Iqtisodiyot

Issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi
15 sentabr 2022, 11:19

Issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati 7 yildan 13 yilgacha uzaytiriladi

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun beriladigan kreditlar muddati 5−7 yildan 10−13 yilgacha uzaytiriladi. Qolaversa, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini oktabr oyigacha ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor pasaymoqda
14 sentabr 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor pasaymoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,91 so‘mga arzonlab, 10 925,14 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

Rossiya regulyatori xorijiy banklar filiallarini ochishdagi taqiqni bekor qilmoqchi
14 sentabr 2022, 16:03

Rossiya regulyatori xorijiy banklar filiallarini ochishdagi taqiqni bekor qilmoqchi

RF markaziy banki va Moliya vazirligi hukumat majlisida xorijiy banklarga mamlakat hududida filiallarini ochishga ruxsat berishni taklif qildi. Biroq tashabbus bilan faqat do‘stona mamlakatlarning kredit tashkilotlari Rossiyada o‘z filiallarini ochishlari mumkin bo‘ladi.

14 sentabr uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan dollar kursi
14 sentabr 2022, 12:52

14 sentabr uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan dollar kursi

Markaziy bank 14 sentabr uchun xorij valyutasining so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi. Shunga ko‘ra, tijorat banklari ham dollar kursini yangiladi.

Uzbekistan GTL zavodida ilk bor sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi
14 sentabr 2022, 11:48

Uzbekistan GTL zavodida ilk bor sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

Uzbekistan GTL zavodida jahon tarixida ilk bor sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarildi. Avvalroq zavodda ilk sintetik dizel va neft mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgandi.

Pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi
14 sentabr 2022, 11:10

Pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi

Senatning 32 yalpi majlisida 2023 yil 1 yanvardan pensiyani hisoblashda bazaviy miqdorni 12 barobariga (3,8 mln so‘m) oshirish taklifi ma’qullandi. O‘zgarishlarni amalga oshirishda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar talab etiladi.

Bir qator tovarlarni olib kirishdagi miqdoriy cheklovlarni bekor qilish taklif etilmoqda
13 sentabr 2022, 18:49

Bir qator tovarlarni olib kirishdagi miqdoriy cheklovlarni bekor qilish taklif etilmoqda

Maishiy, oshxona va kompyuter uskunalari bo‘lmagan tovarlar uchun muddat va miqdor bo‘yicha bojsiz import cheklovini bekor qilish taklif etilyapti (umumiy qiymati bo‘yicha esa cheklovlar saqlanib qoladi). Maqsad — jahondagi oziq-ovqat tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar bilan ta’minlash.

Tijorat banklari mijozlarga 13 sentabr uchun arzonlashgan dollar kursini e’lon qildi
13 sentabr 2022, 10:27

Tijorat banklari mijozlarga 13 sentabr uchun arzonlashgan dollar kursini e’lon qildi

Markaziy bank dollar kursini so‘mga nisbatan qiymatini pastlagandan so‘ng tijorat banklari ham mijozlarga dollarni yangilangan narxlarda taklif qildi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
12 sentabr 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 4,81 so‘mga arzonlab, 10 950,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.

BAA Samarqand shahridagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun qariyb $300 mln kredit ajratadi
12 sentabr 2022, 16:24

BAA Samarqand shahridagi infratuzilmalarni yaxshilash uchun qariyb $300 mln kredit ajratadi

Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $300 mlnga yaqin kredit ajratadi. Mablag‘lar yillik 2,5% stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.

Fitch Ratings 2022-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish kutilmalarini 5,1 foizga oshirdi
12 sentabr 2022, 11:40

Fitch Ratings 2022-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish kutilmalarini 5,1 foizga oshirdi

Fitch Ratings 2022-yilda O‘zbekistonning real iqtisodiy o‘sish sur’ati kutilmasini 5,1 foizga oshirdi. Prognozlarga ko‘ra, joriy yilda inflyatsiya darajasi o‘rtacha 11,7% ni tashkil qiladi va 2024 yilga kelib 9,2% ga pasayadi. O‘zbekiston suveren kredit reytingi esa VV- (barqaror kutilma) darajada baholandi.

BAA kompaniyasi Talimarjon IESga qariyb $1 mlrd investitsiya kiritadi
9 sentabr 2022, 15:16

BAA kompaniyasi Talimarjon IESga qariyb $1 mlrd investitsiya kiritadi

O‘zbekiston va BAAning Mubadala va TAQA kompaniyasi o‘rtasida «Talimarjon IES»ni boshqaradigan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha bitimlar imzolandi. Investitsiyalarning umumiy hajmi $1 mlrd bo‘lib, shundan $700 mln jalb etilgan kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.

Tijorat banklari 9 sentabr uchun dollar kursini yangiladi
9 sentabr 2022, 14:00

Tijorat banklari 9 sentabr uchun dollar kursini yangiladi

O‘zbekiston Markaziy banki 9 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 977,60 so‘m etib belgiladi. Shunga ko‘ra, tijorat banklari ham o‘zlarining takliflarini o‘zgartirdi.

Avgust oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Asosiy sabablar
8 sentabr 2022, 17:55

Avgust oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Asosiy sabablar

Avgust oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shuningdek, keyingi 12 oyda valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport narxlari qimmatlashishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi kabi omillar narxlar oshishiga ta’sir etishi mumkinligi ta’kidlandi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
8 sentabr 2022, 16:23

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,01 so‘mga arzonlab, 10 977,60 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

MB asosiy stavkani o‘zgartirmadi, biroq narxlar bilan bog‘liq xatarlardan ogohlantirdi
8 sentabr 2022, 15:03

MB asosiy stavkani o‘zgartirmadi, biroq narxlar bilan bog‘liq xatarlardan ogohlantirdi

Markaziy bank kelgusi oylar uchun narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi xatarlarning saqlanib qolayotganini qayd etdi. Shuningdek, yil oxiriga qadar inflyatsiya bo‘yicha proznozlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining ortishi ichki valyuta bozorini muvozanatda ushlab turishi kutilmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi investitsiya kompaniyasiga aylantirildi
8 sentabr 2022, 12:49

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi investitsiya kompaniyasiga aylantirildi

Prezident farmoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi MCHJ boshqaruv shaklidagi investitsion kompaniyaga aylantirildi. Kuzatuv kengashiga investitsiyalar va tashqi savdo vaziri raislik qiladi.

Tijorat banklari 8-sentabr holatiga ko‘ra yangilangan dollar kursini e’lon qildi
8 sentabr 2022, 12:24

Tijorat banklari 8-sentabr holatiga ko‘ra yangilangan dollar kursini e’lon qildi

O‘zbekiston Markaziy banki 8 sentabr kuni o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 997,61 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib, tijorat banklari ham o‘zlarining dollarni sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
8 sentabr 2022, 12:13

MB asosiy stavkani 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.

Chinoz NQIZni xususiylashtirish jarayoni boshlandi
8 sentabr 2022, 10:44

Chinoz NQIZni xususiylashtirish jarayoni boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Chinoz neftni qayta ishlash zavodi» ustav kapitalidagi 100 foizlik davlat ulushi sotilayotganini e’lon qilgandi. Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Mosaic Financial kompaniyasi tanlab olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting