Uch qahramon bozoridagi 100 ga yaqin mulkdolardan 2009 yilda sotib olgan do‘konlari tushuntirishlarsiz olib qo‘yilayotgani aytilmoqda. Tadbirkorlar buni «reyderlik yo‘li bilan tortib olish» deb baholamoqda. «Gazeta.uz» muxbiri bozor ma’muriyati va yerning asl egasi hisoblangan qo‘shma korxona mutasaddisi bilan ham suhbatlashdi — tomonlar fikri.
Qariyb o‘n yildan beri biz xorijiy tillarni ona tili darajasida o‘rganishga harakat qilmoqdamiz, ammo natijalar hali-hanuz maqtangulik emas. 2012 yildan beri xorijiy tillarni o‘qitish sifati yaxshilandimi, sertifikat «qamchisi» va ustama «asali» siyosati kutilgan natijalarni berdimi — kolumnist Komil Jalilov bu savollarni tahlil qilishga urindi.
O‘zbekistonning eng yosh rektorlaridan biri, Davlat konservatoriyasi rahbari Kamoliddin Urinbayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotganligi, unga bo‘lgan bosimlar va nega ta’lim sohasida puxta o‘ylanmagan islohotlarning oldini olish kerakligi to‘g‘risida gapirib berdi.
Adliya vazirligi «Bir qadam oldingami? O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishini qanday baholash mumkin» maqolasiga o‘z izohlarini e’lon qildi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi Navoiy, Nukus va Shota Rustaveli ko‘chalarida 300 ga yaqin bino fasadlarini ta’mirlamoqda. «Gazeta.uz» loyiha tafsilotlarini va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi fikrini o‘rgandi.
Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifida Andijon viloyatidan noyabr oyida davolanish uchun kelgan 11-sinf o‘quvchisi Roziya Bozorboyeva bilan uchrashdi. Prezident Roziyaning Andijon tibbiyot institutiga kirish orzusiga javoban “Andijon tibbiyot institutiga bugun kirdi!” deya ta’kidladi.
Skulushuting — bu biror shaxs tomonidan maktabdagi o‘quvchi va xodimlarga qurolli hujum uyushtirish. Tadqiqotlarga ko‘ra, bunday jinoyatchilar o‘quv muassasasida o‘q otishdan ma’lum bir maqsadni ko‘zlamaydi, hujumchi tartibsiz otishma yoki hujum paytida iloji boricha ko‘proq odamni o‘ldirishni ko‘zlaydi. Dunyoning bir qancha maktablarida bunday mudhish hodisalar ro‘y bergan. Ulardan eng yirik 7 ta voqea tafsilotlari.
«Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni — Germaniyada faoliyat yuritayotgan investitsion bankir Dilshod Davronov. Biz undan nega O‘zbekistondagi magistraturani tashlab, xorijga o‘qish uchun ketgani, yetakchi oliygohlarda tahsil olishning afzalliklari, xorijdagi qiyinchiliklar va O‘zbekistondagi yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.
Nima uchun bozorda bir nechta raqobatchi tadbirkorlar bo‘lishiga qaramay, narxlar hamon o‘sishda davom etmoqda? Bu faqat tabiiy iqtisodiy omillar bilan bog‘liqmi yoki buning sun’iy sabablari ham bormi? Toshkent davlat yuridik universiteti «Biznes huquqi» kafedrasi mudiri Xusain Radjapov muammoga aniqlik kiritadi.
Yanvar oyidan boshlab yo‘l harakati qoidalari buzilganligi haqidagi videolarni istalgan videoyozuv moslamasidan, shu jumladan smartfonlarda yozib olib, yuborish mumkin. dyhxx.ejarima.uz saytida arizani qanday rasmiylashtirish mumkinligini batafsil tushuntiramiz. Mukofotni xayriya ishlari uchun yo‘naltirish mumkin.
«Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar o‘ntaligida 8-o‘rinni egalladi. Ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning davlat byudjetidan pul olishi so‘raldi. Klub bergan bayonotda buni rad etib, «SFI Management Group» tomonidan moliylashtirilishini qayd etdi. 30 apreldagi hukumat qaroriga asosan jamoaning ulushlari to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli. Bu haqida batafsil Og‘abek Samisov maqolasida.
Adliya vazirligi va tizim hosil qiluvchi NNT vakillari fuqarolik jamiyatining rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida gapirishmoqda. Ammo haqiqatan ham hammasi yaxshimi va ularning faoliyatini tartibga solishda sifatli o‘zgarishlar bormi? Kolumnist Dilmurod Yusupov ushbu masalani yoritishda davom etadi.
Bu ayollardan har biri 100 yoshdan oshgan. Ular O‘zSSR tashkil topishidan oldin tug‘ilgan, urush, ocharchilik va “qayta qurish” davrini boshidan kechirgan. “Gazeta.uz” ulardan nima haqida afsuslanishi va orzulari, 100 yoshgacha yashash qanday bo‘lishi haqida so‘radi.
Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta davlat korxonalari reytingiga kirdi. Klub o‘tgan yilda 82,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Twitter tarmog‘ida ushbu holat yuzasidan turli xil fikrlar bildirildi. «Paxtakor» futbol klubi oxirgi yillarda davlat byudjetidan mablag‘ olmaganligini ta’kidladi.
Chorshanba kuni Ombudsman huzuridagi ekspert guruhi Toshkent viloyatidagi 22-sonli jazoni jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi. Inson huquqlari himoyachisi Abdurahmon Tashanov sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov qamoqxonada tikuv sexida ishlayotgani, DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev esa chinni idishlarga naqsh solayotganini ma’lum qildi. Tashanov shuningdek sobiq MXX polkovnigi Javdat Sharifxo‘jayev ham bilan ko‘rishgan.
«Bizning maqsadimiz iste’molchiga elektr energiyasini sotib, foyda qilish», — deydi Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi direktori Ravshan Mirsalixov «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda. U ASKUE hisoblagichi atrofidagi salbiy fikr-mulohazalarga ham to‘xtalib o‘tdi. Qolaversa, yaqin orada elektr energiyasi narxi oshishi va aholi to‘liq tizimga ulangach alohida tariflar joriy etilishi mumkinligi, hududlarda nega ikki xil hisoblagich o‘rnatilayotgani va boshqa savollarga javob berdi.
Doping olamshumul g‘alabalarga olib kelishiga qaramasdan, chempionlarni uzoq muddatga, ba’zi hollarda butun umrga sportda ishtirok etishdan mahrum qilishi mumkin. Jahon sportida doping sababli umrbod diskvalifikatsiya qilingan eng mashhur sportchilar va o‘zbek sportchilari orasida taqiqlangan moddalarning aniqlanishi haqida qisqacha ma’lumotlar.
Fevral oyida Toshkent hokimiyati «Xalq nazorati» xizmatini ishga tushirdi. Shahar ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, loyiha o‘z samarasini ko‘rsatishga ulgurdi. Shunga qaramay, fuqarolarning muammolarini hal qilishda qiyinchiliklar ham mavjud. Loyiha rahbari Oybek Niyozov platformaning vazifalari, kamchiliklari va kelajakdagi rejalar haqida gapirib berdi.
Roppa-rosa besh yil oldin toshkentliklar tramvaydan — shaharning 115 yillik tarixining bir qismidan mahrum bo‘lishdi. Tramvayni Samarqandga ko‘chirib o‘tishdi, ammo uning qo‘riqchilari poytaxtda qolishdi. Abdimurat Shatursunov hayotining 30 yilini yengil temir yo‘l transportiga bag‘ishladi. U vagonda rafiqasini uchratdi, farzandining dunyoga kelishini nishonladi va tramvayning g‘ildiraklari ovozi ostida nafaqaga chiqishni xohlardi. Ammo g‘ildiraklar vaqtliroq to‘xtashdi. Shatursunov Toshkent tramvayini qay holatida eslaydi va nima uchun hali-hanuz jamoat transportiga xizmat ko‘rsatishda davom etyapti — Sabina Bakayeva reportajida.
Davlat tili to‘g‘risidagi bahs va munozaralarda turli xil xorijiy mamlakatlarning bu boradagi qonunchiligi va talablari misol qilib keltirilmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov ushbu davlatlar tajribasini fact-checking asosida tahlil qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting