Jizzax sement zavodi uchun tozalovchi filtrlarni yetkazib bergan Turkiya kompaniyasi ular kafolat muddati tugagani sababli ishdan chiqqani uchun javobgarlikni rad etdi.
O‘zbekistonda Global G.A.P standartlariga muvofiq yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlash yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz, suv va benzin narxi oshadi. Hukumat energoresurslar iste’moliga ijtimoiy me’yorlarni joriy etishni muhokama qilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan 2 million kishining to‘rtdan bir qismigina rasman ishga joylashgan. Shu munosabat bilan senatorlar Moliya vazirligi rahbariga parlament so‘rovini yubordi.
Jizzax sement zavodi atrofni ohak va chang bilan ifloslantirish manbasini bartaraf etdi.
«Biz yangi megapolis quramiz, lekin uni oyna va betondan iborat qiyofasiz shaharga aylanishini istamaymiz», — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev elchilarga.
Saudiya Arabistonning «Al Hidaya Global Company LTD» kompaniyasi boshqaruv kengashi vakili Salexa Baxvini boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Orenburg viloyatida O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari ulgurji-taqsimlash markazini qurish rejalashtirilmoqda.
«Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik rivojlantirilishiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun ko‘rib chiqildi.
Sirdaryo tumanida 25 sentyabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashina bilan piyoda R.X.ni urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan ketib qolgandi.
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Hindistonning Beta Drugs kompaniyasi O‘zbekistonda onkologik preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Zavodning yillik quvvati 72 million tabletka va kapsulani tashkil etadi.
«Xalq banki» filiallarida pensiya ta’minoti tizimi ishtirokchilari soni 11,3 millionga yetib, ulardagi mablag‘lar miqdori 2,9 trillion so‘mdan oshgan.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng davlat byudjetidan 113,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ iqtisod qilindi.
Toshkentda mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashi lozim bo‘lgan 629 mingdan ortiq ob’ektning asosiy qismi to‘lovlarni amalga oshirdi, so‘nggi muddat — 15 oktyabr.
2020 yilgacha telekom-operatorlar xalqaro internet-kanallariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizdan 16 foizgacha oshirdi.
Yarim yil davomida O‘zbekistonga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini Andijon viloyatining kichik sanoat zonalariga jalb etishga doir qo‘shimcha-chora tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting