Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 900 so‘mdan oshdi
23 dekabr 2024, 19:53

Dollarning rasmiy kursi ilk bor 12 900 so‘mdan oshdi

Markaziy bankning bir AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 900 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 2023-yilning shu davridagi 10,2% ga nisbatan 4,56% qadrsizlandi.

O‘zbekiston JB ko‘magida Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiradi
23 dekabr 2024, 19:46

O‘zbekiston JB ko‘magida Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiradi

Jahon banki “Milliy elektr tarmoqlari” Xorazm viloyatidagi yangi quyosh elektr stansiyasidan elektr energiyasi xarid qilishi uchun O‘zbekistonga bank kafolati ko‘rinishida 3,5 mln dollar ajratdi. Uni Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quradi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda oltita mehmonxona va yirik klinika ochilishini ma’lum qildi
23 dekabr 2024, 19:28

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda oltita mehmonxona va yirik klinika ochilishini ma’lum qildi

Tadbirkor, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev prezident bilan uchrashuvda poytaxtda “yagona ekotizim doirasida” 1200 o‘rinli oltita yangi mehmonxona ochish rejalari haqida ma’lum qildi. Shuningdek, u Klivlenddagi Amerika tibbiyot markazi bilan birgalikda katta klinika qurishni rejalashtirgan.

Chery brendi O‘zbekiston bozorida o‘zining ikki yilligini nishonlab, Tiggo 2 Pro’ni taqdim etdi
23 dekabr 2024, 19:00

Chery brendi O‘zbekiston bozorida o‘zining ikki yilligini nishonlab, Tiggo 2 Pro’ni taqdim etdi

16-dekabr kuni O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi keng ko‘lamli dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, uning asosiy voqeasi yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi.

Prezident fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini “bulut”da saqlash taklifini o‘rganishni buyurdi
23 dekabr 2024, 18:56

Prezident fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini “bulut"da saqlash taklifini o‘rganishni buyurdi

Gruziyaning TBC Bank Group guruhi vakili Oliver Xyuz banklarga foydalanuvchi ma’lumotlarini “bulut"da saqlashga ruxsat berishni so‘radi. Prezident aqliy hujum o‘tkazish va takliflar kiritishni buyurdi. “Gap fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari haqida ketyapti… Bu yerda xato qilishga haqqimiz yo‘q”, — dedi u.

Telegram monetizatsiya joriy etilganidan beri ilk bor daromadga kirdi
23 dekabr 2024, 18:01

Telegram monetizatsiya joriy etilganidan beri ilk bor daromadga kirdi

Uch yillik monetizatsiya tarixida ilk marta Telegram daromadga chiqdi, deb xabar berdi uning asoschisi Pavel Durov. 2024-yilda Telegram Premium obunachilari soni 12 milliondan oshdi. Kompaniya “kriptoaktivlarni hisobga olmaganda, 500 mln dollardan ortiq naqd pul zaxiralari bilan yilni yakunlamoqda”.

Mudofaa vaziri O‘q otish sporti federatsiyasiga rais etib saylandi
23 dekabr 2024, 17:50

Mudofaa vaziri O‘q otish sporti federatsiyasiga rais etib saylandi

Mudofaa vaziri, general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.

KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq askarini yo‘qotdi — Janubiy Koreya
23 dekabr 2024, 17:40

KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq askarini yo‘qotdi — Janubiy Koreya

Janubiy Koreya Rossiyaning Kursk shahrida o‘tgan janglarda kamida 100 nafar Shimoliy Koreya askari halok bo‘lgani, 1000 dan ortiq askar yaralanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Pxenyan qo‘shimcha kuchlar yuborishga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin. KXDR Rossiya-Ukraina urushiga 10−12 ming nafar harbiy yuborgani aytiladi.

Turk OAV Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza bergani haqida yozdi, Kreml buni rad etmoqda
23 dekabr 2024, 17:02

Turk OAV Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza bergani haqida yozdi, Kreml buni rad etmoqda

Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun ariza berdi, u sog‘lig‘idagi muammolar sababli Moskvadan o‘zi tug‘ilgan Londonga ketmoqchi, deb yozdi Haberturk nashri. Rossiya prezidenti matbuot kotibi esa bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytmoqda.

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish arzonlashdi, moped va skuterlar uchun stavka belgilandi
23 dekabr 2024, 16:46

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish arzonlashdi, moped va skuterlar uchun stavka belgilandi

O‘zbekistonda gibrid avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, mototsikl va tirkamalar uchun raqam belgilarini berish uchun to‘lovlar kamaytiriladi. Moped va skuterlarni ro‘yxatdan o‘tkazish narxi BHMning 1,5 baravarini, raqam berish ham 1,5 baravarni tashkil etadi.

Hafta davomida harorat +10 darajagacha isiydi
23 dekabr 2024, 16:05

Hafta davomida harorat +10 darajagacha isiydi

2024-yilning so‘nggi ish haftasi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +10, janubda +15 darajagacha isiydi. Kechalari kuzatilayotgan sovuqlar asta-sekin kuchsizlashadi.

Soat 2:00 ga qadar: Toshkent metrosi Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi
23 dekabr 2024, 15:29

Soat 2:00 ga qadar: Toshkent metrosi Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi

Toshkent metrosi ilk marta Yangi yil bayrami munosabati bilan 31-dekabr kuni soat 05:00 dan 1-yanvar soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Raqobat qo‘mitasi uy-joy sotib oluvchilarni shartnomalar tuzishdagi xavflardan ogohlantirdi
23 dekabr 2024, 15:09

Raqobat qo‘mitasi uy-joy sotib oluvchilarni shartnomalar tuzishdagi xavflardan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasiga yil boshidan buyon ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan bog‘liq 1700 ga yaqin murojaat kelib tushdi, 129 ta korxonaning shartnomalarida qator qoidabuzarliklar, jumladan, loyihalarni topshirish muddati belgilanmagani aniqlangan. Qo‘mita shartnoma shartlari bilan batafsil tanishib chiqishni so‘radi.

O‘zbekistonlik erkak Rossiyada o‘zi bilan birga yashagan ayolni o‘ldirdi va vatanga qaytgach, buni tan oldi
23 dekabr 2024, 15:08

O‘zbekistonlik erkak Rossiyada o‘zi bilan birga yashagan ayolni o‘ldirdi va vatanga qaytgach, buni tan oldi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak o‘zi bilan birga yashagan, O‘zbekistonda tug‘ilgan ayolni o‘ldirib, uning jasadini uy yerto‘lasiga yashirdi. Erkak vataniga qaytgach, huquq-tartibot idoralariga o‘z jinoyati haqida xabar bergan.

O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish qisqarishi davom etmoqda, dizel ishlab chiqarish keskin pasaydi
23 dekabr 2024, 14:41

O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish qisqarishi davom etmoqda, dizel ishlab chiqarish keskin pasaydi

O‘zbekistonda gaz qazib olish noyabr oyida ham pasayishda davom etdi va 3,67 mlrd kub metrgacha tushdi (2023-yil noyabriga nisbatan -3,3 foiz). Ko‘rsatkich 11 oyda deyarli 2 mlrd kub metrga kamaydi. Dizel ishlab chiqarish 37,1 foizga, benzin 12,4 foizga, neft 8,7 foizga kamaydi.

AQSh amerikaliklarni Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
23 dekabr 2024, 12:27

AQSh amerikaliklarni Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh Belarusda yashayotgan amerikaliklarni mamlakatni tark etishga, shuningdek, u yerga bormaslikka chaqirdi. Bunga “Belarus rasmiylarining mahalliy qonunlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirayotgani, hibsga olish xavfi va tartibsizliklar ehtimoli” sabab qilib ko‘rsatilgan.

2025-yildan tuman va shaharlar hokimliklariga qo‘shimcha vakolatlar beriladi
23 dekabr 2024, 12:22

2025-yildan tuman va shaharlar hokimliklariga qo‘shimcha vakolatlar beriladi

Prezident farmoni bilan hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Farmonga ko‘ra, hokimliklarga balansidagi ko‘chmas mulklarni muayyan shartlar asosida tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 10 yilga ijaraga berish vakolati berilmoqda.

2025-yilda Samarqandda CITES tomonlar konferensiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
23 dekabr 2024, 11:17

2025-yilda Samarqandda CITES tomonlar konferensiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 2025-yilda Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) tomonlar konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Tadbir 2025-yilning 24-noyabr-5-dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
23 dekabr 2024, 10:38

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Avazjon Karimov sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar vazir maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika budjetiga o‘tkaziladi
23 dekabr 2024, 10:35

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika budjetiga o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan kurash sport turini ommalashtirishga oid bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Unga ko‘ra, 2026-yildan boshlab Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjetidan respublika budjetiga o‘tkaziladi hamda har yili 4,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting