Qurilishga ruxsat berishning Qurilish vazirligiga oid qismida jarayonlarni 84 kundan 25 kunga qadar qisqartirish rejalashtirilmoqda. Qurilish nazorati inspeksiyasidan ishni boshlash uchun ruxsat olish butunlay bekor qilindi.
25 fevraldan «Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi Samarqanddan — 840 ming so‘m, Toshkentdan — 800 ming so‘m.
Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari o‘zgarmoqda. Endilikda tenderda ishtirok etish va boshqa maqsadlarda quruvchi korxonalar reytingi tuziladi.
YeTTB korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining aksiyalar paketini sotib oldi. Riteyler do‘konlari sonining deyarli uch baravarga ko‘payishi kutilmoqda.
Chet el kompaniyalari O‘zbekiston aeroportlarni boshqarishga tender orqali jalb qilinadi, deya ma’lum qildi transport vaziri Rossiyaning «Novaport» kompaniyasi bilan rejalashtirilgan hamkorlik atrofidagi vaziyatga izoh berarkan.
Bank qonunchiligiga «ipoteka ta’tili» tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Qarzdor ipoteka kreditlarini to‘lashni kechiktirish huquqiga ega bo‘ladi.
Hukumat qaroriga muvofiq 1064ta uy-joy uchun ariza topshirgan yosh oilalar ipoteka kreditini so‘ndirishda imtiyozga ega bo‘ladi. 2020 yildan boshlab, ushbu imtiyoz shartlari qisman o‘zgargan.
Arabistonlik sarmoyadorlar Sirdaryoda energetika kollejini tashkil etish, yangi bug‘-gaz qurilmasini qurish hamda Navoiy viloyatida shamol elekrostansiyasini ochish ustida ish olib bormoqda.
2018 yilda «Dori-Darmon» dorixonalar tarmog‘i uch yil muddatga 150 mlrd so‘m miqdorida 2 foizli byudjetdan ssuda olgan edi. Kompaniya ssuda muddatini uzaytirishni so‘radi.
Banklar 2019-yilda qariyb 8 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi. Kreditlarning asosiy qismi — 83 foizdan oshig‘i — imtiyozli asosda taqdim etilgan.
Neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz, dedi prezident. U joriy yilda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shifokor va provizorlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqaruvchisini tender o‘tkazmasdan belgilash taklif etilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan vrachlar va provizorlar Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib ishlay olmasliklari mumkin.
AQSH elchisi O‘zbekistonga savdo imtiyozlari, turli davlat kreditlari berilmayotganiga sharh berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqib ketish yo‘llari bor.
UzAuto Motors Xitoydagi koronavirus epidemiyasi natijasida Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
2020-yil fuqaro aviatsiyasi sohasida tub burilish yili bo‘ladi, deya umid bildirdi Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalari. Ular avvallari bu soha monopoliya tamoyillari asosida rivojlangani, tariflar yuqori, xizmatlar sifatsiz bo‘lganini tan oldi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi o‘zini AQSH birjalarida faoliyat olib boruvchi professional treyderlar jamoasi sifatida taqdim etayotgan Topinvest.uz sayti haqida izoh berdi.
Klaster tashkil etilmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bunda o‘sha hududlardagi paxta tozalash zavodlari fermerlarga kooperatsiya tashkil etish uchun beriladi, qo‘shilgan qiymatdan tushgan daromad kooperatsiya a’zolari — fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Tez orada Piskent tumanida avtomobillarni elektromagnit moslashuvchanlikka baholash laboratoriyasi qurib bitkaziladi. Shuningdek, 8ta hududiy laboratoriyalar modernizatsiyalashtiriladi.
Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanish, xususan bank hisob varag‘iga ega bo‘lish uchun shaxsan bankka kelishi shart bo‘lmaydi. Markaziy bank ana shu yangilik ustida ish olib bormoqda.
AQSH hukumati O‘zbekistonga kapital bozorini rivojlantirish uchun ajratishni rejalashtirayotgan 1 mln dollarlik texnik yordam «Kapital bozori to‘g‘risida», «Kapital bozori regulyatori to‘g‘risida» va «Kompaniyalar to‘g‘risida"gi qonun loyihalarini ishlab chiqishga mutaxassislar jalb etishga yo‘naltiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting