2021-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.
Neft narxi tushib ketgani ortidan moliya tizimi barqarorligi uchun xatarlar kuchaygani munosabati bilan Qozog‘iston Milliy banki qayta moliyalash stavkasini 9,25 foizdan 12 foizga qadar oshirdi.
O‘zbekiston hukumati xalqaro moliya va tovar bozorlaridagi vaziyatning mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytarish bo‘yicha choralarni ishlab chiqmoqda. So‘m kursi hozircha barqaror deb baholanmoqda.
Brent neft narxi 35 AQSH dollari atrofida bo‘lib turibdi, rubl so‘nggi to‘rt yil ichida keskin arzonlashdi, jahon birjalari qulashni boshladi. Buning sabablari va oqibatlari — «Gazeta.uz» sharhida.
Markaziy bank Anor Bank raqamli bankini tashkil etishga dastlabki ruxsatnomani berdi. Ta’sischilar yarim yil ichida ustav kapitalini shakllantirishlari kerak.
«O‘zavtosanoat» Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive avtozavodi loyihasi yopilganini tasdiqladi. Bu yerda Volkswagen to‘rtinchi va beshinchi avlod Caddy avtomobillarini yig‘adi.
O‘zbekiston hozircha Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmadi, ammo ogohlantirish xatini qabul qilgan. Avvalroq PetroChina gaz importini koronavirus tufayli qisqartishi haqida xabar berilgandi.
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnomalarni to‘xtatgani xabar qilindi. O‘zbekiston tomoni bu xabarga hozircha munosabat bildirgani yo‘q.
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov avtokreditlash bilan faol shug‘ullanayotgan banklar hozircha xatarlarni anglab yetmayotganini ta’kidladi. MB foiz stavkasi 28−32 foizni tashkil etayotgan avtokreditlash bozorini barqarorlashtirish uchun choralar ko‘radi.
Asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi — O‘zbekiston Markaziy bankining izohi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va YeTTB rahbari Suma Chakrabarti infratuzilmalarni modernizatsiya qilish, bank sektori va sanoatning bir qator sohalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi. Bank O‘zbekistondagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor.
O‘zbekiston prezidenti va Rossiyaning «Lukoyl» neft kompaniyasi rahbari geologiya-qidiruv sohasida hamda uglevodorod konlarini, shu jumladan, qazib olinishi qiyin bo‘lganlarini o‘zlashtirish borasida kooperatsiyani mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Uchta hududiy neft bazasida bir oyda 24 mlrd so‘mlik mahsulotlar yetishmovchiligi, sifati buzilgani va talon-taroj qilingani aniqlandi.
Volkswagen «Jizzax» EIZda yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi bo‘lib Volkswagen Caddy modeli savdosi shu yildan boshlanishi kerak.
O‘zbekiston quyosh energetikasiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma imzolanganiga ikki yil bo‘lganiga qaramasdan, hukumat energiyani sotib olish haqida kafolat taqdim etmadi. Kompaniya O‘zbekistondan yanada jozibali takliflar paydo bo‘lgan taqdirda ham o‘z majburiyatlarini bajarishni so‘radi.
Markaziy bank eski namunadagi 25 so‘m va undan kichik bo‘lgan tanga va banknotlarni muomaladan chiqarishini e’lon qildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi bo‘lgan korxonalar, jumladan, banklar, «Qo‘yliq», «O‘rikzor» va «Aviasozlar» kabi bozorlar, «Paxtakor» va «Neftchi» kabi futbol klublari, gazeta tahririyatlari va boshqalarni to‘liq xususiylashtirishni taklif qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yashnobod tumanidagi texnoparkka, jumladan «aqlli» gaz hisoblagich ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi. Prezident korxona ishlab chiqarish bilan cheklanmay, ularni o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkentda 2,4 mlrd so‘mlik tovarlarni naqd pulga sotib, 471,7 mln so‘mlik QQSni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Prezident farmoni loyihasida 13 ta yirik davlat korxonasi, jumladan, «O‘zbektelekom», «O‘zavtosanoat», «Toshashahartransxizmat», «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqalarni isloh qilish taklif etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting