2023-yilda O‘zbekistonga benzin importi bir necha barobar oshdi. Birinchi to‘rt oyda 335,2 mln litr keltirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p. Importning umumiy qiymati 136,67 mln dollarni yoki litri uchun 0,4 sentni tashkil etdi. Importning aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston “Rosatom” bilan AES qurish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda va parallel ravishda kichik atom reaktorlari sohasidagi yutuqlarni o‘rganmoqda. “AES qurish davlat uchun juda jiddiy majburiyatdir. Biz har qanday xavfni bartaraf etishimiz kerak”, — dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Tijorat banklari 29-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 475 so‘m.
Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 mln litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.
Buxoro viloyatidagi “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida olefin ishlab chiqarish gaz-kimyo majmuasi tarkibida metanol ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etiladi.
Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosida yangi liniya va stansiyalar qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi. O‘zbekistonda Wilmar International distribyutorlik xabini ochishi, PSB Academy ta’lim muassasasi qurishi, Enercon Asia esa quyosh panellarini o‘rnatishi mumkin.
Tijorat banklari 26-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 480 so‘m.
Energetika vazirligi “Markaziy Osiyo — Xitoy” gaz quvurining O‘zbekistondagi uchastkasida gaz sizib chiqqani haqidagi xabarni rad etdi. Avvalroq OAV Turkmaniston gazida oltingugurt borligi sababli quvurlar teshilgani va gaz sizib chiqqanini yozgan edi.
O‘zbekiston hukumati va Air Products o‘rtasida Qashqadaryo viloyatidagi Uzbekistan GTL zavodi tarkibida sanoat gazini qayta ishlash zavodini rivojlantirish bo‘yicha 1 milliard dollarlik sarmoyaviy bitim imzolandi.
MB 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi. Ular orasida tadbirkor Xurshid To‘rayevning TAPP Payment kompaniyasi ham bor, u bilan “Aloqabank” va Raqamli rivojlanish vazirligining ofis binolarini sotib olish bo‘yicha kelishuv avvalroq bekor qilingandi.
AQSh moliya vaziri Janet Yellen mamlakatda kutilayotgan ehtimoliy defolt sanasini 1-iyun deb e’lon qilgach, bu boradagi muhokamalar yanada qizg‘in tus oldi. Ehtimoliy yoki muqarrar defoltning sabablari, potensial oqibatlari va AQSh hukumati ixtiyoridagi favqulodda choralar to‘g‘risida “Gazeta.uz” sharhi.
Tijorat banklari 25-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 475 so‘m.
Qashqadaryoda quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderning dastlabki g‘olibi e’lon qilindi. FES BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan barpo etiladi.
Singapurning Changi Airports International kompaniyasi yangi Toshkent aeroporti qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda yordamlashadi, shuningdek, mavjud aeroport faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha maslahatlar beradi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga, aprelda esa 8,1 foizga kamaydi. 4 oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4 foizga, ko‘mir 7,4 foizga tushdi. Yil boshidan beri neft qazib olish 4,3 foizga o‘sdi, biroq aprelda pasayish kuzatildi.
Tijorat banklari 24-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 375 — 11 435 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 485 so‘m.
Gruziyaning TBC Bank Group banklar guruhi Payme to‘lov xizmatining 100 foizlik ulushi egasiga aylandi. Kompaniya 113,6 mln dollarga baholangan holda 49 foiz ulush 55,7 mln dollarga xarid qilindi.
MB avtokreditlar hajmi keskin o‘sgani, banklar kredit portfelida bunday kreditlar konsentratsiyasi oshgani sababli tavakkalchilik darajasini o‘lchashning yangi usulini taklif qildi. MBning amaldagi va avvalgi rahbariyati banklar avtomobil uchun kredit olish xavfini sezmayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Xitoy logistika kompaniyalari O‘zbekistonda nafaqat tovarlarni ayirboshlab, transport xizmatlari ko‘rsatadi, balki chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini ham tashkil qiladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona ham ochiladi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoyda O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temiryo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlanganini aytdi. Qo‘shma bayonotda tomonlar qurilishni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyorligi qayd etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting