O‘zbekiston moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokama uchun taqdim etildi.
Poytaxt viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan To‘ytepa shahri qaytadan quriladi. Loyihada Janubiy Koreya arxitektorlari ishtirok etmoqda.
«O‘zbekenergo» va Koreya elektroenergetika korporatsiyasi (KEPCO) energetika sohasining barcha sohalari bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Andijon viloyatida yiliga 1,2 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod 2019 yilda ishga tushadi.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert komissiyasi O‘zbekiston soliq tizimini rivojlangan davlatlar tajribalariga muvofiq tarzda yuritish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi.
«O‘ztreyd» kompaniyasi Mozori Sharifda o‘zbek-afg‘on savdo uyini ochadi.
«Toshkent-Samarqand» temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab joylashgan 3078 ta uy rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadi.
1 oktyabridan hisoblagich bo‘lmagan iste’molchilarga gaz yetkazib berganlik uchun ikki barobar oshirilgan tarif joriy etilishi to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi.
«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida qariyb 70 mln dollarlik sarmoya kirituvchi 10ta yangi korxona ochildi.
«O‘zmedeksport» korxonasiga ijtimoiy ahamiyatga molik dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha import xaridlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. SSV o‘z ijtimoiy dorixonalar tarmog‘ini yaratadi.
Tadbirkorlar Iqtisodiyot vazirligiga O‘zbekistonda biznes muammolarini hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha 21,5 mln yevrolik loyihani amalga oshiradi.
Toshkentda Bishkekka aviareyslar sonini oshirish hamda O‘zbekiston poytaxti va boshqa shaharlaridan Tomchiga (Issiqko‘l) reyslar ochish muhokama qilindi.
Poytaxt ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar iyun oyida 2 foizga arzonlashdi.
Barcha viloyatlarda gidroponika texnologiyasi qo‘llanilgan issiqxonalarni qurish rejalashtirilmoqda.
«Qarshi-Kitob» temir yo‘l tarmog‘i elektrlashtiriladi, loyiha 2018 yil so‘ngiga qadar amalga oshiriladi.
Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi M-39 yo‘lining Qozog‘iston orqali o‘tuvchi uchastkasi yana ochildi.
AKT vazirligi va «SAP MDH» O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Samarqand hududida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda Samarkand city turizm zonasi tashkil etiladi.
Markaziy bank 11 iyuldan AQSH dollari kursini 4014,5 so‘m etib belgiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting