Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi
1 mart 2022, 19:43

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlik qilishni to‘xtatdi

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni «adolat tiklanmaguncha» to‘xtatib turishga qaror qildi. YeI hujjatida uning Qrim anneksiyasi va Ukrainadagi beqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlagani aytildi. Tadbirkor o‘z sha’ni va obro‘sini himoya qilishini bildirdi.

«Qizlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayapti». Shavkat Mirziyoyev ayrim seriallarni tanqid qildi
1 mart 2022, 19:40

«Qizlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayapti». Shavkat Mirziyoyev ayrim seriallarni tanqid qildi

Prezident telekanallarda efirga uzatilayotgan ayrim seriallarni tanqid qilib, xotin-qizlar obrazi salbiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotgani dunyoqarashi hali shakllanmagan qizlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga ibratli xotin-qizlar obrazlari aks ettirilgan kino va sahna asarlari yaratishni buyurdi. Buning uchun ijodkorlarga grantlar ajratish zarurligi aytildi.

Markaziy bank Rossiyadan pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
1 mart 2022, 19:13

Markaziy bank Rossiyadan pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

O‘zbekistondagi bir qator banklar Rossiyadan pul o‘tkazmalari tizimi faoliyatida uzilishlarga duch keldi. Markaziy bank tijorat banklar ularning uzluksiz ishlashi uchun chora-tadbirlar ko‘rayotgani, muqobil xizmatlar mavjudligini ma’lum qildi.

Yangi o‘quv yilidan 23 ming magistr qizning kontrakt pullari budjetdan to‘lab beriladi
1 mart 2022, 19:02

Yangi o‘quv yilidan 23 ming magistr qizning kontrakt pullari budjetdan to‘lab beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv yilidan magistraturada o‘qiyotgan 23 ming nafar qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplanishini ma’lum qildi. Buning uchun 200 mlrd so‘m ajratiladi. Har yili aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishlarida xotin-qizlar uchun kvotaning kamida 50 foizi maqsadli ajratiladi. To‘qimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi.

O‘zbekistondagi barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinadi
1 mart 2022, 18:21

O‘zbekistondagi barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinadi

Prezident O‘zbekistondagi 9309 ta mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilinishi, ular ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishiga javob berishini ma’lum qildi. Davlat rahbari shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha farmonni imzolagani, qo‘mitaning hududiy rahbarlari hokimga o‘rinbosar bo‘lishini aytdi.

Endi davlat homiladorlik nafaqasini xususiy sektorda ishlayotganlarga ham to‘lab beradi
1 mart 2022, 18:01 3

Endi davlat homiladorlik nafaqasini xususiy sektorda ishlayotganlarga ham to‘lab beradi

Shavkat Mirziyoyev videoselektorda homiladorlik nafaqasini to‘lamaslik uchun tadbirkorlar ayollarni ishga olmasligini tanqil qildi. Ta’kidlanishicha, 1 sentabrdan xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham homiladorlik nafaqasi davlat tomonidan kafolatli to‘lab beriladigan tizim yaratiladi. Endi ularga 4 oyga 2 mln so‘m miqdorida bir martalik nafaqa beriladi.

Fevral oyida iste’mol sektorida inflyatsiya 0,5 foizga teng bo‘ldi
1 mart 2022, 17:54

Fevral oyida iste’mol sektorida inflyatsiya 0,5 foizga teng bo‘ldi

2022 yilning fevral oyida iste’mol sektoridagi inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,51 foizni, yillik nisbatda esa 9,69 foizni tashkil qildi. Oy davomida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, ularning narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi. Yillik hisobda esa ushbu mahsulotlar 13,1 foizga qimmatlashgan.

Rublning rasmiy kursi ko‘tarildi
1 mart 2022, 17:48

Rublning rasmiy kursi ko‘tarildi

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,51 so‘mga ko‘tarilib, 115,11 so‘mni tashkil etdi. Dollar kursi pasaydi, yevro kursi esa ko‘tarildi.

Moliya vazirligi o‘quv markazi o‘tkazgan qariyb 700 mln so‘mlik tenderda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashdi
1 mart 2022, 17:42

Moliya vazirligi o‘quv markazi o‘tkazgan qariyb 700 mln so‘mlik tenderda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashdi

Moliya vazirligi qoshidagi o‘quv markazi «Moliyachi ma’lumotnomasi» byulletenini chop etish uchun qariyb 700 mln so‘mlik tender e’lon qildi. Unda aka-ukaga tegishli ikkita firma qatnashgan, xolos. Moliya vazirligi «Gazeta.uz» taqdim etgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, ular tasdig‘ini topgan taqdirda, tender bekor qilinishini bildirdi.

Evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning uchinchi reysi Katovitsedan uchib ketdi
1 mart 2022, 17:18

Evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning uchinchi reysi Katovitsedan uchib ketdi

Ukrainadan evakuatsiya qilingan 253 nafar o‘zbekistonlik chiqqan uchinchi maxsus reys Polshaning Katovitse shahridan Toshkentga qarab uchib ketdi. Bort taxminan 20:45 da qo‘nishi kutilmoqda.

Zelenskiy Rossiyani terrorchi-davlat deb atadi
1 mart 2022, 17:11

Zelenskiy Rossiyani terrorchi-davlat deb atadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi video murojaati davomida Xarkovga amalga oshirilgan raketa zarbasi haqida gapirdi. U ushbu holatni «niqoblanmagan terror» deb baholab, Rossiyaning o‘zini — terrorchi-davlat deb atadi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning «C5+1» shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
1 mart 2022, 16:02

Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning «C5+1» shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQShning «C5+1» shaklidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda iqtisodiyot, xavfsizlik, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan amaliy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.

Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘ldi
1 mart 2022, 15:00

Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘ldi

Prezident farmoni bilan favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga Abdulla Qo‘ldoshev tayinlandi. U mahalla vaziri lavozimiga o‘tgan Tursinxan Xudaybergenov o‘rnini egallaydi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi, Zulayho Mahkamova unga rahbarlik qiladi
1 mart 2022, 14:47

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi, Zulayho Mahkamova unga rahbarlik qiladi

O‘zbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan Zulayho Mahkamova qo‘mita rahbari va bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U oldinroq To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Tursinxan Xudaybergenov mahalla vaziri lavozimiga tayinlandi
1 mart 2022, 14:38

Tursinxan Xudaybergenov mahalla vaziri lavozimiga tayinlandi

Tursinxan Xudaybergenov mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U 2018 yilning aprelidan beri FVVga rahbarlik qilib kelayotgandi. Qolaversa, Tursinxan Xudaybergenov prezident maslahatchisi lavozimini ham saqlab qoldi.

Rossiya sanksiyalarga qarshi kurashish uchun maxsus choralarni joriy qildi
1 mart 2022, 14:07

Rossiya sanksiyalarga qarshi kurashish uchun maxsus choralarni joriy qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanksiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, rezidentlar endilikda xorijda ochilgan hisob raqamlariga xorijiy valyutani kiritish, shuningdek, xorijiy elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda hisobvaraq ochmasdan mablag‘ o‘tkazish imkoniga ega emaslar.

Xarkovda Ozodlik maydoni va administratsiya binosi o‘qqa tutildi
1 mart 2022, 14:04

Xarkovda Ozodlik maydoni va administratsiya binosi o‘qqa tutildi

Xarkov shahri markazi — Ozodlik maydoni, viloyat administratsiyasi binosi, opera teatri, filarmoniya va turar-joy massivining bir qismi raketa zarbasiga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi jabrlangan.

Apelsin Rossiyadan pul o‘tkazmalari qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi
1 mart 2022, 12:52

Apelsin Rossiyadan pul o‘tkazmalari qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi

Apelsin raqamli banki xabariga ko‘ra, rublda pul mablag‘larini yuborish va qabul qilish yuqori volatillik sababiga ko‘ra vaqtincha cheklangan. VISA, Mastercard va Western Union pul o‘tkazmalari odatdagi tartibda ishlamoqda.

Rossiya 37 ta davlat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi
1 mart 2022, 12:50

Rossiya 37 ta davlat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi

Rossiya havo hududlarida RF havo kemalari parvozlarini cheklagan 37 ta davlat samolyotlari uchun o‘z osmonini yopdi.

Mart oyida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
1 mart 2022, 12:40

Mart oyida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Mart boshida havo iliq bo‘ladi, 5 mart kunidan esa ob-havo yomonlasha boshlaydi. Oy yakuniga qadar martga xos beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet bahorning ilk oyi qanday bo‘lishi, qaysi yillarda mart oyi eng issiq va eng sovuq bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting