O‘zbekistonda maktablar vaqtinchalik onlayn ta’limga o‘tkazilishi mumkin — vazirlik
17 yanvar 2023, 08:34

O‘zbekistonda maktablar vaqtinchalik onlayn ta’limga o‘tkazilishi mumkin — vazirlik

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi viloyat hokimliklari bilan ob-havo sharoiti yaxshilanmaguncha maktablarni onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda.

Bir qator hududlarda ta’til kunlari yana — 22 yanvargacha uzaytirildi
17 yanvar 2023, 08:18

Bir qator hududlarda ta’til kunlari yana — 22 yanvargacha uzaytirildi

Qator viloyatlar hokimliklari qishki ta’til muddati yana bir bor uzaytirilishi to‘g‘risida ma’lum qila boshladi. 18 yanvarda boshlanishi kerak bo‘lgan o‘qish 23 yanvarga ko‘chirildi.

Chirchiqliklar elektr yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishdi
17 yanvar 2023, 08:01

Chirchiqliklar elektr yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishdi

Chirchiqning «Humo» mahallasida yashovchi aholi elektr yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘yishdi. Shahar hokimi mahallaga keldi. U uzr so‘rab, iste’mol ortishi sababli avariyalar sodir bo‘layotganini aytdi. Mahallaga elektr berildi.

Qirg‘iziston mamlakatdan naqd valyuta olib chiqilishini chekladi
16 yanvar 2023, 21:53

Qirg‘iziston mamlakatdan naqd valyuta olib chiqilishini chekladi

Qirg‘iziston hukumati mamlakatdan naqd dollar olib chiqishni vaqtincha chekladi. Taqiq «moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, ichki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish, milliy manfaatlarni himoya qilish» maqsadida joriy etildi.

Afrosiyob poyezdining yana beshta reysi bekor qilindi
16 yanvar 2023, 21:44

Afrosiyob poyezdining yana beshta reysi bekor qilindi

Sovuq ob-havo tufayli 766/765-sonli «Toshkent — Buxoro — Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob tezyurar poyezdining 16, 17, 18, 19, 20 yanvardagi 5 ta reysi bekor qilindi.

Toshkentda gaz bosimi oshiriladi — «Hududgazta’minot»
16 yanvar 2023, 20:04 1

Toshkentda gaz bosimi oshiriladi — «Hududgazta’minot»

Toshkentda gaz quvurlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati oshirilishi va ob-havo sharoiti yaxshilanishi munosabati bilan gaz bosimi oshishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aholidan qozonxona va gaz plitalarini tekshirib turish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish so‘ralmoqda.

Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
16 yanvar 2023, 16:15

Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari bo‘ldi. O‘ktam Masharipov esa Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Termizdagi litsey qozonxonasi portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi jarohat oldi
16 yanvar 2023, 16:12

Termizdagi litsey qozonxonasi portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi jarohat oldi

TerDU akademik litseyi qozonxonasi portladi. 2 kishi halok bo‘lib, 1 kishi shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sirdaryodagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi
16 yanvar 2023, 15:45

Sirdaryodagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Xovos tumanida gaz portlashi tufayli 2 kishi vafot etdi, 1 kishi jarohat oldi. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlandi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistondan uchib ketishga uringanida to‘xtatib qolingani aytilmoqda
16 yanvar 2023, 15:31

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistondan uchib ketishga uringanida to‘xtatib qolingani aytilmoqda

Poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev oilasi bilan Turkiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda Toshkent aeroportida to‘xtatib qolingan bo‘lishi mumkin.

“Agrobank” maxsus aksiya g‘olibiga Volkswagen e-Bora elektromobilini topshirdi
16 yanvar 2023, 15:00

“Agrobank” maxsus aksiya g‘olibiga Volkswagen e-Bora elektromobilini topshirdi

“Agrobank” tomonidan xorijdan onlayn pul o‘tkazmalari xizmatlari foydalanuvchilari uchun e’lon qilingan maxsus aksiyaning g‘olibiga Volkswagen e-Bora elektromobili topshirildi.

Sovuq havo asta-sekin chekina boshlaydi — «O‘zgidromet»
16 yanvar 2023, 14:50

Sovuq havo asta-sekin chekina boshlaydi — «O‘zgidromet»

O‘tgan haftada O‘zbekistonda anomal sovuq ob-havoni belgilagan Qozog‘iston viloyatlari ustidagi sovuq antitsiklon zaiflasha boshladi. Hafta o‘rtalariga kelib kunduzi havo harorati −3…+2 darajagacha, kechasi −8…−13 darajagacha ko‘tariladi.

«Quruq gap va yolg‘on hisoboti uchun». Prezident — Jahongir Ortiqxo‘jayev nega ishdan bo‘shatilgani haqida
16 yanvar 2023, 12:56

«Quruq gap va yolg‘on hisoboti uchun». Prezident — Jahongir Ortiqxo‘jayev nega ishdan bo‘shatilgani haqida

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni lavozimidan ozod etganiga tushuntirish berdi. «Quruq gap, yolg‘on „svodka“ bilan pastga tushmagani uchun kechasi shtabda ishdan oldim», — dedi prezident.

O‘zbekistondagi mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlari tashkil etiladi
16 yanvar 2023, 12:50

O‘zbekistondagi mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlari tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev 16 yanvardagi yig‘ilishda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish topshirdi.

«Tizim ichidan yemirilgan». Prezident — energetika tizimidagi korrupsiyalar haqida
16 yanvar 2023, 11:44

«Tizim ichidan yemirilgan». Prezident — energetika tizimidagi korrupsiyalar haqida

O‘zbekistonda oxirgi oylarning o‘zida neftgaz va energiya nazorati tizimlarida 192 ta korrupsiya holatlari aniqlangani ham «tizim ichidan yemirilganidan» dalolat beradi, dedi prezident. DXX va Bosh prokuraturaga tizimdagi korrupsiya holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Prezident Singapurga tashrifi muddatini qisqartirdi
16 yanvar 2023, 11:12

Prezident Singapurga tashrifi muddatini qisqartirdi

Shavkat Mirziyoyev energetika va kommunal tizimlarda yuzaga kelgan ahvol sabab Singapurga tashrif davomiyligini 3 kundan 1 kunga qisqartirdi. Safar 16−18 yanvar kunlariga mo‘ljallangandi.

Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq hokimiga «hayfsan» berildi
16 yanvar 2023, 10:48

Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq hokimiga «hayfsan» berildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi selektorda Toshkent viloyati hokimi ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga «hayfsan» berildi. Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Mustafoyev, «Uztransgaz» rahbari Normatov va «O‘zbekneftgaz» rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etildi.

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatildi
16 yanvar 2023, 10:43

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatildi

Shavkat Mirziyoyev aholini energiya bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda. O‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Shu paytgacha birinchi o‘rinbosar bo‘lib kelgan Baxtiyor Rahmonov hokim v.b. etib tayinlandi.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
16 yanvar 2023, 10:02

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 16 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 375 so‘m.

Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechmoqda — SES
16 yanvar 2023, 09:57

Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechmoqda — SES

Anomal sovuq kunlarda o‘tkir respirator kasalliklar ko‘payishi mumkin. Koronavirus yengil va simptomlarsiz kechayotganini hisobga olib, SES fuqarolarni shamollash belgilari kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish, o‘zboshimchalik bilan dori ichmaslik, gumon bo‘lganda, koronavirusga test topshirishga chaqirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting