“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi
10 oktabr 2024, 14:44

“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi

“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari foydasiga jami 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish haqida sud qarori chiqqandi. Hozirgacha 2,5 mlrd so‘m to‘langan, ammo qolgan summa taqdiri mavhum. Jabrlanuvchilarning ota-onalari bundan norozi; ular to‘liq summa tezroq undirilishini so‘ramoqda.

“Loysuvoq Toshkentni tosh shaharga aylantirgan insonlarga bag‘ishlanadi”. Me’mor Valeriy G‘aniyev — “Jasorat” majmuasining qurilishi tarixi haqida
10 oktabr 2024, 09:09

“Loysuvoq Toshkentni tosh shaharga aylantirgan insonlarga bag‘ishlanadi”. Me’mor Valeriy G‘aniyev — “Jasorat” majmuasining qurilishi tarixi haqida

Toshkentda 1976-yilning 20-may kuni “Jasorat” me’moriy-haykaltaroshlik majmuasi ochilgan. U 1966-yil aprelida yuz bergan zilzila markazi o‘rnida qurilgan. “Gazeta.uz” majmua mualliflaridan biri — arxitektor Valeriy G‘aniyev bilan bronza va granitdan kimning jasorati abadiylashtirilgani haqida suhbatlashdi.

San’atga nisbatan rasmiy yondashuv hech qachon uni ko‘zga ko‘rinarli qilib qo‘ymaydi
9 oktabr 2024, 14:37

San’atga nisbatan rasmiy yondashuv hech qachon uni ko‘zga ko‘rinarli qilib qo‘ymaydi

Bu yil MOCFEST yangi formatda o‘tkazildi. Tashkilotchilar “festivallar festivali” g‘oyasidan voz kechib, unga “yagona multimedia tadbiri” sifatida yondashdi. Viktoriya Abdurahimova tasviriy san’at qanday qilib festivalning soyasida qolib ketgani va nima uchun bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida mushohada yuritadi.

O‘zbekistonda 8−13-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
7 oktabr 2024, 21:20

O‘zbekistonda 8−13-oktabr kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda 8−10-oktabrda ob-havo “komfort” bo‘ladi — ammo baribir kechki mahal yengil kiyinib yurolmaysiz. Dam olish kunlari havo sezilarli sovishi, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiyda mavsumdagi ilk “sovuq urishi” hodisalari yuz berishi kutilmoqda. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.

Ocharchilik, “Katta qirg‘in”, “O‘zbek ishi” — qatag‘onning turli ko‘rinishlari haqidagi kitoblardan parchalar
4 oktabr 2024, 08:29

Ocharchilik, “Katta qirg‘in”, “O‘zbek ishi” — qatag‘onning turli ko‘rinishlari haqidagi kitoblardan parchalar

O‘zbekistonning mustamlaka tarixi turli qatag‘onlarga to‘la: 1920-yillarda ocharchilik, keyin “Katta qirg‘in”, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng ziyolilarga, 1980-yillarda esa butun o‘zbek xalqiga hujum. So‘nggi yillarda bu jarayonlar haqida ko‘plab kitoblar chiqdi. “Gazeta.uz” ularning ayrimlaridan parchalar ulashadi.

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
2 oktabr 2024, 21:40

O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda 3−4-oktabrda qulay ob-havo muhiti hukmronlik qiladi — shaharlarda kechki vaqt yengilroq kiyinish ham mumkin hatto. Hafta oxirida esa havo harorati pasayadi, magnit bo‘ronlari, cho‘l va janubiy hududlarda chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. “Gazeta.uz”dan ob-havo sharhi va tavsiyalar.

Kolonka: Qonunchilikdan amaliyotga. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqiriq
26 sentabr 2024, 18:12

Kolonka: Qonunchilikdan amaliyotga. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqiriq

Bo‘lajak Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish bo‘yicha global konferensiyasi O‘zbekistonning sadoqatini ta’kidlash va ilg‘or qonunlarni haqiqatga aylantirish uchun ideal imkoniyatdir. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarni himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Antoniya Lyudekening kolonkasi.

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?
25 sentabr 2024, 17:51

Hayvonot bog‘lari qanday tashkil etilgan va ular nima uchun kerak?

Odamlar hayvonlar huquqlari uchun kurashayotgan bir davrda hayvonot bog‘larining ishlab turishi bahslarga sabab bo‘lyapti. Kimdir uni noyob turlar saqlab qolinadigan joy, deb bilsa, boshqalar shafqatsizlikda ayblaydi. “Gazeta.uz” xuddi shu masalada Moskva hayvonot bog‘i xodimlari bilan suhbatlashgan edi.

Hoqon Shukur va uning AQShga surgun qilinishi: “Voldemortning yaxshi versiyasiga o‘xshayman — nomim aytilmasligi kerak”
24 sentabr 2024, 20:02

Hoqon Shukur va uning AQShga surgun qilinishi: “Voldemortning yaxshi versiyasiga o‘xshayman — nomim aytilmasligi kerak”

The New York Times’ning sport ilovasi — The Atletic’da jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol muallifi, eng mashhur turk futbolchilaridan biri Hoqon Shukurning nomi qanday qilib “Turkiya tarixidan o‘chirilgani” haqida maqola e’lon qilindi. “Gazeta.uz” maqolani o‘zbek tiliga o‘girdi.

“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida
23 sentabr 2024, 18:51

“Ertangi kunga umid bor-u, ishonch yo‘q”. Boysunliklar — gaz konidagi ikkinchi avariyadan keyingi vaziyat haqida

Boysundagi M-25 gaz konida 17-sentabrda takroriy avariya oqibatlari 1-sentabrdagi birinchi falokatdan og‘irroq bo‘ldi — qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Omon qolgan aholiga ham oson bo‘lmayapti. “Gazeta.uz” vaziyat yuzasidan ishonchli axborot, yordam va kompensatsiya kutayotgan boysunliklar bilan suhbatlashdi.

Ma’lumotlarning nafaqat hukumat, balki jamiyat uchun ham ochiq bo‘lishi juda muhim — Feliks Elvert
17 sentabr 2024, 18:13

Ma’lumotlarning nafaqat hukumat, balki jamiyat uchun ham ochiq bo‘lishi juda muhim — Feliks Elvert

Viskonsin universiteti professori Feliks Elvert “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida oila dinamikasi, demografiya, ma’lumotlar ochiqligi masalasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. “Biz kabi tadqiqotchilar O‘zbekistonga kelib, oxir-oqibat Fransiya haqida tadqiqot qilishga majbur bo‘lishini istamaymiz”, deydi u.

“Manipulyativ diktatorlar ustozi” Alberto Fuximori erkin OAV bilan qanday kurashgan edi?
16 sentabr 2024, 18:55

“Manipulyativ diktatorlar ustozi” Alberto Fuximori erkin OAV bilan qanday kurashgan edi?

11-sentabr kuni 10 yildan ortiq vaqt davomida Peru prezidenti bo‘lgan Alberto Fuximori vafot etdi. U yangi zamon diktatorlari haqidagi “Manipulyativ diktatorlar” kitobining asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. “Gazeta.uz” mazkur asardagi Fuximori bilan bog‘liq parchani taqdim etadi.

“„Oltin“ yelkadagi tog‘ni ag‘daradi. Menda shu tog‘ qolib ketdi”. Parij Paralimpiadasi sovrindori Guljanoy Naimova hikoyasi
11 sentabr 2024, 14:14

“„Oltin“ yelkadagi tog‘ni ag‘daradi. Menda shu tog‘ qolib ketdi”. Parij Paralimpiadasi sovrindori Guljanoy Naimova hikoyasi

Uning taekvondochi bo‘lishiga oilasi qarshi edi. Akalari: “Senga to‘g‘ri kelmaydi”, deb uni avaylamoqchi bo‘lgan. Chunki u chap qo‘l pleksiti bilan dunyoga kelgan. Ammo u o‘z bilganidan qolmadi va yakunda ikki karra Paralimpiya sovrindoriga aylandi. “Iroda” loyihasida — parataekvondochi Guljanoy Naimova hikoyasi.

“O‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”. Qozoqboy Yo‘ldoshevning shaxsiy kutubxonasidan reportaj
11 sentabr 2024, 12:50

“O‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”. Qozoqboy Yo‘ldoshevning shaxsiy kutubxonasidan reportaj

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi “Kutubxona” loyihasini davom ettiradi. Bu galgi mehmon — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev. “Millatning hozirgi ahvoliga kutubxonalar kerak emas, degan o‘y bor. Lekin… o‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”, deydi u.

“Ahvol yaxshi emas”. Boysunliklar — gaz konidagi portlashdan keyingi vaziyat haqida
10 sentabr 2024, 20:47

“Ahvol yaxshi emas”. Boysunliklar — gaz konidagi portlashdan keyingi vaziyat haqida

Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqda 1-sentabr kuni avariya bo‘lib, atrofga oltingugurt gazi tarqalishi boshlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, gaz hidi anqishi hali to‘xtamagan va odamlar salomatligiga ta’sir qilyapti. Aholi vaziyat borasida rasmiy va aniq axborot berilishini so‘rayapti.

Islom Karimov qanday odam edi? Nazarboyev, Jo‘rabekov, Krol va boshqalarning xotiralari
2 sentabr 2024, 20:41

Islom Karimov qanday odam edi? Nazarboyev, Jo‘rabekov, Krol va boshqalarning xotiralari

Roppa-rosa sakkiz yil avval O‘zbekistonni chorak asrdan ziyod boshqargan Islom Karimovning vafoti e’lon qilingandi. Shundan beri 2-sentabr birinchi prezidentni xotirlash kuni hisoblanadi. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” Karimov haqida uning zamondoshlari hikoya qilgan ayrim xotiralarni jamlashga urindi.

Bosma meros qo‘riqchisi. Kitob sotuvchisi Yuriy Kimning hikoyasi
31 avgust 2024, 11:55

Bosma meros qo‘riqchisi. Kitob sotuvchisi Yuriy Kimning hikoyasi

66 yoshli Yuriy Kim 5 yildan beri Chilonzor-3 mavzesidagi dehqon bozorida kitob sotadi. Uning noyob kitoblar to‘plami 5000 jilddan ortiq. “Gazeta.uz” u kitob sotishni qanday boshlagani, ularni qayerdan sotib olishini va hozir kitobxonlar undan eng ko‘p qaysi asarlarni so‘rashi haqida hikoya qiladi.

Chinni paxtaning vatani. Paxtagulli idishlar qayerda va qanday tayyorlanadi?
30 avgust 2024, 21:05

Chinni paxtaning vatani. Paxtagulli idishlar qayerda va qanday tayyorlanadi?

“Paxtagul” — o‘zbek idishlarining eng taniqli brendi bo‘lib, asli Toshkentda paydo bo‘lgan. Chinni servizlarda ochilgan paxta chanoqlari, 70 yilki, dasturxonlarni bezaydi. Paxta naqshi “tug‘ilishi”, ommalashuvi va qanday tayyorlanishi tarixi — “Gazeta.uz” materialida.

O‘zbekiston ovozi ko‘chasi: Hamma talpinadigan joyga aylantiriladigan hozircha “egasiz hudud”
30 avgust 2024, 18:39

O‘zbekiston ovozi ko‘chasi: Hamma talpinadigan joyga aylantiriladigan hozircha “egasiz hudud”

Toshkent markazidagi, bir zamonlar Bog‘ ko‘chasi hisoblangan O‘zbekiston ovozi ko‘chasi avtomobillar harakatini kamaytirish, piyodalar uchun qulaylashtirish maqsadida rekonstruksiya qilinadi. Loyihaga “Tashkent Invest” Bolalar kutubxonasi rekonstruksiyasida qatnashgan Ludi_Architects byurosini jalb etdi.

O‘zbekistonda “yashil” shaharlar reytingi paydo bo‘ldi. Toshkent — reytingning quyi qismida
30 avgust 2024, 08:15

O‘zbekistonda “yashil” shaharlar reytingi paydo bo‘ldi. Toshkent — reytingning quyi qismida

Iqlim o‘zgarishi milliy markazi O‘zbekiston shaharlarining “yashil” reytingini taqdim etdi. Mamlakat shaharlari ekologik tozalik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi va natijalar Green Cities platformasiga kiritiladi. 14 ta ma’muriy markaz orasida Namangan yetakchilikni qo‘lga kiritdi, Toshkent 12-o‘rinni egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting