2018-yili Janubiy Koreya universitetlaridan biriga o‘qishga kirgan Shahnoza Burhonova Ulsandagi uch yillik tahsil davomida sayohat qilish bilan birga o‘zi uchun koreys madaniyatini ham kashf etdi. “Xorij diplomi” loyihasida u Janubiy Koreyadagi hayoti va ushbu mamlakat ta’lim tizimi haqida hikoya qildi.
Sanksiyalar bo‘yicha YeI maxsus vakili Devid OʼSallivan “Gazeta.uz” bilan suhbatda O‘zbekiston sanksiya ostidagi Yevropa mahsulotlarining Rossiyaga reeksport qilinishiga qarshi qanday kurashayotgani haqida so‘z yuritdi. “O‘zbekistonning an’anaviy savdo yo‘llarini buzish istagida emasmiz”, — dedi u.
Poytaxt hokimligi 2022-yili Istirohat ko‘chasidagi xiyobonda obodonlashtirish ishlarini boshlagandi. Yetti oyda yashil hududning yarmida bolalar va sport maydonchalari, piyodalar yo‘lkalari va chiroqlar paydo bo‘ldi. Biroq ko‘chaning qolgan qismi chiqindi omboriga aylandi. Aholi ishni oxiriga yetkazishni so‘ramoqda.
Toshkent transport tizimini rivojlantirish loyiha byurosi Beshqayrag‘och, Ko‘kcha Darvoza va Qoratosh ko‘chalaridagi transport muammolariga yechim taklif qildi. Maqsad — nizoli vaziyatlarni kamaytirish, piyodalar xavfsizligini oshirish va jamoat transportiga ustuvorlik berish. Loyiha tafsilotlari — “Gazeta.uz"da.
Noyabr — diabet haqida xabardorlikni oshirish oyidir. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ushbu kasallik, xususan, yosh bolalarda qanday paydo bo‘lishi, o‘zbekistonlik bemorlarga qanday g‘amxo‘rlik qilinayotgani va ularni yana qanday muammolar qiynayotganini qisqacha o‘rgandi.
Poytaxtdagi 10 ta maktabning o‘quvchilari shaharni ko‘kalamzorlashtirish loyihasida ishtirok etib, urug‘dan daraxt yetishtirishni o‘rganmoqda. Loyiha yakunida mamlakatdagi barcha maktablar uchun qo‘llanma ishlab chiqiladi. “Gazeta.uz” loyiha va uning shaharlarni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi.
O‘zbekistonda eng katta hisoblangan “Kattaqo‘rg‘on” poligonida 17-noyabrda Mi-8 vertolyoti quladi, uning butun ekipaji halok bo‘lgan. Bu oxirgi 20 yilda O‘zbekistonda harbiylar jabrlangan yagona aviahalokat emas. “Gazeta.uz” O‘rtachirchiq, Farg‘ona va Sherobodda yuz bergan baxtsiz hodisalarni yodga oladi.
O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlagan YUNISEF rahbari Munir Mamedzade ijtimoiy faoliyatning ahamiyati va nima uchun ijtimoiy himoya sohasidan tezkor natijalarni talab qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u bolalarning bilim olish qobiliyati ular uchun mos muhit yaratishga bog‘liqligini ta’kidladi.
Roppa-rosa 14 yil avval Toshkentning Amir Temur xiyobonida daraxtlarni kesish boshlangan edi. “Gazeta.uz” guvohlar bilan “skver qirg‘ini” haqida gaplashdi va rasmiylar buni qanday izohlaganiga doir OAVdagi chiqishlar arxivini o‘rgandi.
Botanika bog‘lari katta, ko‘p va moliyaviy baquvvat bo‘lishi, ularni nafaqat davlat, balki homiylar ham qo‘llashi kerak. Ayni vaqtda, ular velosiped uchiladigan park emas, balki shaharliklarni tabiatga yaqinlashtiruvchi yashil maktabdir, deb hisoblaydi xorijdagi tabiatsevar o‘zbekistonliklar.
Qachonlardir dunyodagi eng yaxshi bog‘lardan biri bo‘lgan Toshkent botanika bog‘i bugun muntazam “obodonlashtirish” va ommaviy tadbirlar hujumiga uchramoqda. “Gazeta.uz” bog‘ning sobiq dendrologi va jonkuyar bog‘bon bilan botanika bog‘larining maqsadi, ijtimoiy ahamiyati va ularni moliyalashtirish haqida suhbatlashdi.
Iqtisodchi Sergey Guriyevning ta’kidlashicha, senzura sharoitida o‘tkazilgan ijtimoiy fikr so‘rovnomalari asosidagi xulosa chalg‘ituvchi bo‘ladi. U bunga misol sifatida sovet davrini ko‘rsatadi: o‘sha vaqtda hamma og‘izda kompartiyani qo‘llagan, lekin ittifoq parchalaganida uning himoyasi uchun hech kim ko‘chaga chiqmagan.
O‘zbekistonliklar endi telefon raqamini saqlab qolgan holda mobil operatorni o‘zgartira oladi. Xo‘sh, ushbu xizmatga qancha vaqt va pul ketadi? Raqam hisobidagi ortiqcha pul ham o‘tadimi? Raqamga ulangan plastik karta va ilovalar nima bo‘ladi? Mazkur savollarga javoblar — “Gazeta.uz” qo‘llanmasida.
O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda bolalar kitoblari bozorida taklif ko‘paymoqda. Yozuvchi Dinara Mo‘minovaning fikricha, bunday sharoitda farzandiga kitob izlayotgan ota-onalar uchun mayoq vazifasini o‘tovchi kitob tanlovlari va tavsiyaviy ro‘yxatlari zarur. Tanlovlar bolalar adabiyotini yanada jonlantirishi mumkin.
Rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev o‘zining “Manipulyativ diktatorlar” kitobi haqida o‘zbekistonlik hamkasbi Behzod Hoshimovga intervyu berdi. Suhbatda, jumladan, yangi zamon diktatorlarining sahnaga chiqishi, avvalgi diktatorlardan farqi hamda ular G‘arbga, G‘arb ularga intilishining sabablari ko‘rib chiqildi.
Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.
Zo‘ravon ota-onadan farzandini olib qo‘yish, bolaga himoya orderi berish va individual himoya rejasini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida zo‘rlik qilish va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik — O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash uchun qanday choralar ko‘rish taklif etilyapti? “Gazeta.uz” sharhi.
“O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati” uch yildan ortiq vaqtdan beri NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olib kelmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov 12 ta javob xatini o‘rganib chiqib, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hali ham tizimli ekanini ta’kidladi.
“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolasi boshqalar tomonidan bir necha bor o‘zlashtirilib, ular nomidan hatto ilmiy nashrlarda ham e’lon qilingan professor Mavluda Abbosova-Yusupovaning yozishicha, jazosizlik sabab “gullab-yashnayotgan” plagiat O‘zbekiston ilm-fani nufuziga katta ziyon yetkazmoqda.
Green Card dasturi uchun onlayn anketani qanday to‘ldirish mumkin? Fotosuratlar bo‘yicha qanaqa talablar mavjud? Natijalarni-chi, qayerda va qanday tekshirsa bo‘ladi? “Gazeta.uz” mustaqil ravishda bepul ariza topshirish va uning natijasini tekshirish bo‘yicha qadam-baqadam qo‘llanmani taqdim etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting