O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan dunyoning turli shaharlarida yashayotgan bir qator o‘zbekistonliklarning Vatan bayrog‘i bilan tushgan suratlari hamda ularning tilaklarini jamladi.
“Gazeta.uz” YouTube’da o‘zbekistonliklar tayyorlagan kontent sarhisobini yuritishda davom etadi. Oktabrda piyoda sayohatchilar va sport sharhlovchilari trendda bo‘ldi, ayrim blogerlar YouTube’da qancha pul topishini aytib berdi. Nobel sovrindori O‘zbekistonga, O‘zbekiston energetika vaziri esa “Lolazor”ga keldi.
Toshkent Fotosuratlar uyida Qirg‘izistonda bo‘lgan an’anaviy “Sharqning quyoshli ranglari” xalqaro pleneri qatnashchilari Jahongir Abdullayev, Temur Lashyonov, Zuhriddin Qiyomov va Bobur Vahobjonovning umumiy ko‘rgazmasi uyushtirildi. Namoyishga qo‘yilgan rasmlardan parchalar — “Gazeta.uz” reportajida.
Kuz — ijod fasli. Uning rango-rangligi kishilarni beixtiyor suratchiga aylantiradi. Biz quyidagi fotojamlanmada AQSh, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Kanada va Slovakiya kabi mamlakatlarda kuz qanday o‘tayotganini ko‘rsatishga harakat qildik.
Toshkentning zaxlagan uylari issiqlik berilishini kutayotgan bir paytda, tashqarida yoqimli kuz havosi hukmron. Daraxtlar sarg‘ish- qizg‘ish kuzgi liboslarini kiygan, hammayoq xazon. Lekin ko‘z quvnaydi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin 2024-yil kuzining shunday manzaralaridan bir to‘plam tayyorladi.
Qarshining “Nasaf” klubi futbol bo‘yicha 2024-yilgi O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Jamoa ushbu muvaffaqiyatni Superliga bahslari yakuniga yetishiga uch tur qolganida, 1-noyabr kuni safarda “Lokomotiv"ni mag‘lub etib, rasmiylashtirdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf mazkur o‘yin lahzalarini fotosuratlarga muhrladi.
Deputatlikka saylovlarda soat 17:00 gacha 14 milliondan ortiq fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Ular orasida to‘yi saylov kuniga to‘g‘ri kelgan kelin-kuyovlar, yoshi 100 dan oshgan otaxonu onaxonlar ham bor. “Gazeta.uz” ularning ayrimlarini imkon qadar bir sahifaga jamladi.
Qator mamlakatlarda O‘zbekistondagi deputatlar saylovi bo‘yicha ovoz berish allaqachon yakunlandi. AQShda esa u endigina boshlandi. Xorijiy saylov uchastkalarida saylov qanday o‘tmoqda? Bu bilan O‘zbekistonning Yevropa, Osiyo va AQShdagi elchixonalari tomonidan “Gazeta.uz”ga taqdim etilgan suratlarda tanishing.
Anqaradagi o‘zbekistonliklar Turkiyadagi elchixonada deputatlar saylovi uchun ovoz bermoqda. Bunda 1040 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Kelganlar osh va somsa bilan mehmon qilindi. So‘ng ular qo‘lda bayroq bilan vatan haqida qo‘shiq kuylab, raqsga ham tushdi. “Gazeta.uz” jarayondan reportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda ovoz berish uchastkalari ochilganidan besh soat o‘tar-o‘tmas parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb topildi. Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi. “Gazeta.uz” muxbirlar kun davomida Toshkentdagi turli saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni kuzatib bormoqda.
O‘zbekiston deputatlari saylovi mamlakatning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ham boshlandi. An’anaga ko‘ra, Moskvadagi elchixona oldida katta navbat paydo bo‘ldi. “Gazeta.uz” Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi saylovlardan olingan fotosuratlar va videolarni taqdim etadi.
Ertalab soat 8:00 dan O‘zbekistonda deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari gavjum. Ular ochilishidan oldin saylov komissiyalari a’zolari qutilarni muhrlab, byulletenlarni tayyorlab, elektron ovoz berish tizimini ishga tushirdi, madhiya yangradi. “Gazeta.uz” muxbirlarining fotoreportajlari.
Yakshanba kuni Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tadi. Partiyalar ko‘chalarda tashqi reklamalardan foydalanib, fuqarolarni o‘zlari uchun ovoz berishga turlicha targ‘ib qilmoqda. Gazeta.uz fotomuxbirlari siyosiy voqea arafasida poytaxt qanday ko‘rinishga kelganini suratga oldi.
Toshkent Fotosuratlar uyida Yevrosiyo fotorassomlarining xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir to‘qqizinchi bor tashkil etilgan “San'at va dunyo” Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida uyushtirildi. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotolavhalar taqdim etadi.
10−15-oktabr kunlari Shahrisabz va Xiva shaharlarida havo sharlari festivali o‘tkazildi. “Musaffo osmon” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda jami 20 ta havo shari uchirildi. Ular 500 metrdan 900 metrgacha bo‘lgan balandlikka ko‘tarildi. Festivalda chet eldan kelgan aeronavt sportchilar ham qatnashdi. Foto.
Seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda BAAni kichik hisobda mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Murod Yusuf o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.
Payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda Eron bilan durang o‘ynadi. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi.
“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Parij yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan “Ko‘rinmas medal” nomli ilk hujjatli filmini tayyorlamoqda. Filmni premeradan so‘ng nashr sahifalarida tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
Braziliya futzalchilari 6-oktabr oqshomida “Humo Arena”da qit’adoshlari Argentina 2:1 hisobida yengib, 2024-yilgi mundial g‘olibiga va olti karra jahon chempioniga aylandi. O‘zbekiston mezbonlik qilgan musobaqaning eng so‘nggi bahsidan “Gazeta.uz” fotomuxbiri Murod Yusuf reportaj tayyorladi.
O‘zbekiston mezbonlik qilgan 2024-yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning bronza medallari uchun bahsda Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf ushbu uchrashuvdan fotoreportaj tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting