Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Chuy viloyatida avtomobil zavodi qurishni boshladi
12 may 2023, 10:03

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Chuy viloyatida avtomobil zavodi qurishni boshladi

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi Ulug‘bek Rozuqulov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov Chuy viloyatida “Altin tulpar unaa kurulush” avtomobil hamda tijorat uskunalarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilishini boshlab berdi.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
12 may 2023, 09:44

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 12-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470 — 11 520 so‘m.

Prezident benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi
11 may 2023, 19:31

Prezident benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident mas’ullarga O‘zbekistonda benzin va dizel yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish vazifasini qo‘ydi. Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratiladi. Davlat rahbari, shuningdek, yil oxirigacha elektromobillar uchun 900 ta quvvatlagich o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Davolanish. Ta’lim. Uy-joy ta’miri”. O‘zbekistonliklar ko‘proq nimaga pul sarflaydi?
11 may 2023, 18:11

“Davolanish. Ta’lim. Uy-joy ta’miri”. O‘zbekistonliklar ko‘proq nimaga pul sarflaydi?

Markaziy bank 2023-yilning I choragi bo‘yicha Aholining iste’mol kayfiyati sharhini e’lon qildi. O‘rganish respondentlarning ta’lim, uy-joy ta’miri, davolanishga ko‘proq mablag‘ sarflaganini ko‘rsatdi. Kredit oluvchilar biroz kamaygan, maishiy xizmat sohasidagilarning daromadlari bo‘yicha kutilmalar yaxshilangan.

Aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini davlat qoplab beradi
11 may 2023, 17:47

Aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini davlat qoplab beradi

O‘zbekistonda “Quyoshli xonadon” dasturi qamrovini oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash, “yashil energiya” sertifikatlari tizimini yaratish hamda GESlarga “yashil” sertifikatlar berilishi belgilandi.

Quyosh panellarini o‘rnatishdagi kamchiliklar uchun 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berildi
11 may 2023, 17:24

Quyosh panellarini o‘rnatishdagi kamchiliklar uchun 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda quyosh panellarini o‘rnatishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 9 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan berilishi belgilandi. 2 oyda o‘zgarish qilmasa, ular ishdan olinadi.

Ba’zi banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi
11 may 2023, 10:03

Ba’zi banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 11-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 395 — 11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 460 — 11 510 so‘m.

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga qisqardi
10 may 2023, 22:49

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari aprel oyida 230 mln dollarga qisqarib, 35,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu pasayish, asosan, valyuta zaxiralarining qisqarishi bilan bog‘liq.

MND France kompaniyasi Chimyon xalqaro kurortini quradi
10 may 2023, 15:10

MND France kompaniyasi Chimyon xalqaro kurortini quradi

Bo‘stonliq tumanida Fransiya kompaniyasi tomonidan Chimyon xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi. Unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi. Kurort yiliga 3,1 million kishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston kompaniyalari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishdagi yordami uchun YeIning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin
10 may 2023, 15:09

O‘zbekiston kompaniyalari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishdagi yordami uchun YeIning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan yangi sanksiyalarni muhokama qilmoqda. Reuters insayderlariga ko‘ra, Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan Xitoy, Eron, Qozog‘iston va O‘zbekiston kompaniyalari qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi
10 may 2023, 12:07

Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi

Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi. 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.

Banklar dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 490 so‘m etib belgiladi
10 may 2023, 09:59

Banklar dollarning sotuv kursini 11 440 — 11 490 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 10-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380 — 11 420 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440 — 11 490 so‘m.

Meta, Google, Apple kabi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda to‘rt oyda 32,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi
8 may 2023, 15:57

Meta, Google, Apple kabi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda to‘rt oyda 32,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan yanvar-aprel oylarida 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Ular ichida eng ko‘p soliqni Meta (12,1 mlrd so‘m), Google (9,3 mlrd so‘m) va Apple (6 mlrd so‘m) to‘lagan.

Samarqandga Yutong elektrobuslarining birinchi partiyasi yetib keldi
8 may 2023, 12:13

Samarqandga Yutong elektrobuslarining birinchi partiyasi yetib keldi

Samarqand shahriga YeTTB ajratayotgan mablag‘lar hisobidan Yutong elektrobuslarining dastlabki 6 donasi olib kelindi. Yil oxirigacha yana shunday 94 ta elektrobus olish rejalashtirilmoqda. Yaqin yillarda shaharda 350 ta elektr transporti xarid qilinadi.

Banklarda dollar kursi yana tushdi
8 may 2023, 10:05

Banklarda dollar kursi yana tushdi

Tijorat banklari 8-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 430 — 11 500 so‘m.

“Mening yo‘lim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi
8 may 2023, 09:33

“Mening yo‘lim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi

“Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumiga ovoz berish yakunlandi. Jami 517 ta loyiha g‘olib deb topildi, endi ularga 412 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joylarda fuqarolar bayram qilishni boshlab yubordi.

Siemens O‘zbekistonga gaz turbinalari yetkazib beradi va elektr stansiyalari quradi
6 may 2023, 17:24

Siemens O‘zbekistonga gaz turbinalari yetkazib beradi va elektr stansiyalari quradi

Germaniyaning Siemens konserni Buxorodagi qozonxona va Qashqadaryodagi issiqlik elektr markazi uchun gaz turbinalari yetkazib beradi, shuningdek, O‘zbekistonda bir qancha elektr stansiyalar quradi.

Turoperatorlarga xorijliklarga guruh paketlarini sotishida QQSning bir qismi qaytariladi
6 may 2023, 09:59

Turoperatorlarga xorijliklarga guruh paketlarini sotishida QQSning bir qismi qaytariladi

O‘zbekiston prezidenti qarori bilan turoperatorlarga 5 va undan ortiq xorijiy sayyohlar uchun turpaketlar sotishida QQSning 20 foizi qaytarilishi, sayyohlik kompaniyalari va mehmonxonalarga avtobuslarni olib kirishda QQSni 12 oy davomida foizsiz va shartsiz to‘lash imkoniyati berilishi belgilandi.

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi qanday o‘tdi
5 may 2023, 19:01

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi qanday o‘tdi

Xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi doirasida O‘zbekiston ta’lim sun’iy yo‘ldoshi uchirilishini e’lon qildi. Shuningdek, kosmosdagi ta’limiy loyihalar doirasida hamkorlik memorandumlari imzolandi, poytaxtda kompetensiyalar markazlari ish boshladi.

P2P o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid — “Yuksalish”
5 may 2023, 17:59

P2P o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid — “Yuksalish”

“Yuksalish” harakati jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish Konstitutsiya zid ekanini ma’lum qildi. Harakat bu masalani qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq ekanini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting