M-25 konidagi avariyadan ikki oy o‘tib ham aholi mavhumlik va mish-mishlar ichida yashashda davom etyapti. Kasalxonalarga hamon zaharlanish alomatlari bilan bemorlar olib kelinmoqda. Bu zaharlanishlarning uzoq istiqbolda organizmga qanday ta’siri qilishi noma’lum. “Gazeta.uz"ning Boysundan yangi reportaji.
Ma’naviyat markazi tele- va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkazilishini e’lon qildi. Komil Jalilovning fikricha, bu — senzura. “Ular “senzura o‘rnatmaymiz” deyapti, lekin senzura o‘rnatishini tan olyapti”, — deb yozadi u o‘z maqolasida.
Navbat — o‘zbekistonliklar uchun og‘riqli mavzulardan. X (sobiq Twitter) tarmog‘ida boshlangan shu mavzudagi bir muhokama sabab, qaysidir ma’noda, O‘zbekistonning yaqin o‘tmishiga bir nazar tashlandi. Foydalanuvchilar non, un, yog‘ uchun navbatga turganini esladi. Biz ularning javoblarini bir sahifaga to‘pladik.
Iqtisodchi Botir Qobilov Donald Tramp AQSh iqtisodiyotida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi ekanligini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, Tramp Oq uyga qaytgach, import bojlarining oshirishga, soliqlar bo‘yicha chegirmalar berishga va noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga urinib ko‘radi.
AQShda 5-noyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi — Demokratik partiyadan amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris, respublikachilardan esa sobiq prezident Donald Tramp nomzodi ko‘rsatilgan. Ular prezident bo‘lsa nima qilmoqchi? Nomzodlarning siyosati haqidagi asosiy savollarga qisqa javoblar.
Tchoban Voss Architekten tayyorlagan loyiha asosida 2025-yilda Toshkentdagi Chorsu maydonini qayta qurish boshlanadi. Loyiha Toshkent ramzlaridan biri — “Chorsu” mehmonxonasi taqdiriga ham nuqta qo‘yadi. “Gazeta.uz” muxbiri binoda bo‘ldi hamda loyiha mualliflari va arxitektorlarning fikrlarini jamladi.
Ekoturizm deganda jahon amaliyotida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, tabiat qo‘ynida dam olish tushuniladi. Chetda ekoturizm qanday rivojlantirilyapti, bu borada kim ilg‘or, O‘zbekistonda uni qanday yo‘lga qo‘yish mumkin — Atlas konsalting kompaniyasining “Gazeta.uz” uchun maxsus sharhi shu haqda.
UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan.
O‘zbekiston shaharlarida issiqlik ta’minoti yoqilishi uchun havo harorati ketma-ket 5 kun +8 darajadan past bo‘lishi shartmi? Bu qoida qayerdan olingan? Unga so‘zsiz rioya etiladimi? Qo‘shni davlatlarda qanday? Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun shu kabi savollarga javob izladi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov ilk bor aralash tizim asosida o‘tkaziladi. Bu qanday tizim? Deputatlikka nomzodlar va partiyalar haqida qayerdan ma’lumot olish mumkin? Deputatni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? “Gazeta.uz” asosiy savollarga javob beradi.
Xalqaro NASA Space Apps Challenge 2024 xakatonida O‘zbekistondan 35 jamoa qatnashdi. Global bosqichga yo‘l olgan uch jamoa endi o‘z loyihalari bilan bosh mukofot — NASA (AQSh)ning tadqiqot markaziga sayohat uchun kurash olib boradi. “Gazeta.uz” xakatonning O‘zbekiston bosqichi qanday o‘tgani haqida hikoya qiladi.
24-oktabr kuni Toshkent hayvonot bog‘i ochilganiga 100 yil to‘ldi. Jonivorlarning yashash sharoitlarini yaxshilash va infratuzilmani yangilash maqsadida u yerda 2020-yildan beri ta’mirlash ishlari olib borilyapti. “Gazeta.uz” bog‘ xodimlari bilan shu vaqtgacha qilingan ishlar va kelgusi rejalar haqida gaplashdi.
Xalq bilan muloqot va fuqarolarning shahar loyihalariga jalb etilishi shaharda qulay muhitni yuzaga keltiradi. Uzoq vaqt Toshkent aholisidan ular aslida nima xohlashi haqida so‘ralmagan. Shaharni rivojlantirishga aholini kim va qanday jalb qilishi kerak — sotsiolog Alisa Barannikova bilan suhbat shu haqda.
Fransiyalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol “Gazeta.uz” bilan suhbatda davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni, xususiylashtirish, monopoliyalar qayerdan paydo bo‘lishi, ularga qarshi kurash haqidagi savollarga javob berdi. “Davlat sanoat o‘yinidagi futbolchi emas, hakamdir”, — dedi Tirol
O‘zbekiston joriy haftaning ish kunlarida nam havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, ammo bu havo oqimlari havo haroratini keskin sovitib yubormaydi. Dam olish kunlariga kelib havo harorati biroz ko‘tarilishi ham kutilmoqda. Umuman, hafta davomida bulutli va xazonrezgili haqiqiy kuz havosiga guvohi bo‘lish mumkin.
“Gazeta.uz” sud jarayonlarini yoritishda bir necha bor to‘siqlarga duch kelgan. Biz jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Sarvar Mamadiyev bilan jurnalistlarning sud zalida bo‘lishi qoidalari, jarayonlarni yoritishga qo‘yiladigan taqiq sabablari haqida suhbatlashdik va tahririyat duch kelgan holatlarni muhokama qildik.
“Toshkent ilgari yashil shahar edi”, deb eslaydi taniqli dendrolog Atirgul Xolmirzayeva. U poytaxtni yana yashil qilish mumkin, deydi. Boshlanishiga esa daraxtlarni kesish va ularga zarar yetkazishni, suv havzalarini qisqartirishni to‘xtatish kerak. Buning ijtimoiy va iqtisodiy samaralari o‘zini uzoq kuttirmaydi.
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti siyosiy institutlarning farovonlikka ta’sirini o‘rganishga doir tadqiqotlari uchun Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz” bilan suhbatda mukofotga nega aynan ular loyiq ko‘rilganini tushuntirdi.
Server O‘smanov 2017-yili Samarqandning bir chekkasida ko‘chatxona ochadi. Bir yil o‘tib uning yashil kolleksiyasida besh tup lavanda paydo bo‘lgan. Hozir esa uning gektarlik lavandazoriga har yili yuzlab odam keladi. Server aka o‘nlab o‘simlik turlari parvarishlayotgan bu joyni botanika bog‘iga aylantirish niyatida.
Toshkentda jamoat mulkiga aylanishi mumkin bo‘lgan unikal samolyotlar saqlanadi. O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi 100 yilligi nishonlanayotgan 2024-yilda aviatsiya muzeyini ochish imkoni boy berilganicha yo‘q. Abror Sotimov — muzey istiqboli va Airbus’ning vatani Tuluzadagi namuna haqida mulohaza yuritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting