
O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining Moskvaga parvoz qiluvchi samolyotlari endi «Vnukovo» aeroportiga qo‘nadi.
USAID eksperti Yovan Yekich O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalasida tashqi savdo vaziri maslahatchisi bo‘ldi.
Lebedev studiyasi Toshkent logotipini yaratish bo‘yicha tanlovda qatnashadi. Studiya rahbari Artemiy Lebedev ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida.
Davlat statistika qo‘mitasi sentyabrda tovar va xizmatlar narxlari 1,8 foizga, yil boshidan esa 8,1 foizga oshganini ma’lum qildi.
Turkiya kompaniyasi Surxondaryo viloyatida shamol elektr stansiyasini quradi.
Asakadagi GM Uzbekistan zavodining 10 nafar rahbari faoliyatidagi jiddiy xato va kamchiliklar uchun ishdan bo‘shatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting