Avtotransportlarning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi
2 noyabr 2024, 12:40

Avtotransportlarning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi

Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha o‘lchov vositalari bilan jihozlangan statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatilib, ularni ishlatishga xususiy sektor jalb qilinadi.

Andijonda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi
2 noyabr 2024, 10:24

Andijonda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda direktor o‘quvchilarni kaltakladi. IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: “dangasa” taomlar
2 noyabr 2024, 08:50

Nima tayyorlaymiz: “dangasa” taomlar

Dangasa “Napoleon”, lavashli tezpishar pitssa, “juda dangasa” do‘lmalar va “dangasa” taomlarning boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Salonni erkak va ayollar uchun ikkiga ajratgan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi
1 noyabr 2024, 19:58 1

Salonni erkak va ayollar uchun ikkiga ajratgan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi

Samarqandda avtobusga “Ayollar oldinda, erkaklar orqada” plakatini osib qo‘ygan avtobus haydovchisi intizomiy jazoga tortildi. Yo‘nalishga xizmat ko‘rsatuvchi korxona haydovchilari bilan bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida suhbat o‘tkazildi.

Turkiya “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda — Bloomberg
1 noyabr 2024, 19:45

Turkiya “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda — Bloomberg

Turkiya hukumati “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilmoqchi, uni buzganlik uchun yetti yilgacha qamoq jazosi nazarda tutiladi. Fuqarolik jamiyati, OAV va muxolifat qonunning o‘zgacha fikrlarni bostirish uchun foydalanilishidan xavotirda.

“Nasaf” birinchi marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
1 noyabr 2024, 19:14

“Nasaf” birinchi marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

“Nasaf” O‘zbekiston Superligasida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini safarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida musobaqa g‘olibligini rasmiylashtirdi. 2001-yildan beri birinchi marta poytaxtniki bo‘lmagan klub futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Partiya ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka saylangan barcha vazirlar deputatlik mandatidan voz kechdi
1 noyabr 2024, 19:14

Partiya ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka saylangan barcha vazirlar deputatlik mandatidan voz kechdi

Partiya ro‘yxati bo‘yicha deputatlikka saylangan bosh vazir o‘rinbosari, vazir yoki davlat organi rahbarlarining birortasi ham Qonunchilik palatasi deputati bo‘lish uchun o‘z lavozimini tark etmaydigan bo‘ldi.

Rossiyada migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga olmaslik taklif qilindi
1 noyabr 2024, 18:32

Rossiyada migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga olmaslik taklif qilindi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev migrantlarning rus tilini bilmaydigan bolalarini maktabga qabul qilmaslikka chaqirdi. Hozir bundan umumiy ta’lim darajasi aziyat chekmoqda, dedi u.

Oktabr oyida inflyatsiya kamida 14 yil ichida birinchi marta 1 foizdan past bo‘ldi
1 noyabr 2024, 18:31

Oktabr oyida inflyatsiya kamida 14 yil ichida birinchi marta 1 foizdan past bo‘ldi

Oktabrda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,84 foizni tashkil qildi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu oydagi inflyatsiya 2010-yildan beri hech qachon 1 foizdan pastga tushmagan. Yillik inflyatsiya 10,24 foizgacha pasaydi. Oy davomida go‘sht (1,2 foiz), pomidor (16,5), bodring (33,2) qimmatladi.

Boyovut hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi
1 noyabr 2024, 18:18

Boyovut hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova paxta “plan”ini bajarmagan fermerni haqoratladi. Yozib olingan audioga ko‘ra, Uralova IIBga hokimni qamab qo‘yishni buyurganini ham eshitish mumkin. Unga intizomiy jazo ko‘rish bo‘yicha viloyat hokimiga taqdimnoma kiritildi.

Samarqandda 41 yoshli erkak o‘zini yuk mashinasi ostiga tashlab, vafot etdi
1 noyabr 2024, 17:51

Samarqandda 41 yoshli erkak o‘zini yuk mashinasi ostiga tashlab, vafot etdi

Samarqandning Paxtachi tumanida ruhiy kasal erkak o‘zini yuk mashinasiga ostiga tashlab, joniga qasd qildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkin — MB
1 noyabr 2024, 17:42

Valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkin — MB

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator hisob-kitoblariga ko‘ra, valyuta kursi 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3−0,4 foiz punkti darajasida ta’sir qilishi mumkinligini aytdi. U, shuningdek, kelasi yil oltin narxi hozirgidan qisman pasayishi kutilayotganini ta’kidladi.

Kameradalarda qayd etilgan yo‘l qoidasi buzilgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak
1 noyabr 2024, 17:31

Kameradalarda qayd etilgan yo‘l qoidasi buzilgani videosi 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak

Foto va videokuzatuv vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlar 48 soat ichida YHXXga yuborilishi kerak, aks holda haydovchi javobgarlikka tortilmaydi. IIV ma’lumotlar bir necha kundan keyin, hatto bir necha oydan keyin ham kelishi mumkinligini ta’kidlagandi edi.

Samarqandda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlandi
1 noyabr 2024, 17:00

Samarqandda isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlandi

Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlandi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 150 kishidan oshdi
1 noyabr 2024, 16:34

Ispaniyada toshqin qurbonlari soni 150 kishidan oshdi

Ispaniya sharqida kuzatilgan suv toshqinlari qurbonlari soni 150 kishidan oshdi. Valensiyadagi kuchli yomg‘irlar avtomobillar, ko‘priklar, yo‘llar va temiryo‘llarni yuvib ketdi.

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi
1 noyabr 2024, 15:51

Dam olish kunlari havo iliq bo‘ladi

2−3-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq ob-havo kuzatiladi. Shanba kuni ba’zi hududlarda qisqa yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Yakshanba kuni harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi vafot etdi
1 noyabr 2024, 15:49

Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi vafot etdi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti kanalga tushib ketdi. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etdi.

O‘zbekiston orqali tamaki tranziti uchun talablar belgilandi
1 noyabr 2024, 15:09

O‘zbekiston orqali tamaki tranziti uchun talablar belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tamaki mahsulotlarining O‘zbekiston orqali tranzitini amalga oshirish uchun yangi talablar joriy etildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-noyabr)
1 noyabr 2024, 15:07

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (2−3-noyabr)

To‘qqizta kinopremera, Amerika sirki tomoshasi, ko‘rgazma va yarmarkalar, bolalar hamda kattalar uchun ijodiy mahorat darslari, shuningdek, kelayotgan dam olish kunlarida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlar.

Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 64 nafari qayta saylandi. Ro‘yxat
1 noyabr 2024, 14:57

Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 64 nafari qayta saylandi. Ro‘yxat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 64 nafari (42,7 foizi) quyi palataning beshinchi chaqirig‘iga qayta saylandi (avvalgi saylovda 27 foiz edi). Avvalgi chaqiriqda Senat a’zosi bo‘lganlar orasida parlament quyi palatasiga saylanganlar ham bor. “Gazeta.uz” to‘liq ro‘yxatni e’lon qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting