Avstriyaning «UniCredit Bank Austria AG» banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalar transferini moliyalashtirish uchun 7,9 mln yevro ajratdi. Ushbu imtiyozli mablag‘lar «Bauer GmbH» kompaniyasining yomg‘irli sug‘orish uchun innovatsion texnologiyalarini xarid qilishga sarflanadi.
Ukrainadagi urush Rossiyaga kuchli bog‘langan iqtisodiyotlar uchun tashqi savdo xatarlarini keltirib chiqardi. Shunga qaramay, mart-aprel holatiga O‘zbekiston tashqi savdosi sog‘lom ko‘rsatkichlarda o‘sdi. «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, bu tendensiya kelgusi oylarda o‘zgarishi mumkin.
Turkish Airlines aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Shunday qilib, O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 taga yetdi.
Buxoroda mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida, shuningdek, markaziy ko‘chalardagi davlat organlari binolarining birinchi qavatlarida restoran va kafeteriylar tashkil etilmoqda. Prezident mazkur tajribani butun respublika, jumladan, Toshkentda ham tatbiq etishni topshirdi.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi 21−22-iyun kunlari Jenevada beshinchi bor yig‘ilish o‘tkazadi. Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari — ITSV rahbari Sardor Umurzakov O‘zbekiston tashkilotga tezroq kirishga ustuvor ahamiyat qaratishini ta’kidlagan edi.
Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz, shuningdek, Rossiya kompaniyalari va iqtisodiyot tarmoqlariga nisbatan sanksiyalar O‘zbekistondagi faoliyatga ta’sir qiladi, deb ta’kidladi S&P. Mamlakat Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgan davr mobaynida tashqi shoklar va noaniqliklarga bardosh beradi, ammo xavflar ham mavjud.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning oziq-ovqat importi hajmi 48,9 foizga oshib, 1,12 mlrd dollarni tashkil qildi. Ta’minotning asosiy qismini bug‘doy, xom shakar, margarin va aralash yog‘lar, go‘sht va kartoshka tashkil qiladi.
O‘zbekistonda rossiyaliklar aynan qanday sohalarda biznes qilishmoqda? Ular mamlakatda qaysi sohalarni tavsiya etishadi? Umuman, 2022 yil boshidan buyon kirib kelgan Rossiya tadbirkorlari O‘zbekiston haqida qanday fikrda?
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 29,91 millionni tashkil etmoqda. 100 kishiga 84 ta abonent to‘g‘ri kelmoqda. Har beshinchi foydalanuvchi Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.
Turkmaniston 1 iyundan boshlab O‘zbekistonga tranzit yuk tashishga ruxsat berdi. Bir qator talablar ham o‘rnatildi: avtomobillar avtokolonnada harakatlanishi kerak, haydovchilarga to‘xtash va kabinadan chiqish taqiqlanadi va boshqalar.
Mehnat vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiyadan O‘zbekistonga mehnat muhojirlarining ommaviy qaytishi kuzatilmaganining uchta omilini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik beruvchilar «bizning ishchi kuchimiz qadriga yetishdi».
O‘zbekiston va Tojikistonni bog‘laydigan poyezd haftada bir marta Dushanbedan Samarqand orqali Toshkentga qatnaydi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati «Gazeta.uz» so‘roviga binoan. Safar vaqti — 21 soat.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,39 so‘mga qimmatlab, yana 11 ming so‘mlik chegaradan o‘tdi — 11 012,06 so‘m. Yevro ham o‘sdi, rubl arzonladi.
Milliy valyuta — «so‘m» ramziga eng kreativ loyiha sifatida 508 ta ijodiy ish orasidan Jumagaldiyev Sarvar grafik belgisi g‘olib deb topildi. MB buni «milliy valyutaning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha» deb atadi. Jami 17 mingta ariza kelib tushdi, finalga shundan 54 tasi o‘tdi.
Rubl hozirgi kunda qanchalik mustahkam valyuta? Nega fevral oyidagi keskin pasayishdan so‘ng valyuta barqarorlashdi? Rossiya valyutasini qanday xavflar kutib turibdi?
Poytaxt hokimiyati Toshkent aeroportiga tutash hududlarni Uzbekistan Airports balansiga o‘tkazadi. Kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayeva avvalroq, bu aeroport vokzaloldi maydonda o‘z loyihasi va rejasini amalga oshirish uchun zarurligini ta’kidlagandi.
Bektemir tumanida RWS Optimum sanoat klasteri bazasida Caterpillar texnikasini ishlab chiqarish bo‘yicha zavodning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Chorshanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida qiymati 1 mlrd 62,6 mln dollarlik 75 ta savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi. Tomonlar tez fursatlarda «Oybek» va «Fotexobod» nazorat punktlari yonida «O‘zbekiston-Tojikiston» chegaraoldi savdo-sanoat zonasini tashkil etishga ham kelishib oldi.
O‘zbekiston ilk bor Pokistonning Karachi porti orqali Hindistonga tranzit yuk jo‘natdi. Pokiston 2021 yilning noyabridan boshlab O‘zbekistonga tranzit yuk tashuvi uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgandi.
Jahon banki O‘zbekiston hukumatiga moliya sektorini isloh qilish maqsadlari uchun 15 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Loyihaga ko‘ra, bir qancha davlat banklari xususiylashtiriladi, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida — taraqqiyot banki tashkil etiladi, u eksport qiluvchilarni resurslar bilan ta’minlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting