O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksportga ichki bozorga nisbatan 30−40 foiz arzonroqqa sotilgan, deya ta’kidladi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida raqobat muhitining shakllanishi, Toshkent, Namangan va Jizzax viloyatlarida yangi zavodlar qurilishi natijasida avtozavod o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
To‘rt kun ketma-ket pasayishdan so‘ng, dollarning rasmiy kursi 8,60 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 640,60 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari pasayishda davom etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvni har yili o‘tkazish kerakligini ta’kidlab, 20 avgustni mamlakatda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif qildi.
2025 yilga qadar O‘zbekistonga ayrim turdagi yuk mashinalarini olib kirganda bojxona boji, utilizatsiya va avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llaniladi.
5000 so‘m va 10 000 so‘m nominaldagi yangi banknotalar 26 avgustdan muomalaga chiqariladi. Markaziy bank ularning dizaynini e’lon qildi. 2013 yil va 2017 yil namunasidagi banknotalar to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.
Shavkat Mirziyoyev soliq idoralari qo‘llayotgan ayrim jarimalar soni va miqdorining ortgani uni xavotirga solayotganini ta’kidladi. Soliq ma’murchiligini soddalashtirish, soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish yuzasidan, jiddiy choralarni amalga oshirish zarurligi aytildi.
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda hamma arzon kredit olishni xohlashini, biroq foizni sun’iy pasaytirish bozordagi muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. «Lekin, kredit foiz stavkalarini sun’iy pasaytirsak, pul bozoridagi muvozanat buziladi. Shuning uchun, iqtisodiyotga arzon kredit beramiz deb, makroiqtisodiy barqarorlikni unutib qo‘ymasligimiz lozim», — dedi davlat rahbari.
Prezident tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta — “so‘m"da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. 1 oktyabrdan ilgari 1 mln dollargacha xorijiy valyutada olingan 6 mingga yaqin tadbirkorning jami 1 mlrd dollarga yaqin kreditlari milliy valyutaga o‘tkazib berilishi aytildi.
Ishbilarmonlar bilan muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlardan kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qildi. “Banklarning kapitalini oshirish bo‘yicha, qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida, qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish va byudjet barqarorligini ta’minlash yo‘lida hissa qo‘shayotgan 100 nafar tadbirkorga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 194 mln dollarga yengil avtomobil eksport qildi. Eksportning qariyb 94 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi, ikkinchi o‘rinda — Afg‘oniston.
UzAuto Motors kompaniyasi Spark uchun shartnoma tuzishni qayta tikladi, yangi shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berish 2022 yilning fevralidan boshlanadi.
Dollarning rasmiy kursi 12,00 so‘mga pasaydi va jami 10 632,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi tarkibida o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va ruslar eng yirik etnik guruhlarni tashkil qiladi. 1989 yildan 2021 yilga qadar o‘zbek millatiga mansub aholi soni ikki baravardan ziyodga ko‘payib, 29,2 mlndan oshgan.
Iyulda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida talabning pasayishi kuzatildi, deya xabar qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Bunga epidemiologik vaziyatning yomonlashgani va ipoteka kreditlari hajmining kamayishi sabab qilib ko‘rsatildi.
Dollarning rasmiy kursi 8,31 so‘mga pasaydi va jami 10 644,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining 2021 yilgi yillik anjumaniga mezbonlik qiladi. Anjuman 31 avgustdan 4 sentyabrgacha Toshkent Xalqaro kongress-markazida bo‘lib o‘tadi.
Moliya vazirligi tashabbusli byudjet bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Endilikda fuqarolar mahalliy byudjetni taqsimlashda ishtirok etish, infratuzilmalarni yaxshilash, yo‘llar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqalarni qurish hamda ta’mirlash bo‘yicha loyihalarga ovoz berishlari mumkin.
Afg‘on inqirozi tufayli O‘zbekiston va Pokistonning dollardagi yevrobondlari bosim ostida qoldi, deya qayd etdi Financial Times. Fondlar boshqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan qochqinlarning ehtimoliy chiqib ketishi qo‘shni davlatlarda moliyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Dollarning rasmiy kursi 7,69 so‘mga pasaydi va jami 10 652,31 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting