Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Ukrainadagi voqealarga munosabat bildirib, Rossiya va Ukraina muzokaralar stolida o‘zaro til topishib olishi kerakligini aytdi. «Biz har ikkila davlatni ham muzokaralar stolida til topishishga chaqiramiz. Xayrli janjaldan ko‘ra zaif tinchlik yaxshiroq», — dedi u.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bortida Ukrainadan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan birinchi samolyoti 28 fevral kuni Toshkent shahriga kelib qo‘ndi. Samolyot Polshaning Katovitse shahridan 251 o‘zbekistonlikni olib keldi. «Gazeta.uz» muxbiri maxsus reys fuqarolari va uchib kelish zalida ularni kutib olayotgan insonlar bilan muloqot qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va UNICEF o‘rtasida 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” imzolandi. U to‘rtta asosiy yo‘nalishdan iborat vazifalarga jami 102,5 mln dollar ajratiladi. Hamkorlik doirasida perinatal markazlardagi tibbiyot xodimlarining malakasi oshiriladi, bolalar viruslarga qarshi emlanadi, shifoxonalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi, maktab o‘quvchilari salomatligi bilan bog‘liq milliy strategiya ishlab chiqiladi.
Dushanba kuni respublika bo‘yicha 96 kishida koronavirus aniqlandi. Kun davomida bir bemor vafot etdi, 12 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.
2021-yil davomida O‘zbekiston davlat qarzi 2,9 mlrd dollarga ko‘payib, 26,3 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 38 foizni tashkil etdi. Tashqi qarzning 25,2 foizi yoki 5,9 mlrd dollar davlat budjeti uchun jalb qilingan.
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar davomida tomonlar «qator ustuvor mavzularni aniqlab oldilar, ular bo‘yicha muayyan qarorlar aniqlab olindi», dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak. U muzokaralarni «og‘ir» deb atadi, ammo «ular qandaydir majburiy ultimatumlarsiz o‘tganini» ta’kidladi. Rossiya delegatsiyasi a’zosi Leonid Slutskiy esa «muzokaralarning asosiy natijasi, ushbu muzokaralar bo‘lib o‘tganida va tomonlar bir-birini eshita olganida», dedi.
Namangan viloyatida yerni rasmiylashtirib berish uchun 200 ming dollar so‘ragan davlat xizmatchisi qo‘lga olindi. Samarqand viloyatida Milliya gvardiya xodimi 6 gektar yerni 157 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganligi aniqlangan. DXX boshqa hududlarda ham noqonuniy yer sotilishi holatlarini aniqladi.
1 mart kuni ertalab Uzbekistan Airways`ning ikkinchi maxsus reysi Ukrainadan evakuatsiya qilingan 258 nafar O‘zbekiston fuqarosini Polshadan olib keldi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyalariga aloqador deya hisoblagan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov, boshqa eng boy rossiyaliklar va Rossiya kompaniyalari rahbarlariga sanksiyalar kiritdi.
28 fevral kuni soat 23:00da Toshkent aeroportiga Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarning birinchi reysi qo‘ndi.
FIFA va UEFA Rossiyadagi mahalliy klublar va mamlakat milliy terma jamoasini barcha musobaqalardan chetlatdi. Bu sanksiyalar Rossiya erkaklar terma jamoasi kelasi oy Jahon chempionati pley-off o‘yinlaridan va ayollar jamoasi bu yil yozgi Yevropa chempionatidan chetlatilganini nazarda tutadi. Shuningdek, «Spartak» klubi ham Yevropa ligasidan chetlatildi, UEFA esa Rossiyaning energetika giganti «Gazprom» homiyligidan voz kechdi.
Vladimir Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzolagani, Ukraina va Rossiya muzokaralari boshlangani, dunyodagi eng yirik samolyot Rossiya harbiylari tomonidan yo‘q qilingani, Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida sakkiz kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun arizani imzoladi. «Buning haqiqat ekaniga ishonchim komil», — dedi u.
Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun tashkil etilayotgan maxsus aviareyslar uchun chiptalar sotilayotganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Polshaning Katovitse shahridan maxsus reyslar O‘zbekiston hukumati tomonidan bepul tashkil etilayotgani aytildi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida turli davlatlar o‘z havo hududini Rossiya fuqaro aviatsiyasi uchun yopishni boshladi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqining barcha 27 ta a’zo-davlati rus samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopgan. Shuningdek, Kanada Yevropa hududidan tashqarida joylashgan davlatlar orasida parvozlarni cheklagan ilk mamlakat bo‘ldi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov elchixona mikroavtobusining old oyna va yon tomonni ko‘rsatuvchi oynalariga snaryad parchasi zarar yetkazganini ma’lum qildi. «Shrapnel tushgan deyishdi», — dedi u.
Uzbekistan Airways kompaniyasining Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar chiqqan maxsus borti Polshaning Katovitse shahridan Toshkentga qarab uchib ketdi. Bugun yana bitta maxsus reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan, ikkinchi bort allaqachon Toshkentdan uchib ketdi.
Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 21,46 so‘mga pasayib, 108,60 so‘mni tashkil qildi. Dollar va yevro kurslari esa ko‘tarildi. 2022 yilning ikki oyida rubl kursi so‘mga nisbatan 26,1 foizga arzonlashgan.
Ukrainaning aholi soni bo‘yicha ikkinchi yirik shahri Xarkov «Grad» zalp bilan o‘t ochish tizimlaridan o‘qqa tutildi. Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Geraenko o‘nlab qurbonlar va yuzlab jabrlanganlar borligi haqida bayonot bergan.
Hukumat qarori bilan 1-apreldan Toshkent shahrida, 1-iyuldan esa respublika bo‘ylab tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi. Uning o‘rniga, elektron tizim orqali tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi. O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting