2018−2020 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida 100 ta, 2021−2022 yillarda esa 178 ta namunaviy mehmonxona barpo etish taklif etilmoqda.
Uzcard kompaniyasi texnik nosozlik to‘lov terminallari va bankomatlar ishiga ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.
Kvanjuda (Janubiy Koreya) O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining xorijdagi ilk vakolatxonasi ochildi.
Yanvar-avgustda O‘zbekiston eksporti hajmi 8,6 mlrd, import esa 12 mlrd dollargacha oshdi. Tashqi savdo saldosi — minus 3,4 mlrd dollar.
O‘zbekiston bilan KAITJ o‘rtasida imzolangan 30,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz bitimi doirasida 138 km avtomobil yo‘li va 198 km suv ta’minoti tarmog‘i quriladi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasini ochdi.
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Belarus Prezidentlarining keng doiradagi muzokaralari boshlandi.
O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish orqali 2020 yilgacha paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tishni rejalashtirmoqda.
2019 yildan Toshkent avtobus haydovchilarining kunlik rejasi bekor qilinadi.
Toshkentda birinchi KFC restorani ish boshladi. Xalqaro tarmoqning boshqa restoranlari ham ochilishga tayyorlanmoqda.
Mamlakatdagi birinchi pulli trassa Toshkentdan Samarqandgacha masofani ikki soatgacha vaqtda bosib o‘tishga imkon beradi.
Prezident qarorida tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini ko‘rib chiqishda sansalorliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tan olindi. Muammolarni hal qilish uchun hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash komissiyasi tashkil etildi.
«Toshshahartransxizmat» konditsionerga ega 550 ta past polli avtobus (SamAuto LE 60 va MAN) xarid qiladi. Eletkrobuslarni sotib olish masalasi ham o‘rganilmoqda.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kuzgi-qishki navigatsiya davrida Mumbayga (Hindiston) yangi yo‘nalish ochmoqda.
«Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish» xizmati O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan hamda milliy to‘lov tizimiga integratsiya qilingan barcha mobil ilova platformalari uchun qo‘shimcha imkoniyatdir.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» 28 oktyabrdan Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshiradi.
Muzaffar Abdurahmonov Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimiga, Firdavs Tillayev Toshkent soliq kolleji direktori lavozimiga tayinlandi.
GM Uzbekistan Captiva rusumli avtomobillarni ishlab chiqarish to‘xtatilishi yuzasidan izoh berdi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan 54 ta mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining pasportlarini tuzish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting