O‘zbekiston va Fransiya hukumatlari o‘rtasidagi havo aloqasi to‘g‘risidagi bitim kuchga kirmoqda. U doimiy reyslarni amalga oshirish uchun aviatashkilotlarni jalb qilish va ularga imtiyozlar berishni ko‘zda tutadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi mineral suv importiga davlat bojini 30 foizdan 50 foizga oshirishni taklif qilmoqda.
“Sh. Rashidov nomli to‘qimachilik kombinati” MCHJ barpo etilishi natijasida 20 yildan beri ishlamayotgan obyektning faoliyati tiklanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Muzrabot tumanidagi «Yangiobod invest servis» xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Hukumat qarori bilan Vakolatli iqtisodiy operatorlar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Prezidenti Boysun tumanida quriladigan, umumiy qiymati 5,27 milliard AQSH dollari bo‘lgan gaz-kimyo majmuasi loyihasi bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un ko‘mir konida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Surxondaryodagi To‘palang gidroelektr stansiyasining quvvati 250 MVtga yetkaziladi. Prezident ob’ekt modernizatsiyasi jarayoni bilan tanishdi.
Toshkentda turli sohalarda noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan 49,6 ming fuqaro daromad solig‘i to‘lovchisiga aylandi.
Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, investor Muhammadbobur Xodjayev va quruvchi Aziz Zokirov jurnalistlar oldida xususiy qurilishlar sifatida rasmiylashtirilgan ko‘p qavatli uylar, ularning sifati, hokimiyatga nisbatan ayblovlar, korrupsiya va boshqa muammolarni muhokama qildi (+video).
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xitoyning yirik farmatsevtika konsorsiumi bilan O‘zbekistonda turli dori vositalarining substansiyalarini sintez qilish bo‘yicha texnologik platforma ochishga kelishildi.
Surxondaryoda davlat-xususiy hamkorlik tamoyili asosidagi birinchi issiqlik elektr stansiyasi quriladi, deya xabar qildi TIV.
O‘zbekiston hokimliklari orasida birinchi bo‘lib Yakkasaroy tuman hokimligiga xalqaro sifat standarti tatbiq etilganini tasdiqlovchi xalqaro setifikat topshirildi.
Hukumat tomonidan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MCHJ yagona yetkazib beruvchi sifatida tan olindi.
Hukumat qarori bilan atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi tasdiqlandi.
Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritmoqda. Mablag‘lar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlariga yo‘naltiriladi.
2020-yil yanvariga qadar 10 ta davlat kompaniyasida sinov rejimida monopolitsiya qarshi komplayensni joriy etish taklif qilinmoqda. Ular orasida Olmaliq KMK, GM Uzbekistan va “O‘ztransgaz” ham bor.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida baliqchilik va turizm rivojlantiriladi. Suv havzalari kunu tun videokamerali o‘ziucharlar yordamida qo‘riqlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting