O‘zbekistonga 1,2 mln dozadan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelinmoqda
9 sentabr 2021, 19:46

O‘zbekistonga 1,2 mln dozadan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelinmoqda

O‘zbekistonga 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 ming dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda.

Avgust oyida yillik inflyatsiya darajasi 11,1 foizni tashkil etdi
9 sentabr 2021, 19:32

Avgust oyida yillik inflyatsiya darajasi 11,1 foizni tashkil etdi

Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyi yakunlari bo‘yicha yillik inflyatsiya uch-to‘rt oydan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolib 11,1 foiz darajasida shakllanmoqda. Shuningdek, banklararo pul bozoridagi depozitlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari aprel oyidagi 14,2 foizdan iyul oyida 8,7 foizgacha pasaydi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
9 sentabr 2021, 18:08

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,77 so‘mga pasayib, 10 668,09 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qo‘limizdan kelgan yordamni ayamaymiz — prezident
9 sentabr 2021, 18:05

Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qo‘limizdan kelgan yordamni ayamaymiz — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDePning saylovoldi s’ezdida «Afg‘oniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaslik» ni ta’kidladi. Prezident shuningdek, «Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va YeOII bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha qadamlar qo‘yilishini» ma’lum qildi.

Samarqandda qariyb 3 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlanishi aniqlandi
9 sentabr 2021, 16:35

Samarqandda qariyb 3 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlanishi aniqlandi

Samarqand viloyatida bir qator korxonalar gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi. O‘g‘irlikdan yetkazilgan zarar 2,8 mlrd so‘mga baholanmoqda.

O‘zbekiston Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori — Abdulaziz Kamilov
9 sentabr 2021, 15:43

O‘zbekiston Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori — Abdulaziz Kamilov

TIV rahbari Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Afg‘oniston bilan «do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish, betaraflik va qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori» ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb qilish mamlakat iqtisodiyotini tiklashga samarali imkoniyat yaratadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
9 sentabr 2021, 14:54

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

O‘zLiDePning navbatdagi s’ezdida partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida Shavkat Mirziyoyev tasdiqlandi. Nomzod oldingi prezident saylovida ilgari surilgan dasturdagi vazifalar ijrosiga to‘xtalib, o‘zining 2021 yil saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berdi.

«Saylash va tanlash huquqi — sizning qo‘lingizda» — Shavkat Mirziyoyev
9 sentabr 2021, 13:59

«Saylash va tanlash huquqi — sizning qo‘lingizda» — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlik saylovlaridagi O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni oktabrdagi saylovlarda faol ishtirok etishga chorladi. «Hech qachon unutmang, saylash va tanlash huquqi — Sizning qo‘lingizda. Kelajak uchun mas’uliyat esa barchamizning zimmamizda», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi xalqimiz — kechagi xalq emas
9 sentabr 2021, 13:39

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi xalqimiz — kechagi xalq emas

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi haqida gapira turib, o‘tgan yillar davomida nafaqat o‘zbek xalqi balki mamlakat ham tubdan o‘zgarganini ta’kidladi. «Bugungi xalqimiz — kechagi xalq emas. Bugungi O‘zbekiston ham, kechagi O‘zbekiston emas», — dedi u. Amalga oshirilayotgan ishlar vaqtida prezident o‘z xalqidan kuch olishini ma’lum qilib, ular oldida ta’zim qildi.

Shahar va tuman hokimligiga nomzodlarni partiyalar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi — prezident
9 sentabr 2021, 13:09

Shahar va tuman hokimligiga nomzodlarni partiyalar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzodlarni ko‘rsatish bo‘yicha yangi tartibni joriy qilishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, hududiy kengashda eng ko‘p deputatlik o‘rni olgan partiya guruhlari hokimlikka o‘z nomzodlarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.

«Qishloqlardagi maktablar ahvoli qanday ekanini bilaman». Shavkat Mirziyoyev ta’limda amalga oshiriladigan islohotlar haqida
9 sentabr 2021, 12:41

«Qishloqlardagi maktablar ahvoli qanday ekanini bilaman». Shavkat Mirziyoyev ta’limda amalga oshiriladigan islohotlar haqida

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha qurish orqali maktabgacha ta’limdagi qamrovni 80 foizga yetkazish, maktablarni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish, 1,2 mln o‘quvchi o‘rnini yaratish, qolaversa, oliy ta’lim qamrovini 50 foizga, xususiy oliygohlar sonini esa 50 taga yetkazish, 100 ming o‘rinli talabalar yotoqxonalarini barpo etish rejalari ma’lum qilindi.

Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
9 sentabr 2021, 12:39

Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi doirasida temir yo‘llarini elektrlashtirish darajasi amaldagi 40 foizdan 60 foizga oshirilishini ta’kidladi. Toshkent — Urganch yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi — prezident
9 sentabr 2021, 12:34

Daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi — prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinishi haqida ma’lum qildi. O‘zLiDeP nomzodi parklar va yashil zonalar hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan taqiqlanashini qayd etdi. Har yili kamida 200 mln tup daraxt ko‘chatlari ekilishi ta’kidlandi.

Kelgusi 5 yilda har bir xonadon yuqori tezlikdagi internetga ulanadi — prezident
9 sentabr 2021, 12:07

Kelgusi 5 yilda har bir xonadon yuqori tezlikdagi internetga ulanadi — prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 barobar, mehnat unumdorligi esa kamida 2 marta oshirilishini aytib o‘tdi. Xalqaro magistral internet tezligi 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi 8 barobarga oshirilishi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon SHHT sammiti doirasida alohida uchrashuv o‘tkazadi
9 sentabr 2021, 11:56

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon SHHT sammiti doirasida alohida uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammiti doirasida ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar.

Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
9 sentabr 2021, 11:54

Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tojik-o‘zbek investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi
9 sentabr 2021, 11:44

Tojik-o‘zbek investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi

Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi. Investitsion kompaniyaning maqsadi Tojikiston hududidagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish hisoblanadi. Kompaniyaning boshlang‘ich ustav kapitali 12 mln dollar bo‘ladi va bosqichma-bosqich 50 mlngacha yetkaziladi.

2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4 ming dollardan oshiriladi — Shavkat Mirziyoyev
9 sentabr 2021, 11:37

2030 yilga borib aholi jon boshiga daromad 4 ming dollardan oshiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 barobar oshirish vazifasi oldinda turganligini ta’kidladi. Shuningdek, prezident 2023 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 5 foizga tushirilishini aytib o‘tdi.

2023 yildan QQS 12 foizga tushiriladi — Shavkat Mirziyoyev
9 sentabr 2021, 11:36

2023 yildan QQS 12 foizga tushiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida 2026 yil oxirigacha kambag‘allikni 2 barobar qisqartirishini ta’kidladi. O‘zLiDeP nomzodi 2023 yildan QQS 12 foizga, mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%ga tushirilishini ham qayd etdi. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yana qator rejalar e’lon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi
9 sentabr 2021, 11:14

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi

O‘zLiDePning 10-s’ezdida partiya nomzodi, Shavkat Mirziyoyev prezidentlik davrida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod prezident farmoni va qarori qabul qilingani aytildi. «Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, aholining kundalik hayotida, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting