Ikki asr avval fransuz iqtisodchisi Frederik Bastia mamlakat deputatlariga mahalliy sham ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Quyoshni to‘sishni taklif qilgandi. Bu kinoyali taklif ilgari surilganidan beri shuncha vaqt o‘tdi, ammo bu erkin savdo xalqni boyroq qilishini barcha tushunishi uchun yetarli bo‘lmadi.
Unga til saratoni, keyinroq o‘pka va ko‘krak bezi saratoni, ko‘p o‘tmay oqqon tashxisi qo‘yilgan. U kasalliklar bilan birga oilaviy va moddiy qiyinchiliklar bilan ham sinalgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni — taqdir zarbalarini yengish uchun farzandlaridan kuch olgan Dildora Mavlonova.
O‘zmilliybank Tasviriy san’at galereyasida rassom Diyor Raziqovning “Mexanizm” nomli keng ko‘lamli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. “Gazeta.uz” sharhlovchisi Dmitriy Povarov masterning retrospektiv ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni jalb qiladigan ijodiy “tishli g‘ildirak”lar haqida fikr yuritdi.
Nemolchi.uz loyihasi faoli Nigina Xudaybergenova Jinoyat kodeksiga 2023-yili kiritilgan maishiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi modda qanday qo‘llanilayotganiga aniqlik kiritish maqsadida sudlarning 400 dan ortiq qarorlarini o‘rganib chiqdi. Asosiy xulosa — ayollarni himoya qilish uchun bitta modda yetarli emas.
Yangi yil bayrami ramzlari orasida archa o‘yinchoqlari alohida o‘rin tutadi. Ular bayram kayfiyati va avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi, yaqinlar va bolalikning yorqin xotiralarini o‘zida saqlaydi. “Gazeta.uz” archa bezaklari yasaydigan hunarmandlar bilan suhbatlashdi.
Sanatoriyalarda dam olish — sobiq sovet mamlakatlarida xordiq chiqarishning eng keng tarqalgan shakli cifatida hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston sanatoriyalarining o‘ziga xosligi nimada va ularga qanday qilib yangi hayot baxsh etish mumkin — ATLAS hududiy rivojlantirish byurosining maqolasi shu haqda.
O‘zbekiston prezidentiga Do‘stlik bog‘ining CM International kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyasi taqdim etildi. “Gazeta.uz” Do‘stlik bog‘i investori — BMP Smart Decision kompaniyasi bilan sud jarayonlari, muloqotda yo‘l qo‘yilgan xatolar, daraxtlarning kesilishi va yangi loyiha haqida suhbatlashdi.
2024-yilda Toshkentda ofis binolari ko‘paydi, biroq ularning katta qismi bo‘sh turibdi. Ko‘chmas mulk egalari qanday qilib tezroq ijarachi topishi va kelajakda taklif qanday o‘zgarishi mumkin? CMWP Uzbekistan konsalting kompaniyasining yillik hisoboti sharhi — shu haqda.
Toshkent markazida joylashgan, bir vaqtlar shahar ramzi va me’morlar iftixori hisoblangan “Chorsu” mehmonxonasi bugun qarovsiz qolib, buzilmoqda. “Gazeta.uz” rekonstruksiyasi amalga oshmagan sovet modernizmi yodgorligining tarixi, taraqqiyoti va tanazzuli haqida hikoya qiladi.
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tyapti. Aytishlaricha, yosh futbolchi uchun inglizlar 40 mln yevro to‘laydi. Shu bahona “Gazeta.uz” Husanovning 2024-yil yozida bergan intervyusini eslatadi. Unda Abduqodir qanday qilib “Bunyodkor” o‘rinbosarlari tarkibiga kirolmay, oxiri “Lans”ga o‘tgani haqida so‘z boradi.
Toshkentdagi ikkita an’anaviy bozor o‘rnida ekobozorlar qurilishi ma’lum qilindi. “Gazeta.uz” tijoriy ko‘chmas mulk sohasi mutaxassisi va sotuvchilar bilan suhbatlashib, jahon amaliyotida ekobozor nimaligi va O‘zbekistondagi ekobozorlar xalqaro standartlarga qay darajada mosligini o‘rgandi.
O‘zbekistonda ma’muriy qamoq huquqbuzarlikka qarshi kurashning bahsli chorasi bo‘lib qolmoqda. Uning keng qo‘llanishi tizimning insonparvarligiga shubha uyg‘otadi. Ma’muriy qamoq qachon o‘rinli, uni qo‘llash bo‘yicha yondashuvni qanday o‘zgartirish kerak? Huquqshunoslar Husain Radjapov va Farhod Fozilov mulohazasi.
2024-yilda vafot etgan jamoat arbobi Kamola Mahmudova, bosh vazir o‘rinbosari Erkin Samandar, akademik Behzod Yo‘ldoshev, “Boysun madonnasi"ni chizgan Vladimir Burmakin, xalq artistlari To‘lqin Tojiyev va Shafoat Rahmatullayeva, xonanda Bobomurod Hamdamov, bastakor Musaxon Nurmatov va boshqalarni xotirlaymiz.
Andijondagi Xo‘jamovlar oilasi bir necha yildan buyon atirgul yetishtirib, ko‘chatlarini chet elga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda oila 10 gektarga yaqin yer maydonida atirgulning 500 dan ziyod turini parvarish qilyapti. “Gazeta.uz” muxbiri mazkur atirgulzorda bo‘lib, uning egalari bilan suhbatlashdi.
Albert Eynshteynning 1939-yil 2-avgustda AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga yozgan xati 2024-yili $4 mlnga sotildi. “Gazeta.uz” XX asrdagi eng muhim xatlardan biri hisoblangan ushbu maktub tarixini amerikalik biograf Uolter Ayzeksonning Eynshteyn hayoti va olamiga bag‘ishlangan asari asosida hikoya qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev noyabrda Falastin muammosiga bag‘ishlangan sammitda O‘zbekiston G‘azodagi urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyorligini bildirgandi. 26-dekabr kuni O‘zbekistonga 100 falastinlik evakuatsiya qilindi. “Gazeta.uz” muxbirlari ular bilan suhbatlashdi.
“Dok-1 Maks” ishi — O‘zbekistonni larzaga solgan hodisa. Uning asoratlari dori-darmon, tibbiyot, huquq-tartibot kabi sohalar uchun ham og‘ir sinov bo‘ldi. Fojiaga ikki yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” shu dorilar sabab vafot etgan 68 bolaning so‘nggi kunlarini yodga oladi — ular unutilmasligi kerak.
O‘zbekistondagi ilk to‘laqonli onlayn maktab — Leader Online qanday ishlaydi? Unga kimlar “qatnaydi”? Maktab o‘z faoliyati davomida qanday yutuqlarga erishdi? Mamlakatda onlayn ta’limning rivojiga nimalar xalal bermoqda? “Gazeta.uz” shu haqda Feruza Vahobova boshliq maktab jamoasi bilan suhbatlashdi.
Women in Tech global tarmog‘i Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha maqsadi — 2030-yilgacha STEAM’da 5 mln ayolni qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” hamjamiyat asoschisi va rahbari Ayumi Mur Aoki bilan loyiha maqsadlari va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.
Toshkent hokimligi har yili shaharda avtobus bekatlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va ularni qayta qurish rejalarini e’lon qiladi. Biroq bekatlar yo‘lovchilar uchun qulaylashayotgani yo‘q. “Gazeta.uz” ana shu turg‘unlik sabablari haqida shaharsozlik va YHX sohasi mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting