Chorvoq paradromi dunyoda paraplanda uchish oson bo‘lgan kam sonli joylardan biridir. Parvoz qilish istagidagilarga bu baxtni o‘zbek paraplanerizmi kashshofi Vyacheslav Chesenko tortiq etmoqda. «Gazeta.uz» undan shogirdlari, ko‘zi ojiz yo‘lovchilar, o‘zbek paraplanerizmi tarixi va rivojlanishi haqida so‘radi.
sentabr oyida Toshkent va Buxoroda xalqaro adabiy festival o‘tkazilishi kutilayotgandi. Biroq, tadbir dasturi, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lishiga qaramay, mahalliy hamkor — Yozuvchilar uyushmasi tashkilotchilar safidan chiqdi va festival to‘xtatildi. «Gazeta.uz» Yozuvchilar uyushmasidan izoh ololmadi.
Mastercard kompaniyasi dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Biz undan davlat organlari va xususiy sektorda ishlash o‘rtasidagi farqlar, AQShdagi o‘qish va Mastercard`dagi ishi, shuningdek, yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.
Umida Haqnazar, Yuliy Yusupov va Ilhom Azizov agrar islohotlar sohasidagi muammolarni tahlil qilishdi. Ekspertlar Konstitutsiyaning 55-moddasiga taklif etilgan qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lishi haqidagi o‘zgartirishdan voz kechish kerakligini ta’kidlamoqda.
Nukus voqealarida jabrlanganlar orasida o‘qotar quroldan yaralanganlar ham bor. Kuch tuzilmalari jangovar o‘q-dorilardan foydalanilganini rad etmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri Shoshilinch yordam markazida yaradorlar bilan suhbatlashdi. Harbiylar ham qanday yaralangani haqida so‘zlab berdi.
Aziza Sodiqova — Toshkentlik bastakor. U Berlinda ijod qiladi, Yevropaning yirik konsert zallari va festivallarida yangraydigan opera va orkestr asarlarini yaratadi. «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi doirasida u Yevropadagi ish va o‘qish haqida gapirdi hamda yosh musiqachilarga maslahatlar berdi.
Qoraqalpog‘iston maqomini Konstitutsiyada o‘zgartirish taklifi ortidan 1−2 iyulda respublikada namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Prezident shaxsan Nukusga borgandan keyingina senator va deputatlar voqeaga o‘z munosabatini bildira boshladi. «Gazeta.uz» qonun chiqaruvchilarning fikrlarini bir materialga jamladi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojarolar nafaqat bu ikki mamlakatga, balki butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shuning uchun ham kelishuvga erishish zarur va bu borada The Washington Post uch xil yondashuvni taklif qildi.
Qoraqalpog‘istonda bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri internet cheklangan, shu sababli aksariyat terminallar, bankomatlar ishlamayapti, davlat va boshqa xizmatlar ko‘rsatilayotgani yo‘q. «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov bu holat odamlar hayotiga qanday ta’sir qilayotganini o‘rgandi.
Qoraqalpog‘istondagi fojia jamiyat bilan muloqot qilishga e’tibor berilmasligi hamda strategik muhim qarorlar parda ortida qabul qilinishi nimalarga olib kelishini namoyish qildi.
Nukusdagi namoyishlar tinchiganidan bir kun o‘tib, aholi shifoxonalar, morg va IIBdan o‘z yaqinlarini qidirishda davom etayotgan edilar. «Gazeta.uz» muxbiri Shuhrat Latipov sudmedekspertiza markaziga (morg) kelganlar va izolyator oldida turgan hibsga olinganlarning turmush o‘rtoqlari bilan suhbatlashdi.
1−2 iyulda Qoraqalpog‘istonda fuqarolar norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Rasmiy va norasmiy xorijiy OAVlar buni turlicha talqin qilib, hattoki feyk xabarlar tarqatgani kuzatildi. Bu vaqtda esa O‘zbekiston markaziy telekanallari Nukus voqealarini qay tarzda yorita ol[ma]gani — «Gazeta.uz» materialida.
Mustaqil O‘zbekistonning davlat gerbi 30 yil avval qabul qilingan. Ushbu muhim sana munosabati bilan, davlat ramzining muallifi Anvar Mamajonov «Gazeta.uz»ga gerbning yaratilish jarayoni, uning yakuniy variantini tanlashda prezident Islom Karimovning o‘rni va o‘z rassomchilik yo‘li haqida gapirib berdi.
Qisman bepul bo‘lgan «tonirovka», 100 va 200 foizlik ustama oluvchi ayrim shifokorlar, soliq ma’murchiligi soddalashtirilgan biznes, «Xavfsiz yo‘l» indeksi yuritilishi, mustaqil oilaviy shifokor sifatida ishlashga ruxsat berilgani, tungacha ishlaydigan muzeylar — 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
2-sonli Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov “Gazeta.uz"ga intervyusida koronavirusning hozirgi to‘lqini avvalgilaridan nimasi bilan farqlanishi, qaysi alomatlar kasalxonaga yotqizishni talab qilishi va qanday joylarda niqob taqish tavsiya etilishi haqida gapirdi.
Sayohatchi Timur No‘monov «Gazeta.uz»ga O‘zbekiston bo‘ylab avtosayohatga qanday to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish kerakligini aytib berdi. Uning maslahatlari avtomobilda sayohat qilishda qulaylik va xavfsizlikka ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolardan qochishga yordam beradi.
AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida Amerika tashqi siyosatining O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlari, islohotlardagi yutuq va muvaffaqiyatsizliklar, so‘z erkinligi va mamlakat rivoji o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida so‘zlab berdi. U Konstitutsiya islohotlari haqida ham fikr bildirdi.
Qizil kitobga kiritilgan 402 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qushi Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi. Arablarda ushbu qushni lochin yordamida ovlash an’anaga aylangan bo‘lib, u «podshoxlar ovi» deb ham ataladi. O‘zbekistonda bir dona tuvaloqni ovlash uchun ruxsatnoma xorijliklarga 7 ming dollar evaziga beriladi.
Yil boshidan beri 65 kishi suvga cho‘kib, halok bo‘ldi, shuning yarmini voyaga yetmaganlar tashkil etmoqda. Qolaversa, 12 kishi suzish vaqtida, 26 kishi esa ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kkan. FVV vakili «Gazeta.uz» ga cho‘kish holatlari, sabablari va cho‘kayotganlarni qanday qutqarish zarurligi haqida so‘zlab berdi (video).
Kriptovalyutalar kurslari keskin pasaya boshlagach, “kriptovalyutalar davrining tugagani”, ularning qaytib tiklana olmasligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo rostan ham shundaymi? “Gazeta.uz” ushbu maqolada kriptovalyutalar istiqbolini ko‘rib chiqadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting