Tijorat banklari 4 noyabr kuni 1 dollarni 11 165 so‘mdan 11 185 so‘mgacha bo‘lgan oraliqda sotishni boshladi.
Oliy ta’lim vazirligi talabalarga $115 mln qiymatidagi 18 ming o‘rinli 17 ta yotoqxona qurishga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini maslahatchi sifatida jalb qilmoqda. Bank turar-joylarni qurish uchun investorlarni topishda yordam beradi.
Adliya vazirligida kripto-do‘kon tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish qoidalari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, kripto-do‘kon elektron platforma va savdo obyekti orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Qonunchilikda bunday faoliyat turi uchun har oy 6 mln so‘m to‘lov belgilangan.
AQSh Federal zaxira tizimi asosiy stavkani yillik 3,75−4% etib belgiladi. Bu oxirgi 40 yil ichida mamlakatda kuzatilayotgan rekord darajadagi inflyatsiyaga (8,2%) qarshi ta’sir chora sifatida qabul qilindi. Buning O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi — «Gazeta.uz» materialida.
Qozog‘iston bilan chegarada joylashgan «G‘ishtko‘prik — Jibek joli» nazorat-o‘tkazish punktini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi. Postga olib boruvchi yo‘l ham ta’mirlanadi. Ta’mirlash ishlari vaqtida post yopilmaydi.
Prezident qarori bilan issiqxona xo‘jaliklariga gaz to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-aprelgacha hisoblanmaydi. Issiqxona xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.
Dollarning rasmiy kursi Markaziy bank tomonidan 11 108,03 so‘m etib belgilangandan so‘ng, tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Andijon tumanida 845 dona «Bitmain» mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida davlatga 40,4 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
Davlat xarajatlarining oshishi ortidan inflyatsiya prognozlardan yuqori darajada shakllanmoqda, dedi MB raisi. Regulyator budjet taqchilligi 4,2−4,5 foizga o‘sishini kutmoqda, hukumat esa 4% bo‘lishini e’lon qildi. Mamarizo Nurmuratov inflyatsiyani ushlab turishda budjet konsolidatsiyasining roli oshganini ta’kidladi.
Hukumat budjet taqchilligining amaldagi cheklangan miqdoriga moslasha olmayapti, shu bois parlamentdan uni 4 foizgacha oshirishni so‘radi, bu esa davlat xarajatlarining 8 trln so‘mga oshishini anglatadi. Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, kelasi yilgi budjet loyihasini tayyorlash ishlari qariyb yakuniga yetgan.
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) platformasida «Asakabank» va «Qishloq qurilish bank» ishtirokida ilk bor valyutaviy fyuchers shartnoma bitimlari tuzildi. Eskpiratsiya muddati noyabr oyida belgilangan kelishuvlar in-house elektron savdo maydonida tashkil etildi.
Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde «Gazeta.uz»ga taqdim etgan yangi maqolasida kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish va aholi jon boshiga daromadi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarning yuqori qismiga kirish uchun islohotlar muvofiqlashtirilishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi haqida yozadi.
To‘lov xizmatlari seshanba oqshomida ta’minotchilarga to‘lov, QR-kod bo‘yicha to‘lov va joylardagi to‘lov xizmatlarini qayta tikladi. Apelsin servisi hamkorlardan mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodlarini 15 noyabrga qadar taqdim etishni so‘radi.
Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursini 11 129,95 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev imtiyozlar samaradorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilishda soliq va bojxona imtiyozlarini xatlovdan o‘tkazish, samarasizlarini bekor qilish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun preferensiyalarni bir xillashtirish zarurligini ta’kidladi.
Soliq qo‘mitasi to‘lov tizimlaridan barcha to‘lovlarni fiskallashtirishni talab qildi. Yuzaga kelgan vaziyat O‘zbekistondagi elektron tijorat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Oktabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 12,2% ga yetdi. O‘tgan oyda inflyatsiya xizmatlar sohasida eng kuchli bo‘lgan — 1,5%. Oziq-ovqatlar 1,4%ga, nooziq-ovqat mahsulotlar esa 0,9%ga qimmatlashgan.
Markaziy bank 1-noyabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 169,38 so‘m etib belgiladi. Shundang so‘ng banklar mijozlarga dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini taklif qildi.
O‘tgan 9 oy mobaynida aholiga 10,3 trln so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari ajratildi, deb xabar berdi MB. Ularning 76 foizi (8 trln so‘m) birlamchi bozorga yo‘naltirildi. Kredit oluvchilarning 41 foizini (21725 nafar) ayollar tashkil etadi. Asosiy parametrlar bo‘yicha yuqori narxlar Toshkent shahrida qayd etildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari issiqxonalarni gazdan uzib qo‘ygan mutasaddilar harakatini «davlat xavfsizligiga tahdid», deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gazning atigi 1,5 foizi tejalgan, lekin eksport va ish o‘rinlari «o‘ldirilgan». U «gaz o‘g‘rilaydigan» AGTKSHlar bilan shug‘ullanishni topshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting