Eksportyor korxonalarga $5 mlngacha moliyaviy resurslar taqdim etiladi
8 sentabr 2021, 12:06

Eksportyor korxonalarga $5 mlngacha moliyaviy resurslar taqdim etiladi

1 oktabrdan boshlab eksport hajmi $20 mlndan oshgan korxonalarga eksport savdo operatsiyalari uchun $5 mlngacha bo‘lgan bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etiladi. 12 oy davomida 1 mln AQSh dollaridan ko‘p to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalar bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga kechiktirishi mumkin.

Ketma-ket oltinchi kun O‘zbekistonda koronavirusning kunlik holati 700 dan kam bo‘lmoqda
8 sentabr 2021, 11:32

Ketma-ket oltinchi kun O‘zbekistonda koronavirusning kunlik holati 700 dan kam bo‘lmoqda

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 660 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 7 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, seshanba kuni 138 kishida pnevmoniya qayd etildi, 4 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Belgilangan muddatda soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarima bekor qilinadi
8 sentabr 2021, 10:30

Belgilangan muddatda soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarima bekor qilinadi

2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi.

O‘zbekiston davlat qarzlari 24 mlrd dollardan oshdi
8 sentabr 2021, 09:37

O‘zbekiston davlat qarzlari 24 mlrd dollardan oshdi

Davlat qarzi ikkinchi chorakda 1 mlrd dollarga oshdi. 1 iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, birinchi yarim yillikda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1 mlrd dollardan oshgan.

Surxondaryoda suv quvurini yotqizish boshlandi. Bosh pudratchi — To’palang HPD Platinum
8 sentabr 2021, 09:24

Surxondaryoda suv quvurini yotqizish boshlandi. Bosh pudratchi — To’palang HPD Platinum

Surxondaryoda To‘palang suv omboridan 361 kilometrlik magistral suv quvurini yotqizish ishlari boshlandi. 138 mln dollarlik loyiha To’palang HPD Platinum tomonidan amalga oshirilmoqda. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘liga tegishli bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.

Polsha O‘zbekistonga 250 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi
8 sentabr 2021, 09:17

Polsha O‘zbekistonga 250 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi

Polsha «siyosiy aloqalar va insonparvarlik zaruratlari nuqtai nazaridan» O‘zbekistonga 250 ming doza COVID-19 vaksinasini yetkazib beradi.

O‘zbekiston elektron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi
7 sentabr 2021, 23:35

O‘zbekiston elektron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi

O‘zbekiston tizimda profilatika ishlari olib borilayotgani sababli eletkron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi.

«Tolibon» Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi
7 sentabr 2021, 22:55

«Tolibon» Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Hasan Oxund, harakat rahbariyati kengashi rahbari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga Abdul G‘ani Baradar tayinlandi.

7 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 sentabr 2021, 22:12

7 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“Adolat” partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda ayblashi, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining O‘zbekistondagi sinovlari natijasi e’lon qilinishi, O‘zbekiston aholisi 35 mlndan oshishi — “Gazeta.uz"ning 7 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 sentabr 2021, 21:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Salvadorda bitkoinning rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olingani, Tojikiston rahbarining harbiylarni jangovar tayyorgarlikni oshirishga chaqirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekistonda mamlakatdagi zaxiralardan 69 foiz ko‘proq suv iste’mol qilinmoqda
7 sentabr 2021, 21:07

O‘zbekistonda mamlakatdagi zaxiralardan 69 foiz ko‘proq suv iste’mol qilinmoqda

O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish darajasi tahlikali darajaga chiqdi — mamlakat o‘z suv zaxiralarining 169 foizidan foydalanmoqda, deya xabar qildi FAO.

UzAuto Motors yig‘imlar, aksiz va QQS bo‘yicha 177,6 million dollar miqdorida imtiyoz olgan
7 sentabr 2021, 20:44

UzAuto Motors yig‘imlar, aksiz va QQS bo‘yicha 177,6 million dollar miqdorida imtiyoz olgan

UzAuto Motors 2021 yilning olti oyida 1,9 trillion so‘mlik (177,6 million dollar) bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini oldi. Gap prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ta’minlangan bojxona boji, aksiz va QQS bo‘yicha imtiyozlar haqida ketmoqda.

Toshkentda Leningrad blokadasiga bag‘ishlangan yodgorlik yaratilishi mumkin
7 sentabr 2021, 18:16

Toshkentda Leningrad blokadasiga bag‘ishlangan yodgorlik yaratilishi mumkin

Toshkent va Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Leningrad blokadasi bilan bog‘liq monumentlar yaratilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi Sankt -Peterburg ma’muriyati.

Dollarning rasmiy kursi yana o‘sdi
7 sentabr 2021, 17:59

Dollarning rasmiy kursi yana o‘sdi

8 sentabrdan dollarning rasmiy kursi 10,16 so‘mga ko‘tarilib, 1 AQSh dollari 10 695,23 so‘mga etib belgilanadi. Shuningdek, yevro ham so‘mga nisbatan o‘sgan bo‘lsa, rublning rasmiy kursi 0,43 so‘mga arzonlashdi.

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi
7 sentabr 2021, 17:35

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya TIV rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Britaniya vaziri Dominik Raab o‘tgan hafta evakuatsiya bo‘yicha strategiya yo‘qligi uchun tanqid qilingandi, unga o‘rnak sifatida Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish vaqtida Toshkentga shaxsan tashrif buyurgan TIV rahbari ko‘rsatilgan edi.

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegarada o‘quv yig‘ini o‘tkazmoqda
7 sentabr 2021, 16:57

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegarada o‘quv yig‘ini o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Afg‘oniston bilan chegara hududda joylashgan «Termiz» dala o‘quv maydonida o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda.

«O‘zbekistonda diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» — Adliya vazirligi
7 sentabr 2021, 16:50

«O‘zbekistonda diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» — Adliya vazirligi

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, diniy mavzuda chiqishlar qiladigan ayrim shaxslar tomonidan ayollarning huquqlarini cheklash, hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlarga nisbatan nafrat uyg‘otish, dunyoviylik prinsipidagi qonunlarni shubha ostiga olish holatlari aniqlangan. «Insonlar xulq-atvoriga alohida shaxslarning axloqiy-diniy qarashlari bilan emas, balki amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan baho berilishi lozim», — deya ta’kidladi vazirlik.

Jahon parlamentlari ayol rahbarlari sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
7 sentabr 2021, 16:48

Jahon parlamentlari ayol rahbarlari sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Mazkur sammit O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyoda ilk marotaba o‘tkaziladi.

Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
7 sentabr 2021, 16:20

Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yaqin orada O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Uchrashuv doirasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston aholisi 35 mlndan oshdi
7 sentabr 2021, 15:56

O‘zbekiston aholisi 35 mlndan oshdi

sentabrning yettinchi kunida O‘zbekiston aholisining soni 35 mln nafardan oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi xabar berishicha, ularning 17,5 mln nafarini erkaklar, 17,4 mln nafarini ayollar tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting