Abdullo Xolmurodovich Xursanov «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksidorlik jamiyati boshqaruvining raisi — bosh direktori etib tasdiqlandi.
Iyulda tovar va xizmatlar narxlari 0,3 foizga pasaydi. Ikkinchi oy ketma-ket kuzatilayotgan deflyatsiya oziq-ovqat mahsulotlari narxining arzonlashgani bilan bog‘liq.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Suma Chakraborti O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev va uch nafar bosh vazir o‘rinbosari bilan uchrashadi.
GM Uzbekistan o‘z avtomobillari narxini Moliya vazirligi yoki boshqa davlat organlari bilan kelishmasdan belgilaydi, deya ma’lum qildi Moliya vazirligi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi jamg‘arma bilan kelishuvga erishmay yer uchastkalarini olib qo‘yish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 14 foizlik darajada saqlab qoldi.
Elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovar va xizmatlarga haq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarga tenglashtirildi.
Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Eksimbankini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqmoqda.
Boj undirilmaydigan kur’yerlik jo‘natmalari qiymati har chorak uchun 1000 dollar etib belgilandi.
2018−2019 yillarda Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
CEO Survey o‘rganishlari O‘zbekistonda kompaniyalar rahbarlarining qariyb uchdan ikki qismi bozorda raqobatning o‘sishini o‘z biznesining barqarorligiga asosiy xavf deb bilishini ko‘rsatdi.
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi 3500 ta avtobusga elektron to‘lov va GPS tizimlari o‘rnatiladi.
Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarining amalga oshirilishidagi qoniqarsiz holatni tanqid qildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya Hukumatlararo komissiyasi yettinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Urganch aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini ta’mirlash ishlarini 10 avgustga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.
Internetda to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan virtual kartalar oktyabrdan paydo bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqotlar uchun davlat byudjeti xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirish va ularni YAIMning 1 foizigacha yetkazish dasturini qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Yer ostidan rangli va qimmatbaho metallarni qazib olganlik uchun soliq miqdori o‘rtacha besh barobarga oshirildi.
Davlat soliq qo‘mitasi kameral tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha da’vo qilish uchun eng kam miqdorni belgiladi.
O‘zbekiston va Vetnam savdo aylanmasini yil oxirigacha 100 dollarga yetkazish hamda baliqchilik, ipakchilik, choy va qora murch yetishtirishda hamkorlikni mustahkamlashni rejalashtirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting