Banklarning lahzali likvidlilik koeffitsiyenti yil oxiriga qadar 20 foizga qadar oshirilishi kerak.
GM Uzbekistan ikkita yangi avtomobil modeli — sedan va ixcham krossover ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Namangan viloyatida 3000 gektardan ziyod maydonda kovul yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Prezident ushbu yo‘nalishni rivojlantirish uchun assotsiatsiya tashkil etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev yiliga 500 ming tonna ko‘mir briketi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodga tashrif buyurdi.
21 iyuldan Toshkentda issiq suv va isitish tariflari oshiriladi.
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive zavodi qurilishi boshlandi.
Iyun oyi o‘rtasidan buyon Qirg‘iziston O‘zbekistonga 192,5 million kVts elektr energiyasi yetkazib berdi.
21 iyuldan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshiriladi.
«Turkmenistan» aviakompaniyasi yil oxiriga qadar Ashxobod-Toshkent-Ashxobod yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Milliy aviakompaniya 29 avgustga qadar Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent charter reyslarini amalga oshiradi.
Prezident neft-gaz sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Toshkentda paxta bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mita yalpi majlisi hamda XIII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida 2011 yilda imzolangan «To‘qimachilik bayonnomasi» kuchga kirdi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi o‘rinbosari «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasiga rahbar bo‘ldi.
Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsion markazi rezidentlari O‘zbekistonning istalgan hududida turib ishlashi mumkin.
15 iyuldan O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun tariflar oshiriladi.
15 iyuldan aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz tariflari 7 foizga qimmatlashadi.
Samarqandda oxirgi 11 yilda faoliyat yuritmagan «Inturist» mehmonxonasining binosi buziladi.
Toshkent aeroportining yangi terminali qurilishi to‘xtatildi. Mahalliy tarmoqlarning sobiq binolarini rekonstruksiya qilish va «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida zamonaviy majmua qurilishi belgilandi.
Prezident qarori bilan Markaziy bankka tijorat banklari likvidligini doimiy monitoring qilishni ta’minlash tavsiya etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting